1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

15-rasm. 
Sukkulent o‘simliklar.
Kaktus


60
sathli qattiq barglar (yantoq); mayda bo‘laklarga qirqilgan barglar (shuvoq), 
tangacha shaklidagi barglar (saksovul, archa); barglarning mum yoki tuklar 
bilan qoplanishi; barg og‘izchalarining chuqur joylashuvi kabilar paydo 
bo‘lgan.
Gigrofitlar (yunoncha «hygros» – nam, «phyton» – o‘simlik) – nam tuproq 
va yuqori namlikka ega joyda o‘sadigan o‘simliklar. Gigrofit o‘simliklarga sholi, 
shakarqamish va boshqalar misol bo‘ladi. Gigrofitlar tuproqda namlik kamaygan 
holda tez so‘lib qoladi. Ularning ayrim turlari (botqoq gigrofitlari)ning ildizi va
poyalarida aerenximiya (yunoncha «aeg» – havo, «enchyma» – hujayra) – 
zaxirada havo saqlovchi hujayralar bo‘ladi. Gigrofitlarda ildiz tizimi kuchsiz, 
ildiz tukchalari rivojlanmagan, transpiratsiya kuchli bo‘ladi. Barg plastinkalari 
yupqa va undagi og‘izchalar doim ochiq bo‘ladi.
Mezofit (yunoncha «mesos» – o‘rtacha, «phyton» – o‘simlik) – mo‘tadil 
nam sharoitda o‘sadigan o‘simliklar sanaladi. Ular qisqa muddat namlik 
yetishmovchiligiga chiday oladi. Ildiz tizimi o‘rtacha rivojlangan bo‘lib, ildiz 
tukchalariga ega, barglarida barg og‘izchalari mavjud. O‘simlik tanasidagi 
namlik miqdoriga qarab og‘izchalar ochilishi yoki yopilishi mumkin. Adir, 
o‘tloq o‘simliklari, shuningdek, mo‘tadil zonadagi deyarli barcha madaniy 
o‘simliklar mezofit bo‘lib, ular o‘simliklarning boshqa ekologik guruhlariga 
nisbatan keng tarqalgan.
Hayvonlarning namlikka moslanishiga ko‘ra ekologik guruhlari. 
Namlik hayvonlar uchun ham muhim ekologik omil sanaladi. Namlik 
darajasiga ko‘ra hayvonlarni quyidagi ekologik guruhlarga ajratish mumkin: 
suv muhitida yashaydigan (korallar, meduzalar, baliqlar, kitlar, delfinlar), 
suv va quruqlik muhitida yashaydigan (qurbaqalar, timsohlar, pingvinlar), 
quruqlik muhitida yashaydigan hayvonlar (bo‘g‘imoyoqlilarning vakillari, 
sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar). Quruqlikda yashovchi 
hayvonlar ham tanasidan ajralib chiqadigan namlik miqdorini qayta 
to‘ldirish uchun vaqti-vaqti bilan suvga ehtiyoj sezadi. Hayvonlarda suv 
rejimiga bog‘liq holda moslanish turlari: fiziologik, morfologik va etologik 
moslanishlar mavjud.
Fiziologik moslanishlar organizmda namlikka bo‘lgan ehtiyojni qondiruvchi 
hayotiy jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalaydi. Qushlar, sutemi-
zuvchilar suv ichadi, suvda hamda quruqlikda yashovchi hayvonlar esa terisi 
orqali shimadi. Cho‘l hayvonlari uchun esa iste’mol qiladigan oziq-ovqat 
tarkibidagi suv yetarli hisoblanadi. Organizm tarkibidagi yog‘ zaxirasining 
oksidlanishi jarayonida hosil bo‘ladigan metabolitik suv hisobiga yashaydigan 
hayvonlar ham ko‘p. Nam tanqis bo‘lgan joylarda yashovchi organizmlar uchun 


61
xos metabolit, ya’ni moddalar almashinuvining oxirgi mahsuloti siydik kislota 
hisoblanadi. Siydik kislota suvda yomon eriganligi tufayli uni organizmdan 
chiqarib yuborish uchun suv deyarli talab etilmaydi.
Morfologik moslanishlar hayvon organizmida suvni saqlashga qaratilgan 
moslanishlar hisoblanadi. Qushlar tanasi pat bilan, sutemizuvchilar tanasi 
jun bilan, sudralib yuruvchilar tanasi muguz tangachalar bilan qoplangan. 
Hasharotlar va o‘rgimchaksimonlar qalin xitindan iborat tana qoplamiga 
ega, quruqlikda yashovchi molluskalarda chig‘anoq bo‘ladi.
Etologik moslanishlar – hayvonlar tomonidan suvni qidirib topishga 
yo‘naltirilgan moslanish. Ko‘pgina hayvonlar vaqti-vaqti bilan suv 
ichgani suv manbalariga boradi. Hayvonlarning suvga bo‘lgan ehtiyoji 
qurg‘oqchilik davrida ularning suv mo‘l bo‘lgan joylarga migratsiya qilishiga 
sabab bo‘ladi. Masalan, antilopalar, sayg‘oqlar uzoq joylarga migratsiya 
qiladi. Ayrim hayvonlar qurg‘oqchilik davrida tungi hayot tarziga o‘tadi 
yoki yozgi uyquga ketadi (1-jadval).
1-jadval

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin