11-mavzu: Tasviriy san'at fanlarini o'qitishda ilg'or pedagogik metodlar


Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim texnologiyasi



Yüklə 194,6 Kb.
səhifə8/22
tarix19.04.2022
ölçüsü194,6 Kb.
#115381
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
11-MA'RUZA (2)

Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim texnologiyasi - talabalar qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olgan holda ta’limning mo‘taxassis tayyorlash mazmuni va maqsadlariga mos bo‘lgan metod, usul, shakl va ta’lim vositalarini loyihalash, amalga oshirishga qaratilgan pedagog va talabalarning psixologik, umumpedagogik, didaktik, xususiy metodlar tadbirlarining o‘zaro bog‘liklik tizimini ifodalaydi.

Yangi pedagogik texnologiyaning asosiy prinsiplari.

Yangilanayotgan ta’lim tizimida yakuniy natija, xoxlaymizmi, xoxlamaymizmi, bevosita ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshiradigan o‘qituvchi mehnatining qanday tashkil etilishiga borib taqalaveradi. Ta’lim zimmasiga qo‘yilayotgan ulkan vazifalar esa ta’lim berishga munosabatni, yondoshuvni o‘zgartirishni taqozo etmokda. Biroq hozirdagi islohotlar jadalligi mavjud nazariyani tezroq amaliyotga tadbiq etishni talab etadi.

Yangi texnologiyalarni loyihalash va ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish ma’lum qonuniyatlarga asoslanadi. Bu asoslar pedagogik texnologiya (PT) ning o‘ziga xos jihatlarini ifoda etadi va metodikadan farqli tomonlarini ko‘rsatib beradi. Boshqacha aytganda, ularni PT prinsiplari, deb atash mumkin.

Prinsip – yunoncha – «princip» so‘zidan olingan bo‘lib, asos, dastlabki holat, boshqaruvchi g‘oya, umumlashgan talab kabi ma’nolarni anglatadi.

Biz pedagogik texnologiya prinsiplari deganda loyihalangan o‘quv - tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishga yuqori natijalarga erishish uchun rioya qilinadigan umumiy me’yorlar, qoidalar va talablarni tushunamiz. Demak, u yoki bu pedagogik hodisa prinsip bo‘lishi mumkin, qachonki uni o‘quv jarayonida hisobga olish (rioya qilish) zarur bo‘lsa, ya’ni unga tayanilsa.

Olib borilgan tahliliy - sintetik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, PT prinsiplari didaktik prinsiplardan tubdan farq qiladi va o‘zida muhim sifat ko‘rsatkichlarini mujassamlashtiradi.

“Aslida ham maktab (litsey, kollej, gimnaziya, oliy o‘quv yurti) amaliyoti PTning moddiy vositalari kitoblardan, texnik jihozlardan va o‘qitish metodikalaridan ko‘pdan buyon foydalanib kelinadi yoki oldindan rejalashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayoni o‘qituvchi faoliyati orqali amaliyotga joriy etilyapti. Shu bilan birgalikda PT - bu qotib qolgan, siquvga olingan loyiha emas, balki ta’lim va tarbiya samaradorligini belgilovchi qator omillarni baholash imkonini bera oladigan ijodkorlik, yaratuvchilik, fidoyilik faoliyati natijasidir.”1




Yüklə 194,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin