1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Paleozoy
570 mln yil
Perm, 55
Sudralib yuruvchilar rivojlangan. Yirtqich tishli kaltakesaklar 
kelib chiqqan. Trilobitlar qirilgan. Ochiq urug‘li o‘simliklar-
ning xilma-xilligi ortgan
Toshko‘mir, 
75 – 65
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar keng tarqalgan. Dastlab
-
ki sudralib yuruvchilar paydo bo‘lgan. Uchuvchi hasharotlar, 
o‘rgimchaklar paydo bo‘lgan. Trilobitlar kamaygan. Qirqquloq-
lar avj olib rivojlangan. Ochiq urug‘li o‘simliklar paydo bo‘lgan
Devon, 60
Qalqondorlar kamaygan. Panjaqanotli baliqlar, stegosefallar 
paydo bo‘lgan. Yuksak sporali o‘simliklar kelib chiqqan 
Silur, 30
Trilobitlar va korall poliplari avj olib rivojlangan. O‘sim
-
liklar quruqlikka chiqqan. Suvo‘tlar keng tarqalgan
Ordovik, 60 
Kembriy, 70
Dengiz umurtqasiz hayvonlari kovakichlilar, halqali chu-
valchanglar, molluskalar, trilobitlar keng tarqalgan. Jag‘siz 
umurtqali hayvonlar – qalqondor baliqlar paydo bo‘lgan


164
Birinchi avtotrof organizmlar karbonat angidridni yutib, kislorod ajratib, 
atmosferaning tarkibini o‘zgartirgan. Natijada atmosferada karbonat angidrid 
miqdori kamayib, kislorod miqdori tobora ko‘payib borgan. 
Atmosferaning yuqori qatlamlarida elektrokimyoviy jarayonlar ta’sirida 
kisloroddan ozon ekrani hosil bo‘lgan. Ozon ekrani Yer yuzidagi tirik 
organizmlarni quyoshning ultrabinafsha nurlari va kosmik nurlarining 
halokatli ta’siridan himoya qilgan. Bunday qulay sharoitda dengiz yuzasida 
tirik organizmlar yanada ko‘paya borgan.
Atmosferada erkin kislorodning ko‘payishi Yer yuzasida aerob tipda 
kislorod bilan nafas oluvchi organizmlarning va ko‘p hujayralilarning kelib 
chiqishiga zamin yaratgan.
Dengizda yashovchi avtotrof organizmlar keragidan ortiqcha kislorod
hosil qilgan va aerob organizmlarning yanada tez rivojlanishiga sabab 
bo‘lgan. Aerob nafas olish jarayonida moddalar parchalanishi tufayli ko‘p 
energiya ajralgan. Ko‘p energiya esa organizmlarning morfologik va fiziolo-
gik jihatdan murakkablashishga imkon yaratadi. 
Organik olam evolutsiyasidagi muhim ho-
disalardan biri tirik organizmlarning qu ruq-
likka chiqishidir. Olimlarning fikriga ko‘ra, 
quruqlikka dastlab bakteriyalar va sianobak-
teriyalar eukariotlar paydo bo‘lishidan 3,5–
3,2 mlrd yil avval chiqqan. Tuproqning 
paydo bo‘lishi prokariotlarning quruqlikka 
chiqishi bilan bog‘liq. 500– 450 mln yil avval 
eukariot organizmlar – o‘simliklar, so‘ngra 
hayvonlar quruqlikka chiqqan. Shu davrdan 
boshlab organik olam evolutsiyasi nafaqat suv 
muhitida, balki quruqlik-havo muhitida ham 
davom etgan. 
Dastlabki quruqlik o‘simliklari sernam 
yerlarda o‘sishga moslashgan, qirilib ketgan – 
50-rasm.
Dastlabki quruqlik 
o‘simliklari: 1 – riniya; 2 – kuk
-
soniya.
1
2
Umurtqasizlarning barcha tip vakillari yashagan. Bir hu
-
jayralilar, kovakichlilar, chuvalchanglar, molluskalar, ignatan
-
lilar, trilobitlar keng tarqalgan. Dastlabki xordalilar – boshske-
letsizlar paydo bo‘lgan

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin