2-ma’ruza. Transformatorlarning tuzilishi. Magnit õzaklari va chulğamlarining tuzilishi


Transformator chulğamlari va ularning tuzilishi



Yüklə 464,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix03.02.2023
ölçüsü464,44 Kb.
#122953
1   2   3
2-ma’ruza. Transformatorlarning tuzilishi. Magnit zaklari va ch

Transformator chulğamlari va ularning tuzilishi
 
Chulğamlar transformatorning muhim tarkibiy qismi bõlib, ular elektr energiyani 
õzgartirish uchun zarur bõlgan magnit maydonni vujudga keltirishni hamda transformatorni 
amalda ishlatish uchun muhim bõlgan EYK lar hosil qilishni ta’minlaydi.
Chulğamlarni tayyorlashdagi sarflanadigan materiallar narxi va ularni õrash uchun 
tõlanadigan ish haqi transformator narxining taxminan 50 foizini tashkil etadi.
Transformatorning xizmat muddati uning oğir sharoitlarda ishlaydigan 
chulğamlarining xizmat muddati bilan aniqlanadi.
Õzakda joylashishiga kõra chulğamlar kontsentrik va almashinuvchi turlarga 
bõlinadi. Almashinuvchi chulğamlarda yuqori kuchlanish (YK) va past kuchlanish (PK) ğaltaklar 
õzak balandligi bõyicha navbatma-navbat õzaro almashingan bõladi. Almashinuvchi
chulğamlar asosan maxsus transformatorlar uchun qõllaniladi.
Umumiy maqsadli kuch transformatorlarida va maxsus transformatorlarning
ayrimlarida, odatda, kontsentrik chulğamlar qõllaniladi. Bunda õzak yaqiniga PK chulğam,
uning tashqarisiga esa YK chulğam joylashtiriladi. Konstruktsiyasi va õrash usuliga kõra
kontsentrik chulğamlar silindrik, ğaltakli va vintsimon turlarga bõlinadi.


2.5-rasm. Transformator chulğamlari 
Chulğamlar loyihalashtirilayotgan transformatorning elektromagnit va issiqlik 
xarakteristikalariga boğliq. Chulğamning asosiy elementi uning õramlari hisoblanadi. Ularning 
kesimi transformator nominal tokiga boğliq. Nisbatan kichik toklarda doira kõrinishidagi, katta 
toklarda esa tõrtburchak shakldagi kesimga ega simlar qõllaniladi. Chulğam õramlarini bitta 
ğaltakka birlashtiriladi (guruh). Chulğamni õrash usuliga qarab ğaltaklar silindrik va disk 
shaklida bõlishi mumkin. silindrik shaklda har bir õram yonma-yon joylashadi (õzak bõylab), 
disk shaklida esa har bir õram oldingisi ustiga (tashqari tarafda) õraladi. 
Chulğamlarni õrashning ikki xil usuli mavjud – õng va chap (tok yõnalishi bõyicha). Bir 
qatlamdan iborat chulğamlarda õramlar yõnalishi vintning õng yõnalishiga mos kelsa õng 
yõnalishli õram deyiladi va aksincha bõlsa chap yõnalishli õram deyiladi. Kõp qatlamli 
chulğamlarning tashqi qatlami bõyicha xulosa qilinadi. Chulğamlar õralishiga alohida talablar 
qõyilmagan bõlsa ular chap yõnalishda õraladi. 
2.6-rasm. a) chap, b) õng yõnalishli õramlar. 
Bir necha parallel, tõğri burchakli simlardan iborat bir va ikki qatlamli silindrik 
chulğamlar nominal toki 800 A.-gacha bõlgan PK chulğamlari sifatida qõllaniladi. Ikki qatlamli 


chulğamlarda qatlamlar orasida sovutish kanali qoldiriladi. Kõp qatlamli silindrik chulğamlar 35 
kV kuchlanishgacha bõlgan YK chulğamlari sifatida qõllaniladi. 

Yüklə 464,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin