1. Nizoning vazifalari va turlari



Yüklə 97,5 Kb.
səhifə3/8
tarix07.11.2022
ölçüsü97,5 Kb.
#119088
1   2   3   4   5   6   7   8
Iroda Shoymardonova

Tuzilmaviy usullar. Bularga asosan, vakolatlarni noto‘g‘ri taqsim-lash, ishni noto‘g‘ri olib borish, rag‘batlantirish tizimini xatosi tufayli yuzaga kelgan tashkiliy nizolarga ta’sir etuvchi uslublar kiradi. Bunday uslublar ishga nisbatan bo‘lgan talablarni tushuntirish, koordinatsion va integratsion mexanizmlar, umumtashkiliy maqsadlar, taqdirlash tizimini ishlatish kabilardan iborat.
Ishga nisbatan bo‘ladigan talablarni tushuntirish nizolarni bosh-qarish va ularning oldini olishning eng samarali uslublaridan biridir. Har bir mutaxassis o‘zidan nima talab qilinishini, burchi, majburiyati, mas’uliyati, vakolatining chegarasi, ish bosqichlari nimadan iborat ekanligini tushunishi kerak. Uslub tegishli mansablarga oid ko‘rsatma-lar (mansablarni ta’riflash), boshqarish darajasiga qarab huquq va maj-buriyatlarni taqsimlash asosida amalga oshiriladi.
Muvofiqlashtiruvchi mexanizmlar tashkilotdagi tuzilmaviy bo‘lin-malar faoliyatini boshqaradi. Zarur hollarda nizoli masalalarni hal qiladi.
Umumtashkiliy maqsadlar. Mazkur uslub umumtashkiliy maqsad-larni ishlab chiqish yoki aniqlashni ko‘zda tutib, barcha xodimlarning harakatini shu maqsadlarga qaratadi.
Taqdirlash tizimi. Taqdirlash boshqarish uslubi sifatida nizo jarayo-nida ishlatilishi mumkin. U kishilar harakatiga oqilona ta’sir ko‘rsatish orqali nizolarni bartaraf qilishi mumkin. Muhimi, rag‘batlantirish tizimi ba’zi bir kishilar va guruhlarning nokonstruktiv harakatlarini taqdirlash uchun ishlatilmasligi lozim. Masalan, agar sotish bo‘limi boshliqlari sav-do hajmi oshganligi sababli taqdirlansa, bu holat belgilangan daromad olish darajasiga zid bo‘ladi. Bu bo‘limlarning boshliqlari narxni arzonlashtirib, sotish hajmini oshirishi mumkin. Natijada kompaniya-ning o‘rtacha daromad ko‘rsatkichi pasayib ketadi.
Shaxslararo usullar. Nizo holati yuzaga kelayotgan paytda yoki nizo boshlanishidan oldin uning ishtirokchilari o‘z harakatining oqibati-ni o‘ylab ko‘rishi, bu esa ularning manfaatiga yordam berishi kerak.
Nizo eskalatsiyasi nizoli vaziyatlar natijasida yuzaga kelishi mum-kin. Nizosiz muloqotning quyidagicha qoidalari E.G. Agapovaning tadqiqot ishlarida ko‘rilgan1.
1- qoida.Nizoli vaziyat keltirib chiqarmang.
2-qoida. Nizoga nizo bilan javob bermang.
Bu qoidalarga rioya qilish uchun o‘zingizni hamsuhbatingiz o‘rniga qo‘yib ko‘ring, siz haqorat eshitib, xafa bo‘lmasmidingiz? Nizoli vaziyat tezda kuchayib boradi. Shuning uchun o‘zingizni tutmasangiz, keyin kech bo‘ladi.
3-qoida. O‘zingizni hamsuhbatingizning o‘rniga qo‘yib ko‘ring.
4-qoida. Hamsuhbatingizga iloji boricha yaxshi gaplar aying.
Nizoda ishtirokchi bo‘lgan shaxsning o‘ziga xos xatolarini ko‘r-satish mumkin:

  • o‘zining nuqtayi nazarini himoya qiladi, ammo bu bilan muom-moni hal qila olmaydi;

  • o‘ziga xoslik bilan fikrlaydi, qarorni mavjud me’yor, an’ana, qoidalar doirasida ishlatishga intiladi;

  • boshqalarning fikriga toqat qila olmaydi. Ijodiy bahsga, g‘oyalar-ning rivojlantirishga to‘siqlik qiladi, ortiqcha tanqid qiladi, ko‘rqitadi va h.k.;

  • boshqalarni asosiy maqsaddan chalg‘itadi, asosiy muammodan boshqa tomonga o‘tib ketadi;

  • faqat predmetli sohada ishlaydi, tahlil qilolmaydi va o‘zaro hara-kat qilishga intilmaydi;

  • tavakkal qilishdan qo‘rqadi.

Nizolarning konstruktiv funksiyalarini qo‘llab, kelishmovchiliklarni bartaraf qilish, raqibni sherikka aylantirish, sog‘liqni saqlash va ruhiy muhitni yaxshilash mumkin.



Yüklə 97,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin