Moddalar davriy aylanishi – Y
er sayyorasi miqyosida quyosh energi yasi hisobiga
sodir bo‘ladigan biologik muhim moddalarning bir bo‘ g‘in dan ikkinchisiga o‘tishi.
Kserofitlar (yunoncha – «xerox» – quruq, «phyton» – o‘simlik) – namlik kam
bo‘lgan muhitda o‘sishga moslashgan o‘simliklar.
Cheklovchi omil – organizmning hayot faoliyatini susaytiruvchi omil.
Mezofitlar (yunoncha – «mesos» – o‘rtacha) – mo‘tadil nam sharoitda o‘sadigan
o‘simliklar.
Mikosenoz (yunoncha – «mykos» – qo‘ziqorin, «koinos» – umumiy) – turli
zamburug‘lar turlaridan iborat jamoa.
Mikrobiotsenoz – (yunoncha – «micros» – kichik, «koinos» – umumiy) organik
moddalarni mineral moddalargacha parchalaydigan mikroorganizmlar jamoasi.
Monokultura – (lotincha – «mono» – bir, yagona, «cultura» – ekin) – sun’iy
ekosistemalarda ko‘p yillar davomida bir xil o‘simliklar o‘stirilishi.
Mutualizm (lotincha – «mutus» – o‘zaro) – har ikki populatsiya uchun o‘zaro
manfaatli va majburiy munosabat turi.
Milliy (tabiiy)
bog‘lar – ekologik, tarixiy va estetik ahamiyatga ega tabiiy
majmualar joylashgan qo‘riqlanadigan hududlar va suv sathining cheklangan qismi.
Nekton (yunoncha – «nektos» – suzuvchi) – suvda faol harakatlanadigan, suv
oqimiga qarshilik ko‘rsata oladigan, katta masofalarni suzib o‘ta oladigan organizmlar.
Noosfera – kishilik jamiyatining ongi, tafakkuri, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi,
fan-texnika rivoji, madaniyati bilan bog‘liq holda biosferaning yangi qiyofaga ega
inson jamoasini o‘z ichiga olgan
Y
er qobig‘i.
Tabiat yodgorliklari – ilmiy, madaniy – o‘quv yoki estetik jihatdan ahamiyatga
ega, davlat tomonidan qo‘riqlanadigan tabiiy obyektlar.
Parazitizm (parazit – xo‘jayin) – har xil turga mansub individlarning antogonistik
munosabatlari, bir turga mansub organizm (parazit) boshqa turga mansub organizmdan
(xo‘jayin) oziq manbayi va yashash joyi sifatida foydalanadi.