18-mavzu: Axloqiy tarbiya uni shakllantirish shakl va metodlari
1.1. Axloqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari
Axloqiy tarbiya mohiyati, asosiy tushunchalari. Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo’lgan ma’naviyatga bog’liq. SHu bois mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat rivojlanishining Axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi. Bular:
Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
Vatanparvarlik.
Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotinigina emas, balki ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi.
Har qanday mafkura kabi O’zbekiston Respublikasi milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri ham jamiyatda Axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi.
Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi Axloqiy tarbiya asosini ham ilg’or milliy, Axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g’oyalari tashkil etadi. Barkamol inson tarbiyasi avlod-ajdodlarimizning azaliy orzusi bo’lib, bola olamga kelishidanoq unga odob-axloq, jismoniy va ma'naviy rivojlanish qonun- qoidalarini mutassil o’rgatganlar. Pedagogika fani tarkibida maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasi muammolari bilan shug’ulianuvchi Maktabgacha pedagogika feni yaratilgan.
Maktabgacha yoshdagi boialarni ta'lim-tarbiyasidagi sifat o’zgarishlar va samaradorlik ko’proq milliy pedagogika tariximizning ildizlari va zamonaviy ta'iim- tarbiya sohasidagi yutuqlari bilan uyg’unlashtirish bilan yuksakdir.
Maktabgacha pedagogika fanining rivojida Respublikamizda olib borilgan bir qator islohotlar, talablar, «Ta'lim to'g’risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», shuningdek, «0'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim to’g’risida Nizom»,((Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim tarbiyasiga qo’yiladigan davlat talablari», O’zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta'lim Kontseptsiyasi» kabi davlat hujjatlari qabul qilindi.
Maktabgacha pedagogikaning nazariy asoslari insonning aqliy kamolotini yuksaltirishga qaratilgan. Maktabgacha pedagogikaning milliy asoslari xalq merosi va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi.
«Maktabgacha pedagogika» fanining o’rganish orqali talabalar tug’ilgandan etti yoshggacha bo’lgan boialarni oilada va MTMda ta'lim-tarbiya ishlari mazmuni va metodlarini, uni tashkil etish shakllarini, boialarni maktabga tayyorlashning samarali metodlarini bilib oladilar.
Bugungi kunda yangi ta'lim tizimi faoliyatini takomillashtirish va barqarorlashatirish hamda fuqarolarning bilim olish huquqlarini ta'minlashda rivojlangan xorij davlatlarining tajribasi bilan bir vaqtda SHarqdagi mutafakkir ajdodlarimizning bebaho meroslaridan ham foydalanish taqozo etiladi. Yurtboshimiz o’zlarining "Yuksak ma'naviyat - engilmas kuch" asarlarida haqli ravishda ta'kidlaganlaridek ’’Agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug'i maktab bo'isa, kasblarning ichida eng sharatlisi o’qituvchilik va murabbiylikdir, desak o’ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz”1.
Chindanda o’z ertangi kelajagiga betarq bo’lmagan millat, yorug’ va farovon kunlarini uning egalari bo’lmish yosh avlod istiqbolida ko’rgan millat ta'lim- tarbiyaga alohida e'tibor qaratadi.
Istiqlol yillarida Prezidentimiz tashabbusi bilan avvalo ertangi kun egalari bo’lgan yosh avlod istiqboli, ta'lim-tarbiyasiga mas'ul bo’lgan ustoz va murabbiylar kasbiga bo’lgan munosabat o’zgardi. Jamiyatda bu sharafli va o’z navbatida o’ta mas'uliyatli kasb egalariga nisbatan yuksak hurmat va e'tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan.
Mamlakatimiz ta'lim tizimida uzoqni ko’zlab olib borilayotgan islohotlar bugun nafaqat jamoatchiligimiz, balki butun jahonda ham katta e'tibor bilan e'tirof etilmoqda.
Inson ma’naviyati jamiyat, davlat va millat ma’naviyati bilan uzviy aloqadordir. Inson va jamiyat ma’naviyati mohiyat jihatidan yaqin bo’lib, bir-birini o’zaro boyitsa va to’ldirsa-da, lekin ular aynan teng emas. Inson ma’naviyati millat, davlat va jamiyat ma’naviyatining tarkibiy qismidir.
Axloq- kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turishi, xatti-harakati, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o’zaro munosabati, shuningdek, jamiyatga bo’ladigan munosabatlarini tartibga solib turadigan barqaror, muayyan me’yor va qoidalar yig’indisi.
Dostları ilə paylaş: |