1. Perspektiva qurish apparati. To’g’ri chiziq, tekis shaklning perspektivasi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə4/5
tarix29.03.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#124489
1   2   3   4   5
1. Perspektiva qurish apparati. To’g’ri chiziq, tekis shaklning

Tekislik perspektivasi
Turli tekis shakllar gorizontal, vertikal to’g’ri to’rtburchak (5.6–shakl, a va b), kvadrat (5.7–shakl, a va b) kabi ko’rinishlarda tasvirlanishi mumkin.

5.6–shakl

5.7–shakl
5.3.Geometrik jismlarning perspektivasi
Ma’lumki, har qanday geometrik jism (figura) ko’pyoqlik bo’lsa, u uchburchak, to’rtburchak, oltiburchak kabi tekis shakllardan tashkil topgan bo’ladi. Tekis shakllarning perspektiv tasvirlarini yasash o’rganib olingan bo’lib, endi, ko’pyoqlarning perspektiv tasvirlarini bajarish o’rganiladi.
Kubning perspektivasi. H dagi kub ikki yon yoqlari bilan kartinaga parallel va perpendikular joylashgan. Uning ustki va ostki asoslari kvadratning perspektivasini yasash kabi bajariladi. Ikkala kvadrat tasvirlari burchaklari o’zaro vertikal chiziqlarda tutashtirib qo’yiladi (5.8–shakl). Buning uchun:
1. Kartina asosida ixtiyoriy uzunlikda A1B1 kesma tanlab olinadi va uning uchlari P bilan tutashtiriladi.
2. B1P chiziqda 1 nuqta ham ixtiyoriy tanlanadi va u D1bilan tutashtirilib, A1P da 4 nuqta belgilanadi. 1 va 4 nuqtalardan ufq chizig’iga parallel chiziq chizib kvadratning perspektivasi hosil qilinadi.
3. B1dan vertikal chiziq o’tkazib, unga A1B1 kesma o’lchab qo’yiladi va C1 nuqta P bilan tutashtiriladi. 1 nuqtadan chiqarilgan vertikal chiziq C1P ni 5 nuqtadan kesadi. 5 va D1 nuqtalar tutashtiriladi. Shunda kubning ustki asosi ostki asosi kabi yasaladi (5.8–shakl).

5.8–shakl
H dagi kartinaga yon yoqlari bilan 45° burchak ostida joylashgan kubning perspektivasini yasash uchun:
1. Kartinada A nuqta tanlab olinadi va u D1 va D2 lar bilan tutashtiriladi. Kubning bitta qirrasi B nuqta bilan chegaralanadi. B nuqtadan ufq chizig’iga parallel chiziq chizib, C nuqta belgilanadi.
2. C ni D2bilan, B ni D1 bilan tutashtirishdan E nuqta topiladi. Shunda kvadratning perspektivasi aniqlanadi.
3. AB kesmaning haqiqiy uzunligi A1B1 aniqlanadi va B1 dan vertikal chiziq chizib, unga A1B1 uzunlik o’lchab qo’yiladi va hosil bo’lgan T1 nuqta P bilan tutashtiriladi. Bu chiziq B nuqtadan vertikal chizilgan qirrani T nuqtada kesadi.

5.9–shakl
4. T nuqta D1 va D2lar bilan tutashtiriladi. Bu chiziqlar A dan vertikal chizilgan qirrani L nuqtada, E nuqtadan chizilgan vertikal qirrani N nuqtada kesadi. C nuqtadan chizilgan qirrani LD1chiziq M nuqtada kesib o’tadi.
5. Kubning ustki asosi yasalib, ostki asosi bilan moslashtiriladi (5.9–shakl).
H da kartinaga yoqlari bilan ixtiyoriy burchakdagi kubning perspektivasini yasash uchun oldin kub yoqlarining perspektivasidagi uchrashish nuqtalari F1 va F2lar qoidaga asosan aniqlab olinadi. Buning uchun kartina tekisligi K fikran kub proyeksiyasi oldiga, kuzatuvchi tomonga olib o’tiladi va u KH deb belgilanadi. P dan pastga vertikal chiziq chizib, unga distansion masofa (PD1) o’lchab qo’yiladi va u S' deb belgilanadi. S' dan kub yoqlariga parallel chiziqlar chizilib, ufq chizig’ida ularning uchrashish nuqtalari perspektivasi F1 va F2 aniqlanadi.
Muntazam olti burchakli prizmaning perspektivasi H dagi perpendikular muntazam olti burchakli prizmani vertikal prizma deb qarash ham mumkin. Uning perspektivasini yasash uchun, oldin uning H dagi asosining kartinadagi tasvirini bajarish kerak.
1. Qoidaga muvofiq ko’rish nuqtasi. S' aniqlab olinadi va bu nuqta orqali S'P ga nisbatan ikki tomonlama 30° li burchaklar yasalib davom ettiriladi hamda ufq chizig’iga P dan bir xil uzoqlikda joylashgan uchrashish nuqtalari F1 va F2 lar topiladi.
2. PS' chiziqda oltiburchakning markazi O nuqta tanlab olinadi. Kartinada tanlab olingan O nuqtadan ufq chizig’iga parallel chiziq chizilib, unga, ixtiyoriy kattalikda, 01=02 masofa qo’yiladi. O,1, 2 nuqtalar F1 va F2 nuqtalar bilan tutashtiriladi hamda 3, 4 va 5, 6 nuqtalar belgilanib, ular o’zaro hamda 1 va 2 lar bilan tutashtiriladi.
3. Prizmaning ustki asosi t masofa balandlikda ostki asosi kabi yasaladi (5.10–shakl).

5.10–shakl 5.11–shakl
Bitta yog’i bilan H da gorizontal joylashgan muntazam olti burchakli prizmaning simmetrik o’qi D2 da kesishadi. Uning perspektivasini yasash 5.11–shaklda ko’rsatilgan.
1. O nuqtadan vertikal chiziq chizilib, unga A va B (OA=OB, O1A1=O1B1) nuqtalar belgilanadi. O va A hamda B nuqtalar D1 bilan tutashtiriladi.
2. O va A nuqtalardan ufq chizig’iga parallel chiziqlar chizilib, ularga O1 21 va A141 masofalar ikki tomonlama o’lchab qo’yiladi. 11,21 va 31, 41 nuqtalar P bilan tutashtiriladi va perspektivada 1 va 2 hamda 3 va 4 nuqtalar topiladi. 3 va 4 dan vertikal chiziq chizib, 5 va 6 nuqtalar belgilanadi.
3. Hamma aniqlangan nuqtalar ketma–ket tutashtirilib chiqiladi. Natijada olti burchakning perspektivasi hosil bo’ladi.
4. Prizmaning orqa tomonidagi asosining perspektivasi yasaladi. Prizmaning uzunligi berilgan bo’lsa, u ixtiyoriy tanlab olinishi mumkin. Buning uchun OD2 chiziqda O′ belgilab olinadi va undan vertikal chiziq chizilib, AD2 va BD2 larda A′,B′ nuqtalar aniqlanadi.
5. A', B', O’ nuqtalar D1bilan tutashtiriladi va 1, 2, 3, 4, 5, 6 nuqtalar D2 bilan tutashtiriladi. Shunda D1 va D2larga yo’nalgan chiziqlarning mos ravishda o’zaro kesishishidan hosil bo’layotgan 1', 2', 3', 4', 5', 6' nuqtalar birbiri bilan tutashtirilishi natijasida prizmaning orqa asosi yasaladi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin