1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Amensalizm
– o‘zaro biotik munosabat turi bo‘lib, bu munosabatda 
bir turning faoliyati ikkinchi turga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, salbiy ta’sir 
ko‘rsatayotgan organizmning o‘zi esa bu munosabatdan foyda ham, zarar 
ham ko‘rmaydi. Masalan, yorug‘sevar o‘t o‘simliklar baland daraxtlar 
soyasida o‘sganda yorug‘lik yetishmasligi tufayli rivojlanishdan orqada 
qoladi. Daraxtlarga esa bu «qo‘shnichilik»dan foyda ham, ziyon ham 
yetmaydi. Mog‘or zamburug‘lari tashqi muhitga antibiotiklar ishlab chiqarib, 
bakteriyalarning o‘sishini va ko‘payishini to‘xtatib qo‘yadi. 
Yirtqichlilik
(«yirtqich – o‘lja») – turlararo o‘zaro biotik munosabat 
turi bo‘lib, bir populatsiya individlari boshqa populatsiya individlari uchun 
oziq vazifasini o‘taydi. 
«Yirtqich – o‘lja» munosabatlari bevosita oziq munosabatlari bo‘lib, o‘lja 
tur uchun zararli, yirtqich tur uchun esa foydali hisoblanadi. Odatda boshqa 
hayvonlar bilan oziqlanadigan hayvonlar yirtqichlar deb ataladi. O‘txo‘r 
hayvonlar yirtqich deb hisoblanmasa-da, hayvon va o‘simlik orasidagi oziq 
aloqalari «yirtqich – o‘lja» munosabatiga juda o‘xshash bo‘ladi. 
Yirtqichlik munosabatlarining yana bir ko‘rinishi – kannibalizm (tur 
ichidagi yirtqichlilik), ya’ni bir turga mansub organizmlarning bir-birlarini 
yeb qo‘yishidir. Masalan, qoraqurtning urg‘ochilari urug‘langandan so‘ng 
erkaklarini yeb qo‘ysa, balxash olabug‘a balig‘i o‘zining tuxumdan chiqqan 
mayda baliqchalarini yeb qo‘yadi. 
Yirtqichlar asosan kasal, nimjon individlarni qirib, populatsiyaning 
genofondini tozalovchi sanitarlar vazifasini bajaradi, natijada populatsiyaning 
sog‘lom, yashash muhitiga ko‘proq moslashgan individlari yashab qoladi, 
populatsiyaning genofondi yaxshilanadi. 
Tuproq tarkibida azotning kam bo‘lishi, tuproq yuzasi doimo suv bilan 
yuvib turiladigan joylarda o‘sadigan o‘simliklarning azotga bo‘lgan ehtiyoji 
evolutsiya jarayonida muayyan o‘zgarishlar keltirib chiqargan. O‘simliklarda 
hasharotlarni tutish uchun moslamalar shakllanishi natijasida hasharotxo‘r 
o‘simliklar kelib chiqqan.

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin