1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi



Yüklə 4,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/179
tarix02.12.2023
ölçüsü4,78 Mb.
#137024
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   179
2018 BIOLOGIYA 11- SINF

Lаbоrаtоriya jihоzlаri:
baliq, suvda hamda quruqlikda yashovchi hayvon-
larning ho‘l preparatlari, sudralib yuruvchi, qush, sutemizuvchi hayvonlarning 
mulyajlari.
Ishning borishi:
1. Baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, 
sutemizuvchilarning tuzilishini o‘rganing. Ulardagi aromorfoz va idioadaptatsiyalarni 
aniqlang. 
2. Kuzаtish nаtijаlаri аsоsidа quyidаgi jаdvаlni to‘ldiring.
Hayvon tiplari
Aromorfozlar
Baliqlar
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar
S
udralib yuruvchilar
Qushlar
S
utemizuvchilar
3. Har bir tipga mansub biron-bir hayvon turi misolida idioadaptatsiyalarni 
aniqlang. 
Hayvon turlari
Idioadaptatsiyalar
Elektr skat
Yashil qurbaqa
O‘rta Osiyo toshbaqasi
Oq laylak
Ko‘k kit
4. 
B
ajarilgan ish yuzasidan xulosa chiqaring.


233
ATAMALAR IZOHI
Abiotik omillar 
(yunoncha – «a» inkor qo‘shimchasi, «bios» – hayot) – tirik orga-
nizmlarning hayot faoliyati va tarqalishiga ta’sir qiladigan anorganik tabiat tarkibiy 
qismlari.
Agroekosistema 
(yunoncha – «agros» – dala) inson tomonidan qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini yetishtirish maqsadida yaratilgan sun’iy ekosistemalar.
Adaptatsiya
(lot. «adaptatio» – moslanish) – tirik organizmlarning muayyan 
yashash muhitida yashashi va ko‘payishni ta’minlovchi belgi yoki belgilar yig‘indisi.
Allogenez
(yunoncha – «allos» – o‘zgacha, boshqa, «genesis» – rivojlanish) orga-
nizm larda tashqi muhit sharoitiga moslanish jarayonida yangi belgi-xususiyatlar asosida 
xususiy moslanish (idioadaptatsiya)ni vujudga keltiradigan evolutsion yo‘nalish.
Antropogen omillar
– odam va uning xo‘jalik faoliyatining o‘simlik, hayvon va 
boshqa tabiat komponentlariga ta’siri bilan bog‘liq omillar guruhi.
Arogenez
(yunoncha – «airo» yuksalish, «genesis» – rivojlanish) organizmlarning 
tuzilishida yirik o‘zgarishlar – aromorfozlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq evolutsion 
yo‘nalish. 
Aerenxima
(yunoncha – «аeg» – havo, «knchyma» – to‘qima) – suv va botqoqlikda 
o‘suvchi o‘simliklarning hujayralari orasida havo to‘playdigan to‘qima.
Amensalizm
– o‘zaro biotik munosabat turi bo‘lib, bu munosabatda bir turning 
faoliyati ikkinchi turga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan organizmning 
o‘zi esa bu munosabatdan foyda ham, zarar ham ko‘rmaydi. 

Yüklə 4,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin