Pedagogik konsepsiyalarning turlari:
1. Avtoritar maktab (bixevioristik pedagogika).
2. Insonparvarlik maktabi (neopedotsentrizm, ekzistensializm, neopozitivizm).
Insonparvarlik pedagogikasi yangicha tarbiyalash va “progressivizm”, “pedotsentrizm” gʻoyalariga yaqin. Pedagogdan bolani qanday boʻlsa, shundayligicha qabul qilishni, uning his-tuygʻulari va ehtiyojlarini his etish talab etiladi.
Tamoyillari:
1) yaxlitlik; 2) tabaqalashtirilgan yondashuv;
3) tabiat bilan uygʻunlik; 4) madaniyat bilan uygʻunlik;
5) insonparvarlik; 6) muhitli yondashuv;
7)qadriyatli-mazmunli; 8) faoliyatli yondashuv.
Qoidalari:
1) talabaning faol nuqtai nazariga, uning mustaqilligi va tashabbuskorligiga tayanish;
2) talaba bilan muloqotda unga hurmat bilan munosabatda boʻlish ustun boʻlmogʻi kerak;
3) pedagog talabalarning muvafaqqiyatlariga qiziqish bilan qarashi lozim;
4) pedagog muhim muammolarni hal etishda talabaga yordam berishi kerak;
5) tarbiyaviy vazifalarni bosqichma-bosqich hal etishda pedagog ularni amalga oshirishda har bir talabaga yuqori darajada foyda keltiradigan variantlarini izlab topishi kerak;
6) guruhda va talabalarning boshqa birlashmalarida pedagog insonparvarlik munosabatini shakllantirishi, talabalarning kamsitilishi, ruhini tushirishga yoʻl qoʻymaslik zarur.
Dostları ilə paylaş: |