2. Inflyasiyaga qarshi kurash va pulning barqarorligini ta’minlash yo‘llari. “Inflyasiya” tushunchasining mazmuni.
Jahonning iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarida inflyasiyaga qarshi kurash olib borishda juda katta nazariy va amaliy tajriba to‘plangan. Inflyasiyani butunlay yo‘qotish imkoniyati yo‘q. CHunki uni yuzaga chiqishiga sabab bo‘lgan omillarni (ichki va tashqi, pullik va pulsiz) to‘liq yo‘qotish mumkin emas. SHuning uchun hozirgi davrda eng asosiy maqsad inflyasiyaning butunlay yo‘qotish emas, balki uni boshqaruvchan qilish va uning salbiy iqtisodiy - ijtimoiy oqibatlarini zaiflashtirish hisoblanadi.
Dunyoning turli mamlakatlarida xukumat tomonidan mavjud iqtisodiy- ijtimoiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda inflyasiyaga qarshi turli antiinflyasion siyosatni ishlab chiqaradilar va uni amalga oshiradilar. Davlat tomonidan antiinflyasion siyosatni olib borishda turli chora-tadbirlar hisoblangan byudjet, ijtimoiy, soliq, baho, kredit-moliya, sanoat-investitsiya, tashqi iqtisodiy va emissiyani amalga oshiradilar.
Byudjet siyosati - bu davlatning asosiy iqtisodiy siyosati hisoblanadi va uning asosiy maqsadi mamlakatning aniq belgilangan muddat mobaynida ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari belgilanadi va amalga oshiriladi. Byudjet siyosati yordamida soliqlar va yig‘imlar assoida yig‘ilgan davlat moliya resurslarini umummilliy vazifalarini bajarish uchun qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. Byudjet siyosatining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib ijtimoiy siyosat hisoblanadi. CHunki mamlakatdagi ijtimoiy tadbirlarni moliyalashtirish asosan davlat byudjeti tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq siyosati - bu davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vazifalarini bajarishi uchun zarur moliya mablag‘larini yig‘ish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va mamlakat aholisidan soliqlar, to‘lovlar xamda majburiy ajratmalarni belgilash, ularni undirish yuzasidan qonun asosida belgilangan tizimdir.
Baho siyosati - bu mahsulotlar, xizmatlar va to‘lovga qobiliyatli talab o‘rtasidagi mutanosiblikga erishish hamda uni tartibga solib turish bilan bog‘liq siyosatdir.
Kredit-moliya siyosati - bu Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish stavkasi, majburiy zahiralar me’yori va ochiq bozordagi operatsiyalar orqali mamlakat bank-kredit tizimini boshqarish hamda tartibga solib turishdan iborat.
Sanoat-investitsiya siyosati - bu yalpi ichki mahsulotning o‘sishini ta’minlovchi mamlakat sanoat-texnologik qudratini rivojlantirishga qaratilgan siyosatdan iborat.
Tashqi iqtisodiy faoliyat siyosati - bu davlat tomonidan xorijiy mamlakatlar bo‘lib tashqi iqtisodiy faoliyatni boj-tarif dastaklari yordamida tartibga solib turishdan iboratdir.
Emissiya siyosati - bu Markaziy bank tomonidan milliy iqtisodiyotning holatiga asosan muomalaga qog‘oz pul chiqarish, ularning aylanishini tartibga solish va muomaladagi ortiqcha pullarni aylanmadan chiqarib turishdan iborat siyosatdir.
Dunyoning har bir mamlakatidan xukumat tomonidan antiinflyasion siyosati mavjud inflyasiyani tartibga solishga hamda uni o‘sish sur’atlarini pasaytirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bunday siyosatni olib borishda asosan ikki shakllardan foydalaniladi:
Pul islohotlarini amalga oshirish;
Inflyasion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish;
Pul islohotlari - bu mamlakatdagi pul muomalasini tartibga solish va kuchaytirish maqsadida davlat tomonidan mavjud pul tizimini to‘liq yoki qisman o‘zgartirishlarini amalga oshirishdir. Mamlakatning iqtisodiy rivojlangan holati, pullarning ta’minlanganligi darajasiga asosan pul islohotlarining revalvatsiya, devalvatsiya va denominatsiya usullaridan foydalaniladi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan Germaniya Federativ Respublikasi, Isroil va boshqalarda revalvatsiya usulidan foydalanildi. Revalvatsiya o‘z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan kursini ko‘tarib qo‘yishdan iborat. Pul islohotining ikkinchi usuli bo‘lib devalvatsiya hisoblanadi. Devalvatsiya o‘z mohiyatiga asosan milliy pul birligini xorijiy valyutaga nisbatan tushirib qo‘yishdan iborat. Devalvatsiya usulidan asosan iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlarda keng foydalaniladi. Pul islohotining uchinchi usuli bo‘lib denominatsiya hisoblanadi. Denominatsiya o‘z mohiyatiga asosan milliy pul birligidagi ortiqcha nollarni olib tashlab muomalaga yangi pullarni chiqarishdan iborat. Denominatsiya usulida Rossiya (3 dona nolni olib tashladi) va Tursiya (liradan 6 dona nolni olib tashladi) xukumatlari foydalanishdi.
Inflyasion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish o‘z mohiyatiga asosan mamlakatda mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan narx-navolarni o‘sib borishini cheklash va pul tizimini barqarorlashtirish masadida davlat tomonidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ushbu chora-tadbirlar ikki yo‘nalishda olib boriladi:
1) Deinflyasion siyosat. Ushbu siyosat mamlakatda pulga bo‘lgan talabni pul- kredit va moliya mexanizmlari yordamida tartibga solib turiladi. Deinflyasion siyosat davlat xarajatlarini qisqartrish, kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko‘tarish) va pul massasini cheklashni o‘z ichiga oladi. SHuni ta’kidlash lozimki, deinflyasion siyosat mamlakatdagi iqtisodiy o‘sishni sekinlashuviga sabab bo‘ladi;
Daromadlar siyosati. Ushbu siyosat olib borishda davlat tomonidan mahsulotlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bo‘lgan narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat etiladi hamda ularni o‘sishini ma’lum chegarasi o‘rnatiladi yoki butunlay «muzlatib» qo‘yiladi. Daromadlar siyosati o‘z mohmiyatiga ko‘ra qat’iy siyosat hisoblanadi va u aholi o‘rtasida norozilikni kelib chiqarishi mumkin. Lekin inflyasiya bilan kurashishda ayrim mamlakatlarda daromadlar siyosatidan foydalaniladi.
Xulosa kilib aytganda, ijtimoiy ishlab chikarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproporsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar baxosining umumiy yoki tuxtovsiz usishi va natijada pul muomalasi konuniking buzilishi okibatda pul biriligining kddrsizlanishiga inflyasiya deb aytiladi.
3. Inflyasiyani yuzaga keltiruvchi sabablar.
Hozirgi zamon inflyasiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan baholarni muntazam o‘sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya hamda kredit sohasidagi salbiy omillar Bilan tasniflanadi. Inflyasiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo‘lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg‘arma va iste’mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo‘jaliklarning pul massasi va unga bo‘lgan talabi o‘rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta’kidlab o‘tgan omillar o‘z mohiyatiga asosan inflyasiyaga, uning darajasiga turlicha ta’sir etishi mumkin.
Xalqaro amaliyotda iqtisodchi olimlar inflyasiyaning yuzaga chiqadigan omillar asosan ikki guruhga: ichki va tashqi omillarga ajratadilar. Biz ushbu omillarning mohiyatini yoritishga xarakat qilamiz.
Ichki omillarni mohiyatiga asosan pullik (monetar) va pulsiz omillarga ajratish mumkin. Pullik omillarga davlat moliyasining inqirozi, byudjetning taqchilligini mavjudligi, davlat qarzdorligini ortishi, pul emissiyasi, krdit dastaklarining aylanishini ko‘payishi, pul aylanmasining tezligi va boshqalar kiradi. Pulsiz omillarga milliy iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasidagi nomutanosiblik, tarmoqlar iqtisodiy rivojlanishdagi bir maromsiz daraja, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida monopoliyaning (oligopoliya) mavjudligi, narx shakllntirishdagi davlat monopoliyasi, markaziy bankning kredit ekspansiya va boshqa omillarni kiritish mumkin;
Tashqi omillar o‘z mohiyatiga asosan biron aniq davlat rivojlanishiga ta’sir etadigan dunyoda amalga oshayotgan jarayonlarni aks etadi. Ushbu omillarga dune mamlakatlarda yuzaga chiqadigan soha inqirozlari hisoblanadigan xom-ashyo, energetika, neft, valyuta inqirozlarni kiritish mumkin. Ushbu omillardan tashqarii biron-bir davlatning boshqa davlatlarga nisbatan olib boradigan davlat miqiyosidagi valyuta siyosatini, yashirin holatda valyuta, oltinni eksportini amalga oshirilishini ham kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |