1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Parazitizm
(«parazit – xo‘jayin») – har xil turga mansub individlarning 
antagonistik munosabatlari bo‘lib, bir turga mansub organizm (parazit) boshqa 
turga mansub organizmdan (xo‘jayin) oziq manbayi va yashash joyi sifatida 
foydalanadi. Parazitlar bakteriyalar, zamburug‘lar, o‘simliklar va hayvonot 
dunyosida ham uchraydi. Ular hayotining ma’lum davrida xo‘jayin organizm 
tanasidagi oziq moddalar hisobiga yashaydi. 


74
Parazitlar xo‘jayin organizmidan nafaqat oziq manbayi sifatida, balki 
doimiy va vaqtinchalik yashash muhiti sifatida ham foydalanadi. 
Undan tashqari, parazitlar vaqtinchalik faqat oziqlanish uchun ham xo‘-
jayin organizmlardan foydalanadi. Bunga misol qilib, burga, chivin, to‘shak 
qandalasini olish mumkin. Mazkur parazitlarning hayvon va odamdan qon 
so‘rishi og‘ir yuqumli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Doimiy parazitlarga sodda hayvonlar (bezgak paraziti, dizenteriya amyo-
basi), yassi chuvalchanglar (jigar qurti, qoramol tasmasimon chuval changi), 
to‘garak chuvalchanglar (askarida, bolalar gijjasi), bo‘g‘imoyoqlilar (kana, 
bit) misol bo‘ladi. O‘simliklarda uchraydigan doimiy parazitlarga bakteriya-
lar (g‘o‘za gommozi), zamburug‘lar (qorakuya zamburug‘i, vilt), gulli o‘sim-
lik lar dan zarpechakni misol qilib olish mumkin.
Xo‘jayin organizm parazitning hayot faoliyatini ta’minlaydi, parazit esa 
xo‘jayinning hayotiy jarayonlarini susaytiradi, uni kuchsizlantiradi, lekin 
nobud qilmaydi, chunki parazitning hayoti xo‘jayin hayoti bilan bog‘liq. 
Odam va qoramol tasmasimon chuvalchangi, jigar qurti va qoramol, 
zang zamburug‘i va boshoqli o‘simliklar o‘rtasidagi munosabatlar parazitizm 
munosabatlariga misol bo‘ladi. 
Evolutsiya jarayonida xo‘jayin organizmda ham, parazit organizmda 
ham moslanishlar paydo bo‘lgan. Yirtqichlilik, parazitizm va o‘zaro raqobat 
munosabatlari tabiatda populatsiyadagi organizmlar sonini nazorat qilishda 
katta ahamiyatga ega. Insonlarning bu munosabatlarga o‘ylamasdan, rejasiz 
amalga oshiradigan aralashuvi tabiatdagi muvozanatni buzishi mumkin. 
Yuqorida o‘rganilgan biotik munosabatlar turli yashash sharoitlarida va 
hayot siklining turli bosqichlarida farqlanishi mumkin. Undan tashqari, bir 
tur individlari ular bilan birgalikda yashayotgan boshqa tur individlari bilan 
turlicha munosabatda bo‘lishi mumkin. 
Shunday qilib, tabiatda turlararo biotik munosabatlar xilma-xil va ko‘p 
qirrali bo‘lib, ularni o‘rganish ekologiya fanining muhim vazifasidir. 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin