Ta’lim menejmenti – ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini oʻrganadi.
Ijtimoiy pedagogika – shaxs ijtimoiylashuvi, ijtimoiy me’yordan ogʻishishning pedagogik diagnostikasi, korreksiyasi va reabilitatsiyasi hamda ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etish masalalarini tadqiq etadi.
Oila pedagogikasi – oilaviy ta’lim-tarbiya, oilada bolalarni yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar asosida tarbiyalash, ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish masalalarini oʻrganadi.