159
mikroorganizmlar uchun qulay sharoit yaratadi. Yog‘inlar tuproqning yuqori
qatlamini undagi mineral moddalar bilan birga yuvib, yerosti suvlari, daryolar,
dengizlarga qo‘shiladi. Suvning bir qismi tuproqqa shimilib, chuchuk suv
manbayi bo‘lgan yerosti suvlarini to‘ldiradi. Suv qor ko‘rinishida muzliklarda
bir necha oy, hatto minglab yillar davomida saqlanishi mumkin.
Suv biosferada muhim rol o‘ynaydi. Tirik organizmlar tanasining
yarimidan ko‘p qismi suvdan iborat. Shu sababli ham suv tirik organizmlar
yashashi uchun zarur va muhim omillardan biridir. O‘simliklar suvni
tuproqdan qabul qiladi va uni faol tarzda transpiratsiya qiladi. Ma’lum
miqdordagi suv o‘simlik hujayralarida fotosintez jarayonida parchalanadi.
Vodorod ionlari organik moddalar tarkibiga kiradi, kislorod esa molekular
holatda atmosferaga ajraladi. Hayvonlar suvdan osmotik bosimini saqlashda
foydalanadi va moddalar almashinuvining mahsuloti sifatida tashqi muhitga
ajratadi.
Sayyoramizdagi turli ekosistemalarda chuchuk suvning yetishmovchiligi
katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Inson faoliyati natijasida
yerosti suvlari – chuchuk suv zaxiralari keskin kamayib bormoqda.
Hozirgi kunga kelib yuz yillar davomida to‘plangan yerosti suvlaridan
foydalanilayotgan hududlar mavjud.
Dostları ilə paylaş: