1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Insonning biosferaga ta’sir qilish usullari



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Insonning biosferaga ta’sir qilish usullari.
Jamiyat va tabiatning 
o‘zaro hamkorligi, tabiatdagi modda va energiyadan foydalanish, ko‘p sonli 
turlarning yo‘qolishi, tabiiy tizimlarning va butun boshli landshaftlarning 
keskin o‘zgarishi, ko‘p miqdordagi chiqindilarni atrof-muhitga chiqarib 
tashlanishi bilan namoyon bo‘ladi.
Tarixiy taraqqiyot davomida insonlar 
Y
erning moddiy jihatdan eng 
boy, qulay hududlariga ko‘chib o‘tgan va shu hududda mavjud bo‘lgan 
tabiiy biogeotsenozni tubdan o‘zgartirgan, shaharlar barpo etgan, sanoat 
obyektlarini va qishloq xo‘jaligi maydonlarini yaratgan. Bu bilan ular 
ekotizimning qashshoqlashishi, yuzaga kelgan tabiiy majmualarning buzilishi 
va tirik organizmlar yashaydigan muhitlarining o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. 
Inson faoliyati natijasida suv, havo, tuproq ishlab chiqarish chiqindilari 
bilan ifloslanmoqda, o‘rmonlar kesib tashlanmoqda, yovvoyi hayvonlar 
qirilib ketmoqda, tabiiy biogeotsenozlar buzilmoqda. Buning natijasida 
biosferada moddalarning davriy aylanishi uzilib qolmoqda. 
Y
erdagi ko‘plab 
geokimyoviy jara yon larning kechishi o‘zgarmoqda.
Biosfera ekotizimida atrof-muhitni radioaktiv yog‘inlar, ishlab 
chiqarishning gazsimon chiqindilari, yoqilg‘i mahsulotlari, turli-tuman 
kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi natijasida keskin ziddiyatli vaziyat 
yuzaga keldi. Sun’iy organik moddalar (masalan, polietilen, plastmassa 
buyumlar)ning ko‘pchiligini, hatto zamburug‘lar va bakteriyalar yordamida 


172
biogen tarzda qayta ishlab bo‘lmaydi. Chunki ular biologik almashinuvga 
jalb etilmaydi, balki biosferada to‘planadi.
Biosferada uni barqaror holatda saqlashga yordam beradigan biologik 
xilma-xillik qisqarmoqda. Bugungi kunda turlarning yo‘q bo‘lib ketish 
sur’ati oldingi davrga nisbatan bir necha baravar yuqori ko‘rsatkichga ega. 
Yo‘qolib ketish arafasida turgan turlarning soni ortib bormoqda. 
Kishilik jamiyatining yashash muhitiga ta’siri natijalariga ko‘ra ijobiy va 
salbiy bo‘lishi mumkin. Insonlarning tabiatga salbiy ta’sir qilishi oqibatida 
mineral xomashyo, tuproq, suv zaxiralari ko‘rinishidagi tabiiy boyliklarni – 
tabiat zaxiralarini isrof qilish, atrof-muhitni ifloslantirish, turlarni qirib 
tashlash, biogeotsenozlardagi oziq zanjirini buzish yuzaga kelgan. 
Bugun tabiatdagi boyliklardan oqilona foydalanish zaruriyati vujudga 
keldi. Ekologiya, tabiatni muhofaza qilish masalasida tabiiy boyliklarni 
tiklanmaydigan va tiklanadigan boyliklarga ajratish qabul qilingan.
Quyosh energiyasi
Hayvonot dunyosi
Foydali qazilmalar
Tuproq unumdorligi
Yashash makoni
O‘simliklar dunyosi
Shamol energiyasi
Dengiz to‘lqinlari 
energiyasi
Atmosfera havosi
O‘rnini to‘ldirish 
mumkin bo‘lgan 
resurslar
O‘rnini to‘ldirish 
mumkin bo‘lmagan 
resurslar
Birinchi guruhga zaxiralari cheklangan foydali qazilmalar kiradi. Tiklanadigan 
tabiiy boyliklarning o‘zgarishini o‘rmon misolida kuzatish mumkin. Hozirgi 
kunda quruqlikning uchdan bir qismidan kamrog‘i o‘rmon bilan qoplangan 
(Antarktidadan tashqari). Biosfera evolutsiyasining dastlabki bosqichlarida 
bu ko‘rsatkich 70% dan kam bo‘lmagan. O‘rmonlarni yo‘q qilish, birinchi 
navbatda, sayyoraning suv rejimini keskin ravishda buzadi. Tuproq 
strukturasining yuqori qatlamlarining o‘zgarishi hisobiga suv ushlanib 
qolmaydi. 
Y
er yuzining o‘rmonsiz joylari suvni to‘plash va ushlab turishga 
qodir yumshoq, chirindilarga boy tuproq qatlamidan mahrum bo‘ladi. 
Y
erosti 


