Poykiloterm organizmlar (yunoncha «poykilos» – o‘zgaruvchan,
«therme» – issiqlik) – tana harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq ravishda
o‘zgaruvchi organizmlardir. Ularga umurtqasiz hayvonlar, baliqlar, suvda
hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar kiradi. Ular tana
haroratini doimiy holatda saqlay olmaydi. Atrof-muhit haroratining ko‘tarilishi,
bu organizmlarda boradigan fiziologik jarayonlar – moddalar almashinuvi,
nafas olish, qon aylanish tezlashishiga sabab bo‘ladi, organizmning o‘sish,
rivojlanish va ko‘payish sur’ati ortadi. Haroratning pasayishi organizmlarda
moddalar almashinuvining sustlashishi, ayrim turlarning karaxt holga kelishi,
uyquga ketishi, ba’zi hollarda nobud bo‘lishiga olib keladi.
Gomoyoterm organizmlar (yunoncha «gomoyos» – o‘xshash, bir
xil, «therme» – issiqlik) – tana haroratini tashqi muhit haroratiga
bog‘liq bo‘lmagan holda nisbatan doimiy holatda saqlashga moslashgan
organizmlardir. Ularga qushlar va sutemizuvchilar kiradi.
O‘simliklarda haroratning o‘zgarishiga moslanishlar. O‘simliklarning
hayotiy faoliyati ko‘p jihatdan atrof-muhitning haroratiga bog‘liq. Issiqlikka
bo‘lgan talabiga ko‘ra o‘simliklar ekologik guruhlarga ajratiladi: issiqsevar
o‘simliklar va sovuqqa chidamli o‘simliklar.
Issiqsevar o‘simliklar tropik, subtropik iqlim mintaqalarida hamda
mo‘tadil iqlim mintaqalarining quyosh yaxshi isitadigan joylarida o‘sadi.
Sovuqqa chidamli o‘simliklar
Y
er sharining sovuq va mo‘tadil iqlim
mintaqalarida tarqalgan.
Evolutsiya jarayonida o‘simliklarda haroratga nisbatan biokimyoviy,
fiziologik, morfologik adaptatsiyalar – moslanishlar paydo bo‘lgan.
Biokimyoviy moslanishlar. Yuqori harorat ta’sirida issiqsevar o‘simliklar
hujayralari sitoplazmasida ayrim moddalarning (organik kislota, tuz)
konsentratsiyasi ortadi. Bu moddalar sitoplazmaning ivib qolishiga to‘sqinlik
qiladi, zaharli toksinlarni neytrallaydi. Sovuqqa chidamli o‘simliklar
55
hujayralari shirasi tarkibida sovuq haroratda suv kamayishi hisobiga shakar
miqdori ortadi, bu esa o‘simliklarni muzlashdan himoya qiladi.