Kimyoviy toza moddalarni puxta analiz qildi va toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo’lishini o’zining juda ko’p analizlari bilan isbotladi. 1809 yilda kimyoning asosiy qonunlaridan biri tarkibning doimiylik qonuni quyidagicha ta’riflandi:
Kimyoviy toza moddalarni puxta analiz qildi va toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil bo’lishini o’zining juda ko’p analizlari bilan isbotladi. 1809 yilda kimyoning asosiy qonunlaridan biri tarkibning doimiylik qonuni quyidagicha ta’riflandi:
Har qanday kimyoviy toza birikma olinish usulidan qat’iy nazar, o’zgarmas miqdoriy tarkibga ega.
Toza suv tarkibida 11,11% vodorod va 88,89% kislorod bo’lib, suv o°c da muzlaydi, 100°c da qaynaydi. uning 4°c dagi zichligi 1000 kg/m3 yoki 1 g/sm3 ga teng.
Bertolening o’zgaruvchan tarkibli birikmalar mavjudligi haqidagi ta’limotini XX asrning boshlarida akademik N.S.Kurnakov rivojlantirdi. u qotishmalar va eritmalarda haqiqatan ham o’zgaruvchan tarkibli birikmalar bo’lishini isbot qildi va ularni bertolidlardeb atadi, o’zgarmas tarkibli birikmalarni esa daltonidlar deb atadi. Tarkibning doimiylik qonuniga faqat molekula holidagi gaz, suyuqlik va oson suyuqlanadigan qattiq moddalar bo’ysunadi.
Tarkibning doimiylik qonunini quyidagicha ta’riflash mumkin:
Tarkibning doimiylik qonunini quyidagicha ta’riflash mumkin:
Har qanday quyi molekulyar birikma, o’zining olinish usuli va sharoitidan qat’iy nazar o’zgarmas tarkib bilan ifodalanadi.
Karrali nisbatlar qonuni. karrali nisbatlar qonuni 1808 yilda dalton tomonidan yaratilgan.
Agar ikki element o’zaro ta’sirlashib bir necha birikmalar hosil qilsa, elementlardan birining shu birikmalardagi ikkinchi elementning bir xil massa miqdoriga to’g’ri keladigan massa miqdorlari o’zaro kichik butun sonlar nisbati kabi nisbatda bo’ladi.
Karrali nisbatlar qonunidan ikkita muhim xulosa kelib chiqadi:
1.Bir xil elementlardan hosil bo’lgan birikmalar o’z og’irlik tarkiblari jihatidan odatda, bir-biridan katta farq qiladi. masalan, azot oksidlarida bir og’irlik qism azotga 0,57 og’irlik qism kislorod, yoki bundan 2-5 barobar ortiq kislorod to’g’ri keladi. demak, ma’lum elementlardan hosil bo’lgan birikma xuddu shu elementlardan tuzilgan boshqa birikmaga aylantirilganda, tarkib to’satdan (sakrash bilan) o’zgaradi.
2.Birikadigan elementlar orasidagi miqdoriy nisbatlarning o’zgarishi hamma vaqt yangi sifat paydo bo’lishiga olib boradi. masalan, azot oksidlari (N2O, NO2, N2O5 va b.) garchi bir xil elementlardan tuzilgan bo’lsa ham sifat jihatdan bir-biridan farq qiladi. bunday farq tabiatning umumiy qonuniga -miqdorning sifatga o’tish qonuniga yaqqol misoldir.