1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi


Chotqol tog‘-o‘rmon biosfera qo‘riqxonasi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Chotqol tog‘-o‘rmon biosfera qo‘riqxonasi.
Chotqol qo‘riqxonasida 
M
arkaziy Osiyo tog‘ ekotizimlarining faqatgina shu hududda uchraydigan 
endemik va kamyob o‘simlik hamda hayvon turlari muhofaza qilinadi. 
Ushbu qo‘riqxonada tog‘ qo‘yi, yovvoyi cho‘chqa (qobon), 
T
urkiston 
silovsini, ko‘k sug‘ur, jayra, gornostay, relikt yumronqoziq, qor barsi (irbis) 
kabi hayvonlar muhofaza qilinadi (58-rasm).
Har bir inson tabiatni muhofaza qilish ishiga vijdonan yondashishi zarur. 
Ona tabiatni kelgusi avlodlarimiz uchun tabiiy holda saqlab qolish – bugungi 
kunning asosiy muammolaridan biridir.
Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: 
qo‘riqxona, buyurtma 
qo‘riqxona, milliy bog‘, tabiat yodgorliklari, «Qizil kitob».
Bilimlaringizni qo‘llang.
1. Qanday sabablarga ko‘ra tabiatda muhofaza qilinishi kerak bo‘lgan hu-
dud lar paydo bo‘ladi? 
2. Qo‘riqxona, buyurtma qo‘riqxona, milliy bog‘ va tabiat yodgorliklarining
tabiatni muhofaza qilishdagi o‘rnini tushuntiring.
3. «Qizil kitob» qanday maqsadlarda tashkil etiladi?
4. U yoki bu turning qaysi ko‘rsatkichlari «Qizil kitob»ga kirishiga sabab 
bo‘ladi? 
5. «Qizil kitob»ga kiritiladigan o‘simlik va hayvon turlari qanday guruh-
larga bo‘linadi?
6. 
M
uhofaza qilinadigan hududlar: qo‘riqxona, buyurtma qo‘riqxona, milliy 
bog‘, tabiat yodgorliklari qanday maqsadlarda tashkil etiladi? Ular bir-
biridan qaysi xususiyatlari bilan farqlanadi?
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. 
Quyi sinflarda olgan bilimlaringizdan foydalanib, jadvalni to‘ldiring.
 «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlar
«Qizil kitob»ga kiritilgan o‘simliklar


183
IV BOB. ORGANIK OLAM FILOGENEZI
IV bob mazmuni bilan tanishib, Siz:
 
organizmlarning o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmlari va tirik organizm-
larning xususiyatlarini bilishingiz;
 
organizmlarning o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmida nerv sistemasining 
tutgan o‘rni va ahamiyatini izohlay olishingiz;
 
tirik organizmlarda qo‘zg‘aluvchanlikning turlari va ahamiyatini 
tushunishingiz;
 
nerv sistemalarining tiplarini farqlash va taqqoslash, umumiylikni ajrata 
olishingiz;
 
gumoral boshqarilishning mohiyatini tushunishingiz;
 
nerv va gumoral boshqarilishning ahamiyatini qiyoslash, ular o‘rtasidagi 
o‘zaro aloqadorlikni aniqlay olishingiz;
 
o‘simliklar va hayvonlar organlari sistemalarining filogenezida ro‘y 
bergan evolutsion o‘zgarishlarni ta’riflash, tushuntirish va izohlashingiz zarur. 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin