18-mavzu: Axloqiy tarbiya uni shakllantirish shakl va metodlari



Yüklə 409,54 Kb.
səhifə2/7
tarix15.10.2023
ölçüsü409,54 Kb.
#130326
1   2   3   4   5   6   7
18-seminar Axloqiy tarbiya uni shakllantirish shakl va metodlari

Tarbiya-o’qituvchi va ta’lim oluvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida ta’lim oluvchilarning ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladigan va rivojlanadigan uzluksiz jarayon.
Bugangi kunda ham ta’lim-tarbiya sifatini takomillashtirish, har tomonlama Axloqiy jihatdan tarbiyalangan barkamol shaxslarni voyaga yetkazishda davlatimiz rahbariyati tomonidan ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan:
2012 yil 10 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning “CHet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida mamlakatda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o’qitishning kompleks tizimi, ya’ni o’qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo’naltirilgan tizim yaratilishi, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or uslublarini joriy etish yo’li bilan, o’sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o’qitish, shu tillarda erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon tsivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko’lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadini o’z ichiga oladi.
2015 yil 12 iyunda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PF-4732 sonli farmonining maqsadi oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirishdan iborat. Ta’lim berayotgan mutaxassislarning o’zlarida Axloqiy sifatlar tarkib topgan, yuqori samarali zamonaviy ta’lim va pedagogik texnologiyalar, ilg’or xorijiy tajribalardan keng foydalana oladigan, global Internet tarmog’i, mulьtimedia tizimlari va masofadan o’qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallashi va ularni o’quv jarayoniga faol tatbiq etishi o’z kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil oshirib borishlari uchun yo’naltirilgan bo’lishi g’oyasi ilgari surilgan.
2017 yil 13 yanvar kuniO’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil etilganining 25-yilligi munosabati bilan vatan himoyachilariga bayram tabrigida ham Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo’yicha uzluksiz olib boriladigan ishlar biz uchun dolzarb ahamiyatga egaligi, vatanparvarlik har bir davlat hayotining ma’naviy asosi hisoblanaishi va jamiyatni har tomonlama rivojlantirish borasida eng muhim safarbar etuvchi kuch sifatida namoyon bo’layotganligi, fuqarolarimizda bizga mutlaqo yot bo’lgan zararli ta’sirlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish va Vatanimiz taqdiri uchun mas’uliyat tuyg’usini mustahkamlash bo’yicha aniq chora-tadbirlarni ko’rishimiz zarurligini ta’kidlangan.
2017 yil 15 yanvar kuni “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
SH.M. Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi ham yoshlarni har tamonlama rivojlanishi masalalarini qabrab olgan.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoev tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini ishlab chikilganligi va uning 4 yo’nalishi ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustivor yo’nalishi moxiyati. Bizga ma’lumki, O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng ta’lim-tarbiya mazmuni va mohiyatida, usullari va shakllarida jiddiy o’zgarishlar ro’y berdi. Ta’lim-tarbiyada milliy qadriyatlarni shakllantirish va rivojlantirish asosiy o’rinni egalladi. Tariximiz, madaniyatimiz, milliy urf-odatlargp e’tibor kuchaydi. Bugungi kunda O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash va kelajakda istiqlol isiqbolini rivojlantirish avvalo komil insonlarga bog’liq.
Komil insonni shakllantirishda maktabda, oilada, sog’lom ma’naviy muhit barqaror bo’lishiga erishish muhim ahamiyatga ega. Chunki sog’lom muhit natijasidagina axloqiy fazilatlar tarkib topadi.
Shaxs ma’naviyatini rivojlantirishda, komil insonni voyaga yetkazishda axloqiy jihatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, axloqiy yetuklik shaxsdagi bunyodkorlik g’oyalarini yuqori darajada bo’lishini ta’minlaydigan va komillikka yetaklaydigan, aniq maqsaddir.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, yosh avlodni axloqiy ruhda tarbiyalash har bir davrda jamiyatning asosiy vazifasi bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Chunki, axloqiy pok, shaxsi go’zal bo’lgan insonning ma’naviyati ham yuksak bo’ladi.
Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy kabi ulug’ allomalarimiz yaratgan bebaho asarlar ma’naviyatimizning asosi va Kollej o’quvchilarini miliy-axloqiy tarbiyalashning negizi hisoblanadi. Ularning fikricha, inson quyidagi fazilatlarga ega bo’lsagina fozillik, komillik pog’onasiga qadam qo’yadi: birinchidan, ishidan orttirilgan hislat; ikkinchidan, ichki va tashqi ko’rinishidan topilgan haqiqat; uchinchidan, aql tufayli hosil qilingan xulq-atvor; to’rtinchidan, molu mulkdan ziyod bo’lgan salomatlik. Bunday fazilatlar faqatgina axloqiy tarbiya zamirida aql-farosat, ilmu odob, xushfe’llik, poklik, halollik, vijdonlilik, mehnatga muhabbat, Vatanga sadoqat kabi insoniy fazilatlar yotadi. Biz pedagoglarning vazifamiz esa kollej o’quvchilarini axloqiy tarbiyalashda manna shu xislatarni va fazilatlarni shakllantirishimiz darkor.
Barkamol shaxsni tarbiyalash modelini Prezidentimiz Islom Karimov ta’riflari, Sharq mutafakkirlarining ilmiy-nazariy qarashlariga asoslanib, quyidagicha belgilashga harakat qilingan. Bu ta’lim-tarbiya tizimida bir butun texnologiyani tashkil etadi:
1. Shaxs – tarbiya.
2. Tarbiyaning tarkibiy qismlari – aqliy tarbiya, ijtimoiy-siyosiy tarbiya, axloqiy tarbiya, sog’lom avlod tarbiyasi, estetik tarbiya, ijodkorlik tarbiyasi, mehnat tarbiyasi va kasbga yo’llash, huquqiy tarbiya, ekologik tarbiya, iqtisodiy tarbiya.
3. Tarbiya mazmuni – barkamol shaxs egallashi zarur bo’lgan asosiy xislatlar, fazilatlar.
4. Tarbiya metodlari – muammolarini hal etish, rag’batlantirish, ishontirish, suhbat-munozara, namuna, ma’ruza, tajriba-kuzatish, tushuntirish, o’git-nasihat, majbu qilish, jazolash va boshqalar.
5. Tarbiya vositalari – milliy va umuminsoniy qadriyatlar, o’quv-tarbiya jarayoni, oila, mahalla, an’anaviy udumlar, to’y, a’za, ma’rakalar, ommaviy axborot vositalari, san’at asarlari, badiiy adabiyot va boshqalar.
Buni endi axloqiy madaniyatni shakllantirish misolida ko’rib o’taylik: Haqiqiy bilim – ma’rifatga ega insonlargina ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk bo’ladi oladi.
Axloqiy madaniyatni shakallantirihning mazmuni – insonparvarlik, vatanparvarlik, adolat, iymon-e’tiqod, qanoat, donolik, mehr-oqibat, yaxshilik, nafs me’riy, do’stlik, vijdonlilik, milliy g’urur va iftixor tuyg’usi, iltifotlilik, xushmuomalalik, hayo va iffatni saqlash, boshqa ezgu niyatlarni tarkib toptirishdan ibratdir. Demak, axloqiy tarbiyalash uchun yoshlarimizning ongida ushbu xislatlarni tarkib toptirish lozim. Mana shu xislatlar axloqiy tarbiyaning mazmunini tashkil qilar ekan o’qituvchining o’zi avvalo ularning mohiyatini anglashi va yoshlarga mana shu bilimlarni berishdir.
Demak, barkamol inson deganda o’zida axloqiy xislatlar majmuini mujassamlantirgan, jamiyatda o’zligni va o’z qobiliyatini har tomonlama namoyon eta oladigan, ma’rifatli, dunyoviy va uxroviy bilimlarni mukammal egallagan, aqlan yetuk, yuksak iste’dod va salohiyatga ega bo’lgan ma’naviy jihatdan yuksak, axloqan pok, jismonan sog’lom, hayo go’zalliklarini his eta oladigan, erkin, ijodkor shaxs tushuniladi.
Axloqiy bakamollik jamiyatda adolatning barqaror bo’lishiga yordam beradi. Ma’nan boy, axloqan pok, dunyoqarashi keng bo’lgan kishilar adolat tarozusi bilan ish ko’radilar. Shunday ekan, bo’lajak o’qituvchilarda axloqiy madaniyat tushunchalarni shakllantirish, ayniqsa, ularni adolatparvarlik ruhida tarbiyalash lozim.
Yuqorida aytib o’tilganidek, bizning buyuk allomalarimiz va ularning yaratgan bebaho asarlari kollej o’quvchilarida axloqiy madaniyatning asosi va negizi hisoblanadi. Bu allomalarimizning har bir asarlari, ta’lim-tarbiya haqidagi nazariyalari nihoyatda qimmatlidir. Masalan, Abu Nasr Forobiy pedagogik ta’limotida fozillik nazariy-amaliy jihatdan o’zining to’la ifodasini topa olgan. Abu Nasr Forobiy o’zining fozil inson to’g’risidagi orzu idealari, qarashlari, g’oyalarini «Fozil odamlar shahri» nomli asarida kengroq va chuqurroq bayon qiladi. Alloma bu asarda o’zi tasavvur qilgan fozillik g’oyasini har bir insonda shakllantirishni istaydi va bu fikrlarini fozillar shahrining hokimi obrazi orqali ko’rsatadi.
Abu Nasr Forobiyning fikricha, fozillar shahrining hokimi axloqiy jihatdan yuksak bo’lib, u o’n ikkita fazilatga ega bo’lsagina, fuqarolar ham bunday fazilatlarga ega bo’ladilar.
Ma’lumki, axloqiy tarbiyaning muhim xususiyatlaridan biri kasb-hunarga o’rgatishdir. Shunga asosan Forobiy «Fozil odamlar shahri» asarida kasb-hunar egallash to’g’risida ham fikr yuritib, hunar insonni baxtga erishtiruvchi, fozillikka yetaklovchi muhim omil, deb biladi. Allomaning fikricha, insondagi go’zal fazilatlar, xususiyatlar, axloq-odob, kasb-hunar, odat, iroda ikki yo’l bilan, ya’ni, ta’lim va tarbiya yo’li bilan hosil qilinadi.
Insonlarni axloqiy tarbiyalashda Qur’oni Karimning va unda belgilab berilgan axloqiy-ma’naviy mezonlarning ham roli kattadir.
Qur’oni Karimda nufuzli kishi odobini tarbiyalashga alohida e’tibor berilgan. U «albatta muslim va muslimalar, mo’min va mo’minalar, itoatgo’y erkaklar va itoatgo’y ayollar, rostgo’y erkaklar va rostgo’y ayollar, sabr qanoat qiluvchi erkaklar va ayollar, xayr-sadaqa qilguvchi erkaklar va ayollar, Ollohni ko’p zikr qilguvchi erkaklar va ayollar ular uchun Olloh mag’firat va ulug’ munofat (ya’ni jannat) tayyorlab qo’ygandir»[36].
Sharqona axloq-odob doirasida imon eng muhim ma’naviy qadriyat hisoblanadi. Insonparvarlik negizida ilm-ma’rifat egasi bo’lish, ahdga vafo, halollik, pokizalik kabi yuksak ma’naviy fazilatlar yotadi. Bu fazilatlar ma’naviy qadriyat sifatida ilm-ma’rifatni o’rganiщ va hayotda unga amal qilish, namunali axloq-odob qoidalarini hayot tajribalarida keng qo’llash va mazmunan boyitib, mustahkamlab borish, turmush tajribalari, avlodlar an’analarini mukammal o’rganish kabi faoliyat turlari bilan mustahkamlanib boradi.
Imon talablari axloqiy qoidalar chunonchi, ota-onaga hurmat, mehr-oqibat insoniylikning muhim mezonlaridan biri bo’lib, ijtimoiy xarakterga ega. U diniy nuqtai nazardan ham farzandning ota-ona oldidagi asosiy farzi hisoblanadi.
Shuni aytish lozimki, Qur’oni Karimdagi, hadis shariflardagi, buyuk allomalarimiz: Ibn Sino, Beruniy, Forobiy, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Navoiy, Bobur singarilarning axloqiy qarashlari ularning asarlaridagi axloqiy qoida va mezonlar bugungi kungacha o’z ahamiyatini yo’qotmay, bugungi kun ta’limi uchun dasturulamal bo’lib kelmoqda. Zero, har bir dars ta’lim bilan bir qatorda tarbiya jarayonini ham o’z ichiga oladi. Biz ta’lim-tarbiya jarayonida shuni unutmasligimiz, yoshlarimizni axloqiy tarbiyalashga katta e’tibor qaratishimiz lozim.
O’zbek axloqiy tarbiyasi mohiyati haqida gapirar ekanmiz, uning asosiy yo’nalishlaridan biri – insonga izzat-hurmat, bag’rikenglik, g’amxo’rlik, mehr-muhabbat, hamdardlik, xayrixohlik, bolajonlik, mehmondo’stlik, do’stlik, birodarlik, mehnatsevarlik, olijanoblik, yaxshilik qilish, ya’ni insonparvarlik deb aytish mumkin.
Insonparvarlik axloqiy tarbiyaning tayanch negizi sifatida o’zbekning millatdoshiga, shu bilan birgalikda, boshqa millat vakillariga ham bo’lgan munosabatlarida namoyon bo’ladi.
Islom Abdug’aniyevich Karimov o’zining «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» nomli asarida kichik yoshdagi bolalar tarbiyasi muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi: «Ko’p yillik ilmiy kuzatishlar va tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, inson o’z umri davomida oladigan barcha informasiyalarning 70 foizini 5 yoshgacha bo’lgan davrda olar ekan... Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo’lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo’la boshlaydi» [1].
Tabiatan o’zbekning axloqiy xususiyatlaridan biri bag’rikenglik. Bu bag’rikenglik totalitar sho’ro tuzumi davrida zo’ravonlik bilan ko’chirib kelingan mesxeti turklari, qrim tatarlari, koreyslarga; ikkinchi jahon urushi paytida ko’chirib olib kelingan ruslar, ukrainlarga nisbatan olijanob munosabatlarida, ota-onasiz qolgan yetimlarni o’z bolasidek yedirib, kiydirib, katta qilganliklarida; 20-30-yillarda Rossiyada ocharchilik hukm surgan paytda Toshkentning «non shahri» nomini olishida o’z ifodasini topgan.
O’z nasibasini muhtojlikdagi kishilar bilan baham ko’rish hamyurtlarimizning qon-qoniga singib ketgan olijanob xususiyatlaridan biridir.



Yüklə 409,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin