1-mavzu: tasvir uchun qalamlar


-MAVZU SANGINA BILAN ISHLASH



Yüklə 290,52 Kb.
səhifə4/5
tarix30.03.2023
ölçüsü290,52 Kb.
#124592
1   2   3   4   5
54list

3-MAVZU SANGINA BILAN ISHLASH
REJA:

  1. Sangina nima, uning yaratilish tarixi, asosi va tarkibi

  2. Ranglar tarkibi va saqlash va qo’llash texnikasi

  3. Ashyolar bilan qo’llash qoidalari

  4. Sanginadan foydalanib ijodiy ishlar yaratish

SANGINA – chizma quroli bo‘lib, qalamtasvir ishlashda foydalanish ham maqsadga muvofiq. U bilan har qanday tasvirni tez va ifodali qilib chiqarsa bo‘ladi, faqat buning uchun uning texnikasini egallash kerak. Ma’lumki, sanginaning to‘q jigarrang va qizg‘imtir jigarrang turlari mavjud. Ularni oxrasimon rangli tus berilgan qog‘ozlarda unumli ishlatish mumkin. Sanginani surkatib soyalarning katta-katta qismlarini yopish imkoniyati borligi ish rivojini tezlashtiradi. Yuqorida keltirib o‘tilgan barcha tasvirlash vositalarini uzoq muddatda bajariladigan va tezkorlik bilan ishlanadigan qalamtasvirlarda birdek muvaffaqiyat bilan qo‘llash mumkin. Odam qomatini turli holatlar va vaziyatlarda harakatli ko‘rinishlarda interyer muhiti sharoitida tasvirlash ancha murakkab vazifalardan hisoblanadi. Agar ular qisqa muddatda ishlanishi kerak bo‘lsa, tez lavhalari ko‘rinishida bo‘lsa, bir nechta tasvirni bitta qog‘oz sathida chiroyli kompozitsiyada jyolashtirib bajarish ko‘p samara beradi. Chunki bunda har bir chizilgan turli holatlarda turgan odamlar qiyofasi o‘zaro solishtirib ishlanadi, o‘lchamlari bir-biriga moslanadi va buning natijasida tasvirlar guruhi bog‘langan mazmun kasb etib badiiy ko‘rinishga ega bo‘ladi. Odam qaddi-qomatini chizish uchun albatta tezkor tasvirlar ishlash va ko‘proq mashq qilish talab etiladi. Ayniqsa suratning qismlarini nisbatlari va katta shaklning yaxlitligiga e’tibor qaratilishi kerak. So‘ng tana holati uning qanday harakat holatida namoyon bo‘layotganligi muhim bo‘lib, uni to‘g‘ri topish va aks ettirishi lozim.

Sangina intensiv jigarrang tusga ega. Sangina mayda tuyilgan, kuydirilgan siyenadan va chasov-yarskoy loyidan tay- yorlanadi. Sangina qalamlari iliq qizil va to'q jigarrang tus beradi. Sanginadan foydalanilganda ishlash uslubi ko'mir qalam bilan ishlash jarayoniga o'xshash. Sangina bilan ishlab, ama- liy ish bajarganda, texnik usul va mahoratga ega bo'linadi. Sangina uchun tag asos qog'ozning barcha turlari va karton bo'lishi mumkin.


Sangina qalamchalarining ranglardagi och-to’qligi

Yüklə 290,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin