1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Proterozoy 2700 mln yil Arxey



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Proterozoy
2700 mln yil
Arxey
3500 mln
yil
Hayot izlari kam. Prokariotlar yashagan. Fotosintez, ko‘p 
hujayrali organizmlar, jinsiy ko‘payish paydo bo‘lgan. 
Sianobakteriyalar keng tarqalgan


165
51-rasm.
Organik olamning rivojlanishi. 1 – suvo‘tlar; 2 – bulutlar va korallar; 3 – trilobitlar; 4 – molluskalar; 5 – 
qisqichbaqa, chayonlar; 6 – qalqondorlar; 7 – boshoyoqli molluskalar; 8 – psilofitlar; 9 – sigillyariyalar; 10 – lepido
-
dendronlar; 11– daraxtsimon qirqquloqlar; 12 – cho‘tkaqanotli baliqlar; 13 – quruqlikdagi chayonlar; 14 – yirik suvda hamda quruqlikda yashovchilar; 15 – qadimgi akulasimon baliqlar; 16 – dengiz nilufarlari; 17 – ammonitlar; 18 – pa
-
reyazavrlar; 19 – inastranseviya; 20 – kalamitlar; 21 – toshbaqalar avlodi – plakoxelis; 22 – o‘txo‘r kaltakesak – bron
-
tozavr; 23 – baliq kaltakesak – ixtiozavr; 24 – qisqichbaqasimonlar; 25 – pleziozavr; 26 – ilon kaltakesak – mezozavr;
27 – uch shoxli kaltakesak – tritsopetoprs; 28 – sikas; 29 – stegozavr; 30 – uchuvchi kaltakesak; 31 – arxeopteriks; 
32 – yirtqich kaltakesak – tiranozavr ; 33 – qadimgi sutemizuvchilar; 34 – otlar ajdodi; 35 – osyotr baliq; 36 – korallar; 37 – dengiz suvo‘tlari; 38 – delfin; 39 – chala maymun; 40 – shoxsiz karkidon (nosorog); 41 – odamsimon maymun; 42 – mamont; 43 – qilich tishli yo‘lbars; 44 – tulen; 45 – kalmar va suyakli baliqlar; 46 – kit; 47 – janubiy maymun – 
avstralofitek; 48 – maymun odam – pitekantrop; 49 – neandertal odam; 50 – uquvli aqlli odam.
suvo‘tlari
ko‘mir
Ochiq urug‘lilar
urug‘lilar
Bo‘r
Sutemizuvchilar
Yopiq urug‘lilar
To‘rtlamchi
Kaynozoy


166
riniofitlar (riniya, kuksoniya), ko‘p hujayrali yashil suvo‘tlardan kelib 
chiqqan deb hisoblanadi (50-rasm). Keyinchalik yo‘sin, plaun, qirqbo‘g‘im, 
qirqquloqlar, so‘ngra urug‘li o‘simliklar kelib chiqqan. Quruqlik o‘simliklarida 
mineral oziqlanishni ta’minlovchi ildiz tizimi, fotosintezni amalga oshiruvchi 
novda tizimi rivojlangan.
O‘simliklar bilan bir vaqtda hayvonlar ham quruqlikka chiqqan. O‘r-
gimchaklar va chayonlar dastlabki quruqlik hayvonlari hisoblanadi. 380 
mln yil avval suvda hamda quruqlikda yashovchilar (amfibiyalar), 300 
mln yil avval sudralib yuruvchilar (reptiliyalar), 200–230 mln yil avval 
sutemizuvchilar va qushlar kelib chiqqan deb taxmin qilinadi (51-rasm).
Hayvonlarning biosferadagi roli ularning geterotrof usulda oziqlanishi 
va harakatlanish xususiyati bilan bog‘liq. Ular o‘simliklar tomonidan 
yaratilgan organik birikmalarni iste’mol qiladi va ularni uzoq masofalarga 
ko‘chiradilar. Shu tarzda hayvonlar o‘simliklarning meva, urug‘, sporalarining 
tarqalishini ta’minlaydi. Tabiatda moddalar davriy aylanishida ishtirok 
etuvchi produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar faoliyatlarining muvoza-
natlashishi natijasida biosferaning gomeostaz holati shakllanadi. Insonning 
paydo bo‘lishi bilan biosfera tarixida yangi juda kuchli omil paydo bo‘ldi 
va bu omil o‘z ta’siriga ko‘ra katta geologik jarayonlarga teng keladi. 
Bu omil (inson faoliyati) biosferaning gomeostaz (turg‘unlik, barqarorlik) 
holatining buzilishiga sabab bo‘la boshladi. 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin