DML tili so’rovlari: SELECT – Amal bajaradigan jadvalimizni tanlash, ekranga chiqarish komandasi. Sintaksisi esa quyidagicha:
SELECT *FROM //jadvalni to’liq chiqarish SELECT FROM //jadval ustunlarini chiqarish INSERT – SQL da barcha satrlar ushbu buyruq yordamida kiritiladi.Sintaksisi esa quyidagicha:
INSERT INTO VALUES (“ustun_info”, “ustun_info”, … ); DELETE – satrlarni jadvaldan o‘chirish buyrug‘i. Sintaksisi esa quyidagicha:
DELETE FROM WHERE qidiruv_sharti;UPDATE – Maydon qiymatlarini o‘zgartirish buyrug‘i. Sintaksisi esa 2 hil:
UPDATE SET column=expression;
5-AMALIY ISH
Mavzu: Ma’lumotlarni saralash. WHERE standart so‘zidan foydalanish. Ishdan maqsad: Ma`lumotlar bazasiga so`rovlar tizimini yaratish, saralash va WHERE standart so’zidan foydalanishni o’rganish va ko’nikmaga ega bo’lish.
Masalani qo`yilishi: Loyihalanayotgan ma`lumotlar bazasiga so’rovlar tizimini tuzish va uni relyatsion sxema ko’rinishida tasvirlash.So’rovlar tizimi orqali kerakli ma’lumotlarni ajratib olish va saralash
Uslubiy ko`rsatmalar: Ma`lumotlar bazasi(MB) buyurtmachisi bilan birgalikda, ma`lumotlar bazasiga so`rovlar tizimini ishlab chiqish zarur. Ishlab chiqilgan
so`rovlar tizimi relevant yaratilgan ―Mohiyat-aloqa‖ modeliga va buyurtmachi talablarini maksimal darajada qondirish kerak. Agar buyurtmachi qo`ygan talablarga qurilgan ―Mohiyat-aloqa‖ modeli so`rovlar tizimi to`la qanoatlantirmasa, unda predmet sohani qo`shimcha o`rganib va tahlil qilib, ―Mohiyat-aloqa‖ modeli kerakli elementlar, bog`lanishlar va munosabatlarbilan to`ldiriladi. So`rovlar tizimini ma`lumotlar bazasidan foydalanuvchiga beriladigan axborot bo`yicha standart va nostandart so`rovlarga sinflanadi. Ma`lumotlar bazasiga reglamentlanmagan so`rovlar deb foydalanuvchilarni joriy ehtiyojlariga qarab, lekin qurilgan model imkoniyatlari chegarasida va bu so`rovlarni unga relevantligini saqlangan holda o`zini ta`rifini o`zgartirish imkonini beradigan so`rovlarga aytiladi.
Avvalgi amaliy ishda yaratgan bazamizning jadvallarini ko‘ramiz;