3. D. Quronov “Adabiyotshunoslik nazariyasi asoslari
Reja: 1. Konflikt tushunchasi. 2. Konflikt turlari.
Umumiy malumotlar:
«Konflikt» so`zi lotincha bo`lib, «to`qnashuv» degan ma’noni beradi. Badiiy asarlarda ifodalangan qarama-qarshiliklar va ularning kurashi konflikt deyiladi.
Badiiy konflikt asardagi voqealar rivojiga quvvat berib turuvchi muhim komponent bo`lib, har bir davr, har bir san’at turi va janr imkoniyatiga qarab turli darajada namoyon bo`ladi.
Kofnlikt garmonik holatning buzilishi natijasida paydo bo`ladi va ana shu buzilishni bartaraf etish talab qilinadi. Konflikt hal etilishi natijasida yana avvalgi muvozanatning tiklanishiga yo`l ochiladi yoki taqdirlar bir holatdan ikkinchi holatga o`tadi. Konflikt vositasida siljishlar tug`dirgan inson dramasining ildizlari ochiladi, hayotiy jarayonlar ichiga kirib boriladi.
Jamiyat va inson hayotidagi barcha ziddiyatlar ortida turmushning ijtimoiy muammolari yotadi. Demak, har qanday konflikt u yoki bu darajada ijtimoiy mohiyat kasb etadi. Asar boshida konfliktni yuzaga keltirib chiqargan va namoyish etgan motivning mazmuni voqealar dinamikasida, uning echilishida to`la ayon bo`ladi. Syujet konflikt bilan bog`liq bo`ladi.
Konfliktning mavjudli-gi, uning rivojlanib hal bo`lishi qaxramonlar taqdiri va voqealarga tugallik beradi. Konflikt syujetni xarakatga keltiruvchi vositadir. Yozuvchi oldindan voqealarni belgilab qo`ymay, xarakterlarni ochishi kerak. Xarakterlar syujet davomida o`zgarib boradi. Xarakterlardagi o`zgarishlar syujetga ham ta’sir qiladi. Syujetning faolligi mazmunning to`laroq ochilishiga yordam beradi. Konflikt - personajlar o`rtasidagi to`qnashuvdir.
Xarakterlar qanchalik aniq, yorqin individuallashtirilgan bo`lsa, konflikt shun-chalik shiddatli va keskin bo`ladi. Intriga ham asli konflikt bo`lib, chalkash voqealarga quriladi va asosan komediyada bo`ladi. Bir vaqtlar konfliktsizlik nazariyasi hukm surgan bo`lib, o`sha davrda yaratilgan romanlargina emas, dramalarda ham konflikt yo`qolib ketdi yoki juda kuchsizlandi.
Konfliktsizlik nazariyasining tuga-tilishi adabiyot va san’at taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko`rsatdi. Badiiy konfliktni borliqdagi real konfliktlar bilan tenglashtirib bo`lmaydi. Konfliktni antogonistik va noantogonistik turlarga bo`lib kelinardi.
Biroq bunday qarama-qarshiliklar san’atda o`z ifodasini topsa ham, ular aslida ijtimoiy hayot hodisasi bo`lgan sotsial kategoriyalardir. Barcha janr va davrda yaratilgan asarlar konfliktini bunday turlarga bo`lib tasnif qilib bo`lmaydi. Aslida konflikt estetik kategoriya bo`lib, u badiiy asarlarda hayotdagi qarama-qarshiliklarni ifoda etish vositasidir.
Shu jihatidan konflikt quyidagicha 3 xil bo`ladi: - qarama-qarshi kuchlar yoki tendentsiyalar kurashi tarzidagi konflikt; - qarama-qarshi xarakterlar kurashi tarzidagi konflikt qarama-qarshi tuyg`ular kurashi tarzidagi konflikt yoki kolliziya konflikt; Bularning birinchisi eng qadimgi asarlar uchun xos bo`lib, unga Xomerning «Iliada», Navoiyning «Farhod va Shirin» asarlari misol bo`ladi.
Bunday konflikt hozirgi adabiyotda ham bor. Masalan: Oybek-ning «Qutlug` qon», romanidagi boylar va kambag`allar kurashi tasviri, O.YOqubovning «Ko`hna dunyo» romanidagi Mahmud G`aznaviy boshchiligi-dagi saltanat va ularning muxoliflari - xurufiylar o`rtasidagi kurash tasviri.
Konfliktning ikkinchi turi Shaxsning jamoadan ajrab chiqishi natijasida paydo bo`lgan bo`lib, oldingi adabiyotda uning ayrim un-surlari mavjud edi. Chunki Navoiy asarlarida ham xarakterning o`zi yo`q. A.Qahhorning «Sinchalak» qissasida Saida va Qalandarov, O.YOqu-bovning «Ko`hna dunyo» romanidagi haqiqiy Ibn Sino va soxta Ibn Sino,