1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Oziq zanjiri
– bir bo‘g‘in (manba)dan ikkinchisi (iste’molchi)ga moddalar va 
energiya o‘tadigan organizmlarning chiziqli ketma-ketligi.
Plankton 
(yunoncha – «planktos» – sayyor, ko‘chib yuruvchi) – suv qa’rida 
yashovchi, mustaqil harakatlana olmaydigan va suv oqimi bilan ko‘chib yuruvchi 
organizmlar.
Poykiloterm organizmlar
(yunoncha «poykilos» – o‘zgaruvchan, «therme» – issiq-
lik) – tana harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq ravishda o‘zgaruvchi organizmlardir.
Tolerantlik
(lotincha – «tolerantia» – sabr-toqat) 
zonasi
– ekologik omil ko‘rsatkichlarining 
tirik organizmlar yashashi mumkin bo‘lgan chidamlilik chegaralari doirasi.
Produtsentlar 
(lotincha – «producens» – yaratuvchi) – anorganik moddalardan 
organik birikmalarni hosil qiluvchi, ya’ni avtotrof organizmlar.
Redutsentlar
(lotincha – «reduco» – qaytaraman, tiklayman) – destruktorlar 
(lotincha «destruo» – parchalayman) – geterotrof organizmlar qoldiq organik birik-
malarni anorganik moddalargacha parchalaydi.


236
Simbioz
(yunoncha – «sym» – birga, «bios» – hayot) birgalikda yashaydigan 
organizmlarning har ikkalasi yoki bittasi ushbu munosabatdan o‘ziga foyda oladi.
Sklerofitlar
(yunoncha – «scleros» – qattiq) – tuproqda namlik yetarli bo‘lmagan 
sharoitda o‘sadigan, tuproqdagi namni zo‘r berib shimadigan o‘simliklar.
Stenobiontlar
(yunoncha – «stenos» – tor, cheklangan, «biontos» – yashovchi) 
nisbatan doimiy muhit sharoitida yashashga moslashgan, harorat, namlik, atmosfera 
bosimi kabi omillarning tor ko‘lamda o‘zgarishigagina bardosh bera oladigan o‘simlik 
va hayvonlar.
Sukkulentlar
(lotincha – «succulentus» – sersuv) – o‘z to‘qimalari va organlarida 
suvni zaxirada saqlaydigan o‘simliklar.
Suksessiya
(lotincha – «successio» – o‘rin almashish) – ma’lum hududdagi 
ekosistemalarni izchillik bilan inson va tabiat omillari ta’sirida boshqa ekosistemalarga 
aylanishi.
Taksis
(yunoncha – «taxis» – joylashuv) – bakteriyalar, bir hujayrali hayvonlar
bir hujayrali suvo‘tlari va yuksak o‘simliklarning jinsiy hujayralarining tashqi omillar 
(yorug‘lik, kimyoviy moddalar, kislorod) ta’sirida harakati.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin