1-seminar mashg’uloti mavzu: Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini kuzatish va tahlil qilish O‘quv mashg‘uloti rejasi



Yüklə 64,19 Kb.
səhifə1/22
tarix21.12.2022
ölçüsü64,19 Kb.
#121609
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Seminar ishlanmalari OO\'M 2022-2023


1-SEMINAR MASHG’ULOTI
Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarini kuzatish va tahlil qilish
O‘quv mashg‘uloti rejasi:
1. Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslari bo‘yicha seminar mashg‘ulotining maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish.
2. Talabalarni Milliy o’quv dasturi asosida yaratilgan Ona tili va o’qish savodxonligi darslariga qo’yiladigan metodik talablar bilan tanishtirish. kuzatishi va tahlil qilishi.
3. Ona tili va o’qish savodxonligi darslarini kuzatish.
4. Kuzatilgan dars tahlili.
5. Kuzatilgan darslar bo‘yicha tavsiyalar berish.
O‘quv mashg‘ulotning maqsadi
Ona tili o’qitish metodikasi darslarida o’rganilgan va egallangan ilmiy-metodik bilimlarini ta’lim jarayonida kuzatish orqali amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish. Mavzuni o‘quvchilarga tushuntirishda o‘qituvchini kuzatish va o‘quvchilar faolligini o‘rganish
O‘qituvchining vazifasi:

  1. Milliy o’quv dasturi asosida yaratilgan Ona tili va o’qish savodxonligi darslarining taqvim rejasi bilan tanishtirish.

  2. Ona tiliga oid bilimlarni tahlil qilish.

  3. Darslarni kuzatish uchun sharoit yaratish.

  4. Darslarni kuzatish uchun ko‘rsatmalar berish.

Ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishda asosiy e’tibor o‘quvchida tilga doir toʻrt koʻnikma: oʻqib tushunish, tinglab tushunish, nutq soʻzlash va yozish hamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga qaratiladi.1 Ta’lim jarayonida o‘quvchilar voqea-hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez qilishga o‘rgatish orqali ijodiy va tanqidiy tafakkurini, fikrlash doirasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Ona tili va o‘qish savodxonligi fani ushbu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili va o‘qish savodxonligi ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi. Shu bois ham, darsni tashkil qilishda unga integratsion va innovatsion yondashish davr talabi bo‘lib qolmoqda. Zero, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari zamonaviy pedagogik texnologiyaning mazmunini, mohiyatini, ularni darsga qanday tadbiq etish usullarini puxta bilmog‘i darkor.

Yüklə 64,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin