1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Protokooperatsiya
– 
(yunoncha – «protos» – dastlabki, «cooperatio» – 
hamkorlik) har ikki populatsiya hayot faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan, 
ikki tomon ham manfaatdor, lekin majburiy bo‘lmagan, ya’ni har bir 


70
populatsiya alohida faoliyat ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘zaro munosabat 
turi. Tabiatda shunday baliq turlari borki, ular yirik baliqlar terisini, jabra va 
og‘iz bo‘shlig‘ini parazitlardan tozalab beradi. Asalarilar gulli o‘simliklardan 
o‘ziga oziq (chang, nektar) olish davomida o‘simliklarni changlantiradi. 
Kommensalizm
(fransuzcha «commensal» – hamtovoq) – birgalikda 
yashaydigan organizmning biri ushbu munosabatdan foyda oladi, ikkinchisi 
hech qanday naf yoki zarar ko‘rmaydigan o‘zaro munosabatning bir turi 
sanaladi. O‘z navbatida kommensalizm: 
hamsoyalik, hamtovoqlik, hamxo‘rak-
lik
kabi turlarga ajratiladi (17-rasm). 
Bir tur ikkinchisidan yashash joyi sifatida foydalanadigan va bu 
munosabatda o‘z «yashash joyi»ga zarar ham, foyda ham yetkazmaydigan 
o‘zaro munosabat turi 
sinoykiya
(yunoncha «syn» – birga, «oikos» – uy) – 
hamsoyalik
deb yuritiladi. Masalan, daraxtlarning tanasi va shoxlarida epifit 
o‘simliklar (orxideya, yo‘sinlar) va lishayniklar joylashib oladi. Qushlar, 
kemiruvchi hayvonlarning uyalarida turli o‘rgimchaksimonlar va hasharotlar 
yashaydi. Ayrim baliqlar meduzalar va aktiniyalarning paypaslagichlari 
orasiga yashirinib oladi. Boshqa bir baliq turi esa ikki pallali molluskalarning 
mantiya bo‘shlig‘iga tuxum qo‘yadi. Baliq tuxumlari molluskaga hech 
qanday zarar ham, foyda ham keltirmagan holda chig‘anoqlar himoyasida 
bo‘ladi.
Hamtovoqlik
– bitta oziq manbayining turli qismlarini iste’mol qilishda 
ifodalanadi. Masalan, tuproqda yashovchi saprofit bakteriyalar va o‘simliklar 
o‘rtasidagi munosabat chirituvchi bakteriyalarning o‘simlik qoldiqlari bilan 
oziqlanib, ularni mineral moddalargacha parchalashi va o‘simliklarning shu 
mineral moddalarni o‘zlashtirishida aks etadi. 
Kommensalizmning yana bir shakli 
hamxo‘raklik
bo‘lib, bu munosabat 
oziq orqali bog‘lanishlarga asoslangan. Bir tur boshqa turning oziq qoldiqlari 
bilan oziqlanishi 
hamxo‘raklik
deyiladi. Masalan, ayrim qushlar timsoh va 
sirtlonning, tasqara esa sherning ovqat qoldiqlari bilan oziqlanadi. Odamning 
yo‘g‘on ichagida yashovchi bakteriyalar odamga ziyon yoki foyda yetkazmagan 
holda hazm bo‘lmagan ovqat qoldiqlari bilan oziqlanadi. Yopishqoq baliq esa 
maxsus so‘rg‘ichlari bilan akulalar terisiga yopishib olib akula bilan birgalikda 
harakat qiladi va uning ovqatlari qoldiqlari bilan oziqlanadi. 
Kommensalizm tabiatda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir hududda 
ko‘plab turlarning yashashi va yashash muhitidan hamda resurslardan 
to‘liqroq foydalanishga imkon beradi.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin