1-Modul. Boshlangʻich ta’lim pedagogikasi fan sifatida


Pedagogikaning metodologik asosi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə9/28
tarix11.05.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#115803
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
1-maruza

Pedagogikaning metodologik asosi. Bilish nazariyasi va tarbiyadagi qonun-qoidalar bevosita falsafa fanining ta’sirida amalga oshiriladi. Abu Nasr al-Forobiy «Talxisu Navomisi Aflotun» (Aflotun qonunlarining mohiyati) asarida inson kamolotini falsafa fanining ta’sirida rivojlanishini shunday koʻrsatgan edi: «Yaxshi fazilatga ega boʻlgan shahar aholisi eng baxtiyor odamlar boʻlishi, qonunlarga ixtiyoriy boʻysunishini ta’minlash uchun qonunlarni takomillashtirish, ulardagi qoidalarni mustahkamlash zarurdir».

Pedagogika, psixologiya, mantiq, huquq va tibbiyot fanlaridagi qonun-qoidalarga bevosita boʻysunadi. Pedagogika fanida bolalarni davrlarga boʻlish tizimini asoslashda anatomiya, fiziologiya, maktab gigienasi kabi fanlarning ham oʻrni kattadir.

Mustaqil Oʻzbekistonda milliy pedagogika fani bevosita iqtisod fani bilan bogʻlanib, bozor iqtisodiyotiga oʻtish muammolarini, iqtisodiy tarbiya masalalarini uzviylik bilan amalga oshiradi.

Pedagogika fanining insonda jahon tajribalarida sinalgan tizim boʻlgan bozor munosabatlarini shakllantirish, milliy meros, an’analar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning boy manbalari boʻlgan ma’naviy-ma’rifiy tushunchalar haqida bilim, malaka hosil qilishda boshqa fanlar qatori oʻz oʻrni va aloqadorligi bor. Pedagogika birinchi navbatda falsafa bilan mushtarak rivojlanib kelgan. Chunki falsafadan ajralib chiqqan pedagogika insoniy jamiyat va tabiat rivojlanishining umumiy qonunlaridan ilmiy manba sifatida foydalanadi.

Bugungi kunda bir qator umumiy masalalar ishlab chiqilganki, u masala falsafada ham, pedagogikada ham barobar mavjuddir. Bular jumlasiga, tarbiya bilan boshqa ijtimoiy hodisalar orasidagi oʻzaro aloqalar, dunyoqarash, axloqiy, mehnat va estetik tarbiyani shakllantirish masalalari, shaxs va jamoa munosabatlari, ta’lim jarayonining mohiyatini tushunish hamda bilishning dialektik nazariyasini ishlab chiqish bilan bogʻliq boʻlgan gneosologik masalalar va boshqa muammolar kiradi.

Pedagogikaning aniq masalalarini ishlab chiqishda falsafaning sotsiologiya, etika (axloq-odob), estetika kabi tarmoqlari katta ahamiyatga egadir.

Pedagogika ijtimoiy fanlardan iqtisodiyot, psixologiya va fiziologiya bilan ham bevosita va bilvosita bogʻliqdir.

Insonning aqliy rivojlanishi qirralarini, jihatlarini oʻrganadigan boshqa fanlardan farqli oʻlaroq, pedagogika inson shaxsi, uning taraqqiyot bosqichlari bilan shugʻullanadi.

Bugungi kunda pedagogika fani yosh avlod tarbiyasida uning yosh va individual (psixologik) xususiyatlarini hisobga olib boradi.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin