2-mavzu: Pedagogik jarayonda tarbiyaning mazmuni. Tarbiya jarayonining shakllari va metodlari. Ijtimoiy pedagogika asoslari



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/17
tarix10.01.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#122110
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
2-Maruza (3)

Tashqi faktorlarga: Insonni o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy muxit, bolalarda 
ma’lum shaxsiy jixatlarni shakllashtirishga qaratilgan maqqsadli yo‘naltirilgan 
faoliyat kiradi.
Ichki faktorlarga: biologik faktorlar kiradi. Insonning rivojlanishiga ta’sir 
qiladigan faktorlar boshqariladigan va boshqarilmaydigan bo‘ladi. Bolaning 
rivojlanishi jarayonida turli faoliyatlarga duch keladi: o‘yin, o‘qish, mexnat, sport 
va boshqalar, turli kishilar bilan muloqotda bo‘ladi: ota-onasi, aka-ukasi, 
qarindoshlari, do‘stlari va boshqalar bilan .
Turli faoliyatlarda turli insonlar bilan muloqotga kirishish natijasida bolada 
ijtimoiy ko‘nikmalar xosil bo‘la boshlaydi. Bolaning normal rivojlanishi uchun 
muloqotning axamiyati juda kattadir.
Bolaning ijtimoiylashuviga ekologik faktorlar: suv, xavoning ifloslanishi xam 
ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda salbiy ekologik faktorlar tayanch apparatining 
buzilishini , shizofreniya, qon kasalliklari kabi kasalliklarga olib kelmoqda, bolani 
ijtimoiylashish jarayonida bularning xammasini xisobga olish talab qilinadi.
Umuman olganda, bolaning shaxs sifatida rivojlanib, kamol topishida 3 
turdagi faktorlar ta’sir qiladi: mikro faktorlar, makro faktorlar, mezo faktorlar.
Sotsializatsiya – uzluksiz va ko‘p qirrali jarayon. Bu jarayon ayniqsa, bolalik 
va o‘smirlikda jadal kechadi. Agar bu jarayonni obrazli qilib uy qurilishi deb 
tasavvur qilsa, unda aynan bolalikda butun binoga poydevor qo‘yiladi va quriladi. 
Keyinchalik butun umr davomida faqatgina pardozlash ishlari olib boriladi.


Bola sotsializatsiyasi jarayoni, shaxs sifatida uning shakllanishi va 
rivojlanishi atrof-muxit bilan o‘zaro ta’sirda sodir bo‘ladi.
Shaxs sotsializatsiyasining makro (grekcha makros «katta»), mezo – (mekos 
«o‘rta») va mikro (mikros «kichik») omillarini farqlaydilar.
Makro omillar – inson yashaydigan mamlakat, jamiyat, davlat xamda 
dunyoviy planetar jarayonlar – ekologik, demografik, iqtisodiy, ijtimoiy -siyosiy 
va b.
Mezo omillar – etnik ko‘rsatmalarni shakllantirish, shaxsning milliy xayot va 
etnikaro munosabatlarning u yoki bu xollarini qabul qilishi, insonlarning o‘z eposi 
(xalqi) tarixi va xozirgi xayoti xaqida qarashlari va fikrlari; bola yashaydigan va 
rivojlanadigan mintaqaviy shart-sharoitlarning ta’siri; yashaydigan joy turi (shahar, 
tumanmarkazi, qishloq); ommaviy kommunikatsiya vositalari va b.
Mikro omillar — yaqingina makonni va ijtimoiy muxitni tashkil qiladigan 
oila, ta’lim muassasalari, tengdoshlar guruxi va b. Mana shu yaqingina muxitni, 
ya’ni bola o‘sadigan muxitni sotsiumyokimikrosotsium deb atashadi.
Bola sotsializatsiyasiga omillarning ta’siri chizmasi 
Sotsium (yaqin muxit) – bola sotsiolizatsiyasi uchun muxim axamiyatga ega. 
Bu yaqin ijtimoiy muxitni bola asta-sekin o‘zlashtiradi. Boshida u (bola), asosan, 
oilada rivojlanadi, so‘ng yangi muxitlarni o‘zlashtiradi – maktab gacha 
muassasalar, maktab , maktabdan tashqari muassasalar, o‘rtoqlar davrasi, 
diskotekalar va x. k. Yosh o‘tgansari bola tomonidan o‘zlashtirilgan ijtimoiy muxit 
«xududi» tobora kengayib boradi.
Bolaning sotsiumda rivojlanishiga ijtimoiy maqom shaxsining ta’siri juda 
katta bo‘ladi. Ijtimoiy maqom tug‘ma, orttirilgan bo‘ladi.
Tarbiya tarixan vujudga kelgan ijtimoiy xodisa bo‘lib, keyin xulqni 
boshqarish va belgilash bir-birini talab etadigan va belgilaydigan tarkibiy qismlar 
— axloqi ong, axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlarning murakkab 
yig‘indisidir.
Inson jamiyatda bir vaqtda bir qancha o‘rinlarni egallashi mumkin. Masalan, 
ayolkishi o‘qituvchi, rafiqa, ona, qiz bo‘lishi mumkin. Har bir tutgan o‘rin insonga 
muayyan bir talablarni qo‘yadi va shu bilan birga unga qandaydir xuquqlarni 
beradi. Jamiyatda insonning o‘zini tutishi muayyan bir xuquq va majburiyatlar 
bilan tavsiflanadi, sotsiologiyada bu ijtimoiy maqom deb ataladi.
Ba’zi bir maqomlar bizga tug‘ilishimizdan beriladi. Inson maqomi jinsi, 
millati, tug‘ilgan joyi, ism-sharifi va boshqa omillardan kelib chiqadi. Bunday 
maqomlar tug‘ma yoki berilgan deb ataladi. Boshqalari esa insonning o‘zi mustaqil 
ravishda jamiyatda shaxsiy harakatlariga ko‘ra erishgani bilan aniqlanadi. Masalan, 
pedagog, vrach, muxandis maqomini inson kerakli kasbiy ta’lim yurtida o‘qigani 


va diplom olgani uchun oladi. Bu xolda erishilgan yoki olingan maqom xaqida gap 
yuritiladi.
Maqom insonning jamiyatda o‘zini tutishini aniqlaydi. Ma’lum bir 
vaziyatlarda shaxs o‘zini istaganicha emas, balki o‘z maqomiga ko‘ra tutadi. 
Atrofidagi insonlar undan bu va ziyatlarda muayyan intizomni kutadi, ya’ni inson 
muayyan bir rolni o‘ynashga majbur. Shuning uchun, inson maqomidan kelib 
chiqqan kutilayotgan intizom ijtimoiy rol deb ataladi.
Jamiyatda nafaqat u (jamiyat) bilan kutilayotgan maqomlar, balki ijtimoiy 
meyor va qadriyatlarga to‘g‘ri kelmaydigan maqomlar xam mavjud. Shuning 
uchun rivojlanish jarayonida bola pozitiv ijtimoiy rolni va shu bilan birga negativ 
rolni xam o‘zlashtirishi mumkin.
Pozitivrolli: oila a’zosi (ota va ona, buva va buvi, o‘g‘il yoki qiz, aka va 
singil, nevara va b. ), jamoa a’zosi (o‘quvchi, o‘rtoq, do‘st, yetakchi va b. ), 
iste’molchi (insonga ovqat, kiyim, oyoq kiyim va b. ), fuqqaro ( vatanni seva di, u 
bilan faxrlanadi, vatanparvar bo‘lish), mutaxassis (o‘qituvchi, vrach, iqtisodchi, 
muxandis va b. ).
Bola bilan ma’lum rolda o‘zini tutish mexanizmi unga ijtimoiy 
munosabatlarga muvaffaqiyatli kirishib ketishni ta’minlaydi, Har bir u uchun yangi 
bo‘lgan va ziyatga moslashib ketish imkoniyatini beradi.
Bu individni ijtimoiy muxit shart-sharoitiga moslashib ketishi jarayoni 
ijtimoiy moslashuv deb ataladi.
Shaxs ijtimoiy munosabatlarda xam namoyon bo‘ladi. Aniqrog‘i har bir 
odamning mexnatga, kishilarga, jamiyatga nisbatan munosabati xam turlicha 
ifodalanadi. Shaxsning axloqiy va faollik darajasiga xos sifatlari xam uni 
boshqalardan ajratib turadi.
Shaxs xaqida gapirilganda tabiiy xolatda shunday savol tug‘iladi. Har qanday 
odam shaxs bo‘la oladimi, shaxs bo‘lishi uchun nimalar qilishi kerak. Bu savolga 
shunday javob berish mumkin. Insonning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga 
aylanishi uchun eng avvalo ijtimoiy xayot tajribalari va yaxshi tarbiya kerak 
bo‘ladi. Ana shunday omillar ta’siri ostida inson rivojlanadi va shaxsga aylanadi.
Pedagogika soxasida tadqiqot olib boruvchi olimlarning ko‘p yillik izlanish 
natijalari asosida insonning rivojlanishiga quyidagicha ta’rif berishadi: Oddiydan 
murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi xolatga o‘tish, yangilanish, 
yangining paydo bo‘lishi va eskining o‘lib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat 
o‘zgarishga olib keluvchi murakkab harakat jarayoni deb qaraydilar. Zero, xayot 
qonunlarining ko‘rsatishicha xam rivojlanishning asosiy manbai qarama-
qarshiliklar o‘rtasidagi kurashdan iboratdir.
Insonning munosabatlar doirasiga nafaqat o‘zga kishilar bilan aloqasi, balki 
tabiatga, jamiyatga, xayotga, mexnatta bo‘lgan munosabatlari xam kiradi. Mana 


shunday munosabatlar asnosida inson o‘zining qobiliyatlarini, aqlini, farosatini 
namoyon qila boshlaydi. Bu bilan u, umuman butun borliqqa bo‘lgan munosabatini 
ifodalaydi. Tabiiyki, bu fazilatlar faqat tarbiyaning maxsuli bo‘lib xisoblanadi. 
Shuning uchun xam inson rivojlanishini , unga singdirilgan tarbiyaning natijasi deb 
qarash mumkin.
Shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri xal qilish uchun avvalo uning xulqiga 
ta’sir etuvchi omillarning tabiatini, shaxsning shaxsiy xususiyatini yaxshi 
o‘rganmoq lozim. Buning uchun shaxsni turli munosabatlar doirasiga qo‘yib 
kuzatish darkor. Ana shundagina shaxsning ijtimoiy xulqi ma’naviy qiyofasi, 
insoniy fazilatlari ro‘yobga chiqadi.
«Har bir inson, degan edi Forobiy — o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u 
yashash va yuksak yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muxtoj bo‘ladi, u 
bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi va ularga ega bo‘lish uchun 
insonlar jamoasiga extiyoj tug‘iladi. Shu sababli odam yashash uchun zarur 
bo‘lgan narsalarni bir-birlariga yetkazib beruvchi va o‘zaro yordamlashuvchi ko‘p 
insonlarning birlashuvi orqaligina o‘z tabiati bo‘yicha intilgan yetuklikka erishuvi 
mumkin».
Tarbiyachining bolaga singdirishi lozim bo‘lgan tarbiya samarali ta’sir etishi 
uchun uning o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi bilish, shaxsiy 
xususiyatlarini xisobga olishi muxim shartlardan biridir.
Bolalarning shaxsiy fazilatlari shakllanishida qaysi omil yetakchi vazifasini 
bajaradi, degan tabiiy savol tug‘iladi. Demak, inson rivojlanishda biologik omilmi, 
ijtimoiy omilmi yoki tarbiya omilimi, qaysi biri yetakchi rol o‘ynaydi, degan 
savolga javob berish lozimday ko‘rinadi. Bu savolga turli tarixiy davrlarda turlicha 
yondashib, turlicha javoblar berilgan. Xozirgi kunda xam bu masalaga turli nuqtai 
nazarlar bildirilmoqda.
Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va sotsial omillarning 
ta’siri o‘rtasidagi munosabatni belgilash borasidagi munozara ko‘p asrlardan beri 
davom etib kelmoqda. Ko‘p asrlik mazkur munozara zamirida ikki bir-biriga 
qarama-qarshi nuqtai nazar vujudga kelgan. Ulardan biri odam bolasining shaxs 
sifatida rivojlanishida tabiiy-biologik omillar xal qiluvchi rol’ o‘ynaydi desa, 
ikkinchi toifa olimlar esa ijtimoiy voqealar tarbiyaning muxim omil ekanligini 
ta’kidlaydilar. Birinchi gurux olimlarining fikricha, odam bolasining rivojlanishi 
tug‘ma imkoniyatlarga bog‘liq bo‘lib, rivojlanish esa o‘sish va tabiiy tug‘ma 
xususiyatlarning miqdoriy o‘zgarishlaridan iborat ekan. Demak, bolaga ona 
qornida avlod-ajdodlaridan tug‘ma o‘tgan xususiyatlargina rivojlanadi, degan 
tushuncha kelib chiqadi. Bu nuqtai nazar namoyondalari tarbiyaning rolini cheklab, 
rivojlanishni inkor etadilar. Bunday ilmiy faraz fanda biologik yo‘nalish deb 
ataladi.


Aytish joizki, xuddi shunga yaqin nuqtai-nazarni falsafada vujudga kelgan 
«preforizm» oqimi namoyondalarining fikrlarida xam uchratish mumkin. Ular 
odam bolasiga ona pushtidan qanday sifatlar o‘tgan bo‘lsa, faqat shu sifatlargina 
shakllanadi deb ijtimoiy muxit va tarbiyaning rolini chegaralab qo‘yishadi.
Inson shaxsi va uning xulq-atvorining rivojlanishi har bir naslning rolini 
yuksak baxolagan yana bir oqim «bioxervizm» bo‘lib, u XX asrning boshlarida 
keng tarqaldi.
Bu oqimning ko‘zga ko‘ringan yirik namoyondalari Eduard Torandayk 
bixeviorizm ta’limotiga asoslanib, odamning xulq-atvori mexanik stimullari 
organizmda bevosita tug‘diradigan ko‘plab qilinadigan mexanik mashqlar bilan 
mustaxkamlanadigan sof tashqi reaksiyalardan iboratdir, deydi. Uning fikricha, 
shaxsning barcha xususiyatlari, shujumladan ong va aqliy qobiliyat xam nasldan 
naslga o‘tadi, go‘yo «odamning ko‘zi, tishlari va barmoqlari kabi aqliy qobiliyati 
xam tabiatan berilgandir. Inson «genlar batareyasi» bo‘lib, ular nasldan-naslga 
tug‘ma o‘tib boradi va shaxsning rivojlanishini xam, uning kelajagini xam shular 
belgilaydi», deydi.
Amerikaning 
«progmatik»larining 
atoqli 
vakili 
D.Dyui 
va 
uning 
nazariyasining davomchisi A.Kombslar xam shaxs rivojlanishini biologik omil deb 
izoxlaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat deb 
ko‘rsatadilar. Odam nima bilan tug‘ilgan bo‘lsa, tarbiya jarayonida bu sifatlar va 
xususiyatlar o‘sib boradi. Tarbiya tashqaridan kiritilgan narsa emas, odam bilan 
dunyoga kelgan xususiyat va qobiliyatni o‘zgartiradi», — deydi D. Dyui.
Darxaqiqat, pedagogika fani odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, 
taraqqiy etib borishini o‘ta murakkab va qarama-qarshi jarayon deb biladi. Uning 
shaxs sifatida shakllanishida naslxam (biologik omil), ijtimoiy muxitxam (bola 
yashaydigan sharoit), tarbiya xam, o‘z xoli va o‘z o‘rni bilan muxim rol’ o‘ynaydi. 
Bu har uchala omilning qaysi biri etakchi ekanligini, pedagogika fani asrlar 
mobaynida avlod-ajdodlarimiz to‘plagan tajribalarga suyangan xolda ilmiy nuqtai 
nazardan isbotlab berishga harakat qiladi.
Shaxs ma’lum ijimoiy tuzilma maxsuli. Uning moxiyatini ijtimoiy 
munosabatlar tashkil etadi. U yashayotgan jamiyatdagi tarixiy sharoit, shaxsning 
xayotiy faoliyatida sodir bo‘ladigan ijtimoiy muxit unga xam ijobiy, xam salbiy 
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Zero, inson ota-bobolar tajribasini o‘rganadi, shaxs 
sifatida rivojlanib boradi, o‘rgangan tajribalarni takomillashtiradi. Natijada ularni 
o‘z faoliyatida qo‘llaydi. Anashu yashayotgan sharoit va mexnat qilayotgan sharoit 
unga bo‘layotgan tarbiyaviy ta’sir va faoliyat jarayonidagi jadallik tufayli shaxsiy 
xususiyatlar vujudga keladi, demak, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi 
tabiat, muxit va insoning o‘zi o‘rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro‘y beradi, 
inson ularga jadal ta’sir etadi va shu yo‘l bilan xayotini o‘z tabiatini o‘zgartiradi.


Pedagog va psixolog olimlar shaxsning rivojlanishida irsiyatning roliga katta 
axamiyat berish bilan birga, muxit va tarbiyaning roliga xam yuksak baxo 
berishadi.
Zotan shaxsning kamolga yetishida irsiyat va biologik omillarning rolini inkor 
etish aslo mumkin emas, lekin bu xususiyatlarni bolalardagi o‘zgarmas 
xususiyatlar deb tushunmaslik kerak. Tarixiy taraqqiyot jarayonida odamning 
anatomik belgilari, o‘zgarishlari avloddan-avlodga mustaxkamlanib borishi xam 
nasldan-naslga o‘tishi mumkin.
Ayni vaqtda, odam bolasiga xos xususiyatlar xam irsiyat yo‘li bilan o‘tadi, 
ammo bu xususiyatlarning rivojlanishi uchun ular insonlar orasida yashashi, aloqa 
qilishi axamiyatli ekanligini unutmaslik lozim.
Agar bolada tug‘ma layoqatlar bo‘lsa-yu, lekin, uni o‘stirishga yordam 
beradigan ijtimoiy , oilaviy va tarbiya muxiti bo‘lmas ekan, inson bo‘lib 
tug‘ilishning xojati xam yo‘qdir.
Modomiki shunda ekan, demak, bola o‘z layoqatiga mos sharoitlarda o‘sib 
zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layoqat erta ko‘rinib, rivojlanishi, aksincha, zarur 
sharoit bo‘lmasa bor qobiliyat xam yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Mana shunday 
nuqtai nazar inson layoqatining namoyon bo‘lishi va qobiliyat sifatida rivojlanishi 
to‘la-to‘kis xayot sharoitiga bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.
Odam bolasidagi qobiliyat kurtaklarining rivojlanishi avvalo ijtimoiy muxitga 
bog‘liq ekan. Yana shu narsani xam aytib o‘tish kerakki, ijtimoiy muxit qulay va 
noqulay bo‘lishi xam mumkin.
Shaxs ijtimoiylashuvida ijtimoiy muxitning ta’siri sharq va g‘arb olimlarining 
diqqat markazida bo‘lgan. Zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoda oilanning 
soglomligi, jamiyat farovonligi belgisi ekanligi qayd etilgan.
Ibn Sino barkamol inson tarbiyasida tashqi (tabiiy va ijtimoiy ) muxitning 
o‘rni muxim axamiyatga ega ekanligi qayd etilgan.
Axmad Yassaviy inson ta’lim-tarbiyasida uni barkamollikka eltuvchi yo‘ldin, 
iymon, e’tiqodda sobitlik, xalollik, poklik ekanligini ta’kidlaydi. Bu ijobiy 
sifatlarga «Nafsni jilovlash» orqali erishish mumkinligi, bunda ijtimoiy muxitning 
salmoqli o‘ringa ega ekanligini ta’kidlaydi. Ma’rifatparvar olim A.Navoiy 
«Xamsa» dostonida inson ijtimoiylashuvida ijtimoiy muxitning o‘rni muximligi 
ta’kidlanadi.
Ijtimoiy sharoitning nochorligi majruxlarni yuzaga keltiradi. Butun avlodga 
ziyon etkazadi. «Inson—muxit—tarbiya » muammosida u nafaqat muxitning 
insonga ta’sirini, balki insonni muxitga ta’sirini xam ko‘radi.
Robert Ouenning ilmiy ishlarida insonning muxitga bog‘liqligi taxlil qilinadi, 
Uning ta’kidlashicha, inson muxit maxbusi xisoblanib, o‘zining yoqimsiz xulqi 


uchun aybdor emas, balki muxitning o‘zi aybdor. To‘g‘ri tarbiya orqali ijobiy 
fazilatlarga ega shaxslarni tarbiyalash va shutariqa jamiyatni o‘zgartirish mumkin.
Rus inqilobiy demokratlaridan V. G. Belinskiy, faqatgina ijtimoi adolatli 
jamiyatda munosib fuqqaro, idealni tarbiyalashga erishish mumkin, deb 
xisoblagan. N. P. Ogorevxam, faqat ijtimoiy adolatli jamiyatdagina insonda iqtidor 
va qobiliyatni rivojlantirish mumkinligini ta’kidlagan.
N. G. Chernshevskiy: «Joxil yoki yaramas bo‘lib ona qornidan tug‘ilmaydilar. 
Ular ma’naviy –axloqiy tarbiya yetishmasligi yoki yaramas bo‘lish yoxud ochdan 
o‘lish—ikkisidan birini tanlashning qo‘rqinchli zaruriyati samarasidir», deb 
yozgan edi. Bu fikrlar xalq ijtimