Xitoy manbalaridan bu davlatning Qang‘yuy deb atalgani ma’lum. Mil. avv. III asrda unga saklarasos solishgan. Qadimshunoslarning aniqlashicha, Toshkent vohasida miloddan avvalgi III asrda asos solingan, Qanqa - Qang‘xa shahar-qal’asi saklarning o‘sha kezlardagi poytaxti Qang‘dez bo‘lgan. Xitoy manbalarida ^bu shahar Bityan deb atalgan. Qang‘ davlatining asosiy shaharlari Sirdaryo sohillari bo‘ylab joylashgan. Miloddan avvalgi II asr oxirida Qang‘ qudratli davlat birlashmasiga aylanadi. U ning hu kmdorlari o‘z nomidan tangalar zarb qildir ganlar. Qang‘ davlatida istehkomlar, ibodatxonalar, savdo va hunarmandchilik mahallalari barpo etilgan. Davlatning madaniy markazlaridan biri Toshkent vohasi edi. Ayni shu hududda o‘troq ziroat chilik va hunarmandchilik madaniyati v ujudga kelgan. Uning hududidan Buyuk Ipak yo‘lining shimoliy tarmog‘i o‘tganligi davlat iqtisodining
gullab-yashna shi ga imkon yaratdi. Lekin ayni shu hol
ko‘chmanchi qabilalar bilan u rushlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Bu urushlarda qang‘arlar (Qang‘ davlati aholisini shunday atashgan) ko‘pincha g‘olib chiqar edilar. Milodiy III asrda Qang‘ davlati parchalanib ketdi.
QANGʻ DAVLATI, Qanhxa (qad. xitoy manbalarida Kangkiya, zamonaviy oʻqilishda Kangjyuy, rus adabiyotida Kangyuy) — qadimda Sirdaryoning oʻrta havzasida mavjud boʻlgan davlat (mil. av. 3 — mil. 5-asr oʻrtalari). Ayrim adabiyotlarda ushbu davlat aholisi ham uning nomlari bilan ataladi.
K,Shoniyozovttg fikricha, Qangʻ davlati sharqda Fargʻona (Davan, Dayyuan), shim. sharqda Usun (Uysun) davlatlari, shim. gʻarbda Sarisu, gʻarbda Sirdaryoning quyi
oqimi bilan chegaradosh boʻlgan. Xitoy manbalariga koʻra, Qangʻ davlatining jan. hududiga hoz. Oʻzbekistonning Samarqand, Buxoro,
Shahrisabz, Kattaqoʻrgʻon va Urganch tumanlari kirgan boʻlib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Janubiy da — Dayruziye (Dayuechji) davlati joylashgan. Kushon podsholigi tashkil topishi va uning hududi kengayishi munosabati bilan Qangʻ davlatining jan. chegarasi oʻzgargan. Shu tufayli mil. av. 2-asrda Xitoy elchisi Chjan Syanʼ fargʻonaliklar yordamida Qangʻ davlati orqali Dayruziye (Dayuechji) davlatiga borgan. Qangʻ davlatining qishki poytaxt shaharlari
Bityan va Sushiye boʻlgan. Bityan Binkat shahri (boshqa manbalarga koʻra, Qanqa) oʻrnida, Sushiye esa hoz. Parkent tumanidagi Soʻqoq (Sukeeke) nomli joyga toʻgʻri
keladi. Qangʻ davlatining yozgi qarorgohlari Issiqkoʻl boʻylab, hoz. Qoraqoʻl (Prjevalsk) yonida boʻlgan. Qangʻ davlatining qoʻshini 80—90 ming jangchini tashkil etgan. Qangʻ davlati aholisining urf-odatlari Ruziye (Yueszi) davlati aholisi urf-odatidan farq qilmagan. Oʻz navbatida, ruziyeliklar urf-odatlari hunlarnnkiga oʻxshash boʻlgan. Qangʻ davlati hukmdori va Hun xoqonligi tangriquti oʻrtasida qudachilik munosabatlari oʻrnatilgan. Shu tufayli xitoylar hunlar ustidan gʻolib chiqib, ularni oʻz joylaridan siqib chiqarganida, hun xoqoni oʻz avlodi bilan Qangʻ davlatiga koʻchib kelgan. Qangʻ davlatining koʻchmanchi aholisi chorvachilik, shaharlar va ularning atrofida yashagan oʻtroq aholi esa dehqonchilik, hunarmandchilik va savdosotiqbilan shugʻullangan. Ular Buyuk ipak yoʻlitgi xalqaro siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarda muhim oʻrin tutganlar. Qangʻ davlati hududida jiddiy migratsion jarayonlar sodir boʻlib turgan. Mil. 5-asrning 2-yarmida Qangʻ davlati parchalanib, uning
hududida Shosh (Shi), Samarqand (Kan), Maymurgʻ (Mi), Shahrisabz (Shi), Kattaqoʻrgʻon (Xe), Usrushona (Sao) kabi kichik davlatlar tashkil topgan.
Davan Miloddan avvalgi ll—l-asrlardagi manbalarida keng, obod, boy mamlakat — Davan haqidagi maʼlumotlar keltirilgan. Davan shahar va voha hokimlarining erkin ittifoqidan iborat davlat edi. Ulugʻ hukmdor qarorgohi Gushan (hozirgi Oʻzgan shahri deb taxmin etiladi)da boʻlgan. Podsho qokimiyati qabila zodagonlaridan iborat oqsoqollar kengashi tomonidan cheklab qoʻyilgan. Oliy kengash qukmdorni podsholikdan tushirishi, hatto oʻlim jazosiga hukm qilishi mumkin boʻlgan. Davan atamasi tarixiy adabiyotlarda mil. lll asrgacha uchraydi. Soʻngra Davan oʻrniga "Boxan" va "Polona" (mil. V asr) atamalari uchrab muarrixlar ushbu atamalar qad. Davanga moye keladi deb qayd etib oʻtganlar. Xitoyliklar Davan deb nomi toharlar (Taxwar) bilan bogʻliq boʻlgan mamlakatni atashgan degan fikr bor.
Miloddan avvalgi ll asr oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, Davan aholisi 300 ming kishini tashkil qilgan, Davanliklar koʻzlari kirtaygan, qalin soqolli xalq boʻlib, savdo-sotiq ishlarida mohirliklari bilan nom chiqarishgan. Davanda xotin-qizlar izzat-ikrom
qilingan. Davanda yetishtirilgan "osmon tulporlari" — argʻumoqlar Sharqda mashhur boʻlgan. Miloddan avvalgi 104—101 yillarda Xitoy askarlari Davanga ikki bor hujum qilganlar. 1-hujum Xitoy askarlarining magʻlubiyati bilan tamom boʻlgan, chunki ular istehkomga aylantirilgan qishloqlarning qarshiligini sindirish uchun ojizlik qilganlar. Xitoyliklar 60 ming kishilik katta qoʻshin bilan ikkinchi marta hujum qilib, 101 yilda
Ershi shahrini qamal etishgan (qarangErshi mudofaasi)