Tillar masalasi hayotimizning barcha jabhalarida, jumladan, maktab hayotida dolrzab muammolardan biri, binobarin, milliy masalaning tarkibiy qismi sanaladi. Bu xususda vaqtli matbuot, radio va televideniye orqali turli sohalarning vakillari, pedagoglar va yirik mutaxassis olimlar keng fikr yuritmoqdalar. Ana shu chiqishlar o’qituvchilarni ona tilidan chuqur bilim berishga, yoshlarni shu fannni mehr-muhabbat bilan o’rganishga da’vat etmoqda. Buni maktabimizda tashkil etilgan «yosh tilshunoslar» to’garak faoliyatida yaqqol ko’rish mumkin. To’garakda til muammolariga oid temalar o’rganiladi, vaqti-vaqti bilan kecha va uchrashuvlar o’tkaziladi. «O’z ona tilimizni sevamiz» temasidagi adabiy-badiiy kompozisiya ana shunday yirik tadbirlardan biridir. Quyida shu mavzuga bag’ishlab maktabda o’tkazilgan va mutaxassis o’qituvchi-lar, ota-onalar hamda yoshlarga manzur bo’lgan kechaning ssenariysi hamkasblar e’tiboriga havola etilayotir.
Kecha maktabning katta zalida o’tkaziladi. Sahnada «Biz o’z tilimizni va Vatanimizni sevamiz» shiori yaqqol ko’zga tashlanib turadi.
|
|
Darsliklar, tilga oid adabiyotlar o’quvchilarning namunali daftarlari ko’rgazmasi tashkil etiladi. Oq kartonga yirik qilib yozilgan arab garfikasi (1000-1929 yillar), lotin grafikasi (1929-1940), rus grafikasi (1940 yildan hozirgacha) asosdagi o’zbek alfaviti, to’garakning «Tilga e’tibor – elga e’tibor» gazetasining maxsus soni devorga osiladi.
Adabiy kompozisiya quyidagi she’r bilan boshlanadi.
Boshlovchi:
Tunov kuni barcha darslar
Majlis qilib qolishdi.
Bu yig’inda barcha do’stlar
Galma-gal so’z olishdi.
Shunda dedi ona tili:
So’z bering bizga qani
O’z tilini bilmay turib,
Bilish qiyin boshqani.
Birinchidan savod kerak
O’rganishga har fanni.
Fikrlari ravon oqar
Tilni yaxshi bilganni.
«Notiq»
Taqdir shul:
Bu jahoni iroda,
Tillar yo’qolur butkul,
Bir til qolur dunyoda
|