173
suvlarining zaxiralari kamayadi, daryolar sayozlashadi. Ularning osti loyqa 
bilan qoplanadi, bu esa o‘z navbatida, baliqlarning uvildiriq sochish 
joylarining yo‘qolishiga va ular sonining qisqarishiga olib keladi. Tuproqning 
unumdor qatlamini qor erishidan hosil bo‘lgan suvlar va yomg‘irning 
shiddatli oqimlari ta’siri yuvib ketadi, o‘rmon to‘sib qolmaydigan shamollar 
ta’sirida esa nuraydi. Natijada tuproq yemirilishi yuzaga keladi. O‘rmonlarni 
kesish bilan ularda yashovchi qushlar, hayvonlar, hasharotlar nobud bo‘ladi. 
Natijada qishloq xo‘jaligi zararku nandalari hech qanday qarshiliklarsiz 
ko‘payishni boshlaydi. O‘rmon havoni changlardan tozalaydi, xususan, u 
radioaktiv yog‘inlarni ushlab qoladi va ularning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi, 
ya’ni o‘rmonlarni kesish havoning o‘zini o‘zi tozalash kabi vazifalarni 
bajara olmaydi.
Shu tarzda yerdan noto‘g‘ri foydalanish tufayli, tuproq yemirilishi 
oqibatida insoniyat dehqonchilik uchun deyarli yaroqsiz holga kelib qolgan 
juda keng hududlarni yo‘qotdi. Shunga o‘xshash vaziyat O‘rta Osiyo 
mintaqasida ham Amudaryo va Sirdaryo suvlarining katta qismi paxta va 
sholi maydonlariga yo‘naltirilgan paytdan boshlab paydo bo‘ldi. Natijada 
Orol dengizining ko‘lami tez toraya boshladi, uning sho‘rlanish darajasi 
keskin oshib ketdi. Uning yuzasidan suvning bug‘lanish darajasi kamaydi, 
mintaqadagi iqlim esa ancha quruqlashdi. U yerda va unga tutash hududlarda 
yashaydigan hayvon va o‘simlik turlarining katta qismi yo‘q bo‘lib ketdi. 
Hozirgi kunning jiddiy muammolaridan biri – birinchi navbatda, sanoat 
korxonalari tomonidan karbonat angidrid gazi atmosferaga ko‘p miqdorda 
chiqarib tashlanmoqda, uning katta qismini o‘simliklar tomonidan fotosintez 
jarayoniga jalb etilib bo‘lmasligi tufayli sayyora iqlimining asta-sekin 
isishi yuz bermoqda. Oqibatda bu gaz atmosferaning yuqori qatlamlarida 
to‘planmoqda va issiqxona deb nomlanuvchi ta’sirni vujudga keltirib, tabiiy 
issiqlik almashinuviga to‘sqinlik qilmoqda. Shu bilan birga atmosfera 
va 
Y
er yuzasining yuqori qatlamlarida harorat uzluksiz oshib bormoqda. 
Bu Arktika va Antarktika muzliklarining erishiga olib keladi va qutb 
doirasiga yaqin ekologik tizimlarning buzilishi yuz beradi. Dunyo okeani 
sathining ko‘tarilishi taxmin qilinmoqda. Sanoat chiqindilari, radioaktiv 
moddalar, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari bilan kurashish uchun 
qo‘llaniladigan kimyoviy dori vositalari tabiiy muhitni ifloslantirmoqda. 
Insonlarning biosferaga salbiy ta’siri jumlasiga hayvonlarni tartibsiz ovlash, 


174
suvo‘tlarini yig‘ish, sanoat, transport va qishloq xo‘jaligi chiqindilarini 
chiqarib tashlash natijasida suv, havo, tuproq kimyoviy tarkibining o‘zgarishi 
kiradi. Shu bilan birga nafaqat 
Y
erdagi yovvoyi o‘simlik va hayvonlar soni 
kamayadi, balki ularning tabiiy yashash muhitlari yo‘qoladi. 
Insonning tabiatni o‘zgartiradigan mehnat va ijodiy faoliyati aholining 
hozirgi va kelajakdagi farovonligiga zamin yaratadi. 
Insoniyat tabiatga ta’sir qilishning kuchli omillariga ega, tabiatga ilmiy 
asoslangan holda ta’sir ko‘rsatish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish 
natijasida ijobiy natijaga erishish mumkin. 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin