168
moddalar bilan oziqlanuvchi tarkibiy qismi hisoblangan, odamlarning
yashash muhitiga ta’siri boshqa organizmlarning ta’siridan farqlanmagan.
Inson faoliyati birinchi navbatda o‘ziga oziq topish va yashash muhitini
yaxshilashga bo‘lgan eng zarur ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan.
52-rasm.
Odam evolutsiyasi. 1 –
primatlarning dastlabki ajdodi; 2 – driopitek; 3 – ra
-
mapitek; 4,5 – avstralopitek; 6,7 – Homo erectus (arxantroplar: pitekantrop, sinantrop);
8 – paleoantrop (neandertal); 9 – Homo sapiens (kromanon); 10 – hozirgi zamon odami;
11 – tor burunli maymunlar; 12 – keng burunli maymunlar; 13 – lemurlar; 14 – lori;
15 –
keng tovonlilar; 16 – orangutan; 17 – gibbon; 18 – gorilla; 19 – shimpanze.
Odamlar aqliy qobiliyatining rivojlanishi, mehnat faoliyati va ijtimoiy
hayot tarzi tufayli inson rivojlanishning biologik qonunlari nazoratidan chiqa
boshladi. Ko‘proq kishilik jamiyatining rivojlanish qonunlariga bo‘ysuna
boshladi. Olovdan foydalanish, ov qilish,
baliq ovlash, meva va urug‘larni
yig‘ish, mehnat va ov qurollarini takomillashtirish, yashash joylarini qurish,
faol ravishda boshqa joylarga ko‘chib o‘tish, dehqonchilik va chorvachilikning
rivojlanishi hamda o‘troq yashashga moslanish atrof-muhitni o‘zgartiruvchi
kuchga aylandi.
O‘rta asrlarda fan-texnika, jamiyat, sanoat va qishloq xo‘jaligining
rivojlanish sur’atlari tezlashdi. Yangi yerlarning kashf etilishi inson
ehtiyojlari uchun tabiiy hududlarning o‘zlashtirilishini sezilarli darajada
Chala maymunlar
Maymunlar
Gominidlar
Odamlar
mln yil
169
kengaytirish imkonini berdi. Inson o‘z ehtiyojlari
uchun tirik organizmlar,
qazilma boyliklar va mineral moddalardan tobora ko‘proq foydalana boshladi.
XIX asrdan boshlab inson faol ravishda qazilma yoqilg‘i – ko‘mir va neftdan
foydalanishga o‘tdi. Avval moddalar almashinuvi va energiya oqimiga jalb
etilmagan,
Y
er qobig‘ida yig‘ilgan biogen moddalar inson tomonidan sun’iy
ravishda davriy aylanishiga qo‘shildi. Natijada tizimning o‘zi ham o‘zgardi,
ya’ni biosfera nafaqat tabiiy ekotizim, balki
antropobiosferaga
aylandi.
Biosfera jarayonlaridagi chuqur o‘zgarishlar XX asrda, ilmiy-texnik
inqilob natijasida boshlandi. Jadal sur’atlarda energiya ishlab chiqarish,
transport, kimyo sanoati rivojlana boshladi. Bu esa,
inson faoliyati asta-
sekin
Y
er qiyofasini o‘zgartiruvchi omilga aylanishiga olib keldi. Mazkur
omil tabiiy ekotizimlar (o‘rmonlar, ko‘llar, botqoqliklar, yaylovlar)ning
buzilishi, shuningdek, hayvonlar va o‘simliklar ko‘plab turlarining yo‘q
bo‘lib ketishi, foydali qazilmalarning kamayishiga olib keldi. Bundan
tashqari, dunyo miqyosida atrof-muhitning radioaktiv va zaharli moddalar,
shuningdek, sanoat va maishiy chiqindilar bilan ifloslanishiga sabab bo‘ldi.
Bularning barchasi insoniyatni ekologik halokat yoqasiga keltirib qo‘ydi.
Bugun inson faoliyatining biosfera rivojlanishiga ko‘rsatayotgan ta’sir
ko‘lami ortdi. Ayrim hollarda, halokatli oqibatlarga
olib keladigan aksariyat
harakatlar, tabiiy jarayonlar va hodisalar, ularning o‘zaro bog‘liqligi inson
tomonidan tushunmaslik oqibatida sodir etildi. Atrof-muhitning ifloslanishi
va tabiiy boyliklardan jadal tarzda, haddan ziyod foydalanish bunga misol
bo‘lishi mumkin.
Kishilik jamiyati va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganuvchi
fan
noogenika
deb nomlanadi. Noogenika fanining asosiy maqsadi –
sayyoramizdagi hayotni saqlab qolish va kelajagimizni ta’minlash uchun
bugungi
kunimizni rejalashtirish, asosiy vazifasi esa – inson va tabiat
munosabatidagi muvozanatni saqlash, mazkur munosabat buzilishlarining
hamda texnika taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan salbiy oqibatlarning
oldini olish hisoblanadi.
Noogenika nafaqat muhofaza qilish vazifalarini bajaradi, balki o‘simlik-
larning yangi navlari, hayvonlarning yangi zotlari
va mikroorganizm larning
yangi shtammlarini yaratish yo‘li bilan hayotning davomiyligini ta’minlashga
imkon beradi.
170
Antropobiosferaning qonuniyatlarini anglash, undagi jara yonlarni oqilona
boshqarish, global ekologik inqirozni (grek. «krisis» – keskin o‘zgarish,
yakun) bartaraf etishga imkon beradi.
Biosferaning rivojlanish bosqichlari tirik mavjudotlar xilma-xilligining ortishi
va ular tuzilishining murakkablashuvi bilan ta’riflanadi. Tirik organizmlar
dastlab suv muhitida paydo bo‘lib, keyinchalik quruqlik muhi tiga tarqaldi.
Y
er
hayot sayyorasi sifatida noyob ko‘rinishga ega bo‘lishi bilan Quyosh tizimidagi
boshqa sayyoralardan farq qiladi. Biosfera evolutsiyasining asosiy omillari tirik
organizmlarda sodir bo‘ladigan hayo tiy jarayonlar: nafas olish, biosintez, modda
va energiya almashinuvi hisob lanadi.
N
oosfera inson ongiga asoslangan biosfera
evolutsiyasining eng yuqori bosqichidir.
Dostları ilə paylaş: