1. Perspektiva qurish apparati. To’g’ri chiziq, tekis shaklning
5.2. To’g’ri chiziq, tekis shaklning perspektivasi. H da A1 nuqta, fazoda B'nuqta va uning H dagi proyeksiyasi B'1 berilgan bo’lib, oldin A1 nuqtaning perspektiv tasvirini yasash ko’rib chiqiladi (1.1–shakl, a).
1. Ko’rish nuqtasi S va uning H dagi asosi S1 narsalar tekisligidagi A1 nuqta bilan tutashtirilib chiqiladi. Bu yerda SA1 ko’rish nuri, S1A1 ko’rish nurining H dagi proyeksiyasi deyiladi. S1A1va KH bitta H tekislikka tegishli bo’lganligi uchun ular O’zaro AK nuqtada kesishadi. SS1A1 uchburchak tekislik H ga perpendikular bo’lganligi uchun uning kartina bilan kesishish chizig’i H ga perpendikular bo’ladi. Shu sababli AK dan KH ga perpendikular chiziq o’tkazilsa, SA1 ko’rish nuri bilan A nuqta kesishadi. A nuqta A1 nuqtaning K kartinadagi perspektiv ta’sviri hisoblanadi. Demak, A1nuqtaning kartinadagi A perspektivasi SA1 ko’rish nurining K bilan o’zaro kesishish nuqtasi ekan. Xuddi shu usulda fazodagi B' nuqtaning H dagi B1 proyeksiyasini perspektivasi yasaladi. So’ngra nuqtaning perspektivasidan vertikal chiziq davomida SB' ko’rish nurida fazodagi vaziyatining perspektivasi B nuqta aniqlanadi (5.1–shakl, b).
5.1–shakl
Endi, ushbu yasash jarayoni tahlil qilinadi.
A1nuqtadan kartina asosi KHga perpendikular chiziq o’tkazilib, hosil bo’lgan A0nuqta P bilan tutashtirilsa, bu chiziq nuqtaning perspektivasi A orqali o’tadi.
Demak, kartinaga perpendikular to’g’ri chiziq perspektivada P bosh nuqtada uchrashar ekan (1–qoida).
A1 nuqta sirkul yordamida A0 nuqtadan kartina asosi KH ga olib o’tilib, hosil bo’lgan A1K (bu yerda A1A1K chiziq kartinaga nisbatan 45˚ burchakni tashkil etadi) distansion nuqta D1bilan tutashtirilsa, A nuqta orqali o’tadi.
Demak, kartinaga 45o burchak ostidagi to’g’ri chiziqlar perspektivada distansion nuqtalardan birida uchrashar ekan (2–qoida).
B'1 dan KH perpendikular chiziq o’tkazilib B1K aniqlanadi. B1K dan vertikal chiziq chizilib, unga B'1B' balandlik o’lchab qo’yilib, P bilan tutashtirilsa, B' nuqtaning perspektivasi B orqali o’tadi.
Demak, vertikal (H ga perpendikular, kartinaga parallel) to’g’ri chiziq perspektivada geometrik parallelligini saqlagan holda vertikal tasvirlanadi (3–qoida).
Perspektiv tasvirlar yasashda ushbu qoidalardan foydalanilsa, ortiqcha yasashlardan halos bo’linadi.
Kartina epyurida (bundan keyin u faqat kartina deb yuritiladi) A nuqtaning perspektivasini yasash uchun A1 dan kartina asosi KH ga perpendikular chiziq chizilib, A0 aniqlanadi va u P bilan tutashtiriladi. A1A0 masofa kartina asosi KH ga olib o’tiladi yoki A1 dan kartina asosiga 45˚ burchak ostida chiziq chizlib, A1K topiladi va u nuqta D1 bilan tutashtiriladi. P va D1 nuqtalarga yo’nalgan to’g’ri chiziqlar o’zaro kesishib, A1 nuqtaning A perpektivasini aniqlaydi (5.2–shakl).
5.2–shakl
B' nuqtaning H dagi asosini perpsektivasi xuddi A1 nuqtaniki kabi yasaladi. B'1 dan KHga perpendikular, ya’ni vertikal chiziq chizilib, B0 aniqlanadi va unga B' nuqtaning balandligi B0B'0 masofa o’lchab qo’yiladi va B'0 nuqta P bilan tutashtiriladi. B' dan vertikal chiziq chizilib, B'0P chiziqda fazodagi B'nuqtaning perpektivasi B topiladi (1.2–shakl).
5.3–shaklda “Descriptive geometry” nomli darslikda (FIGURE 20.4) perpsektiv apparat tasvirlangan1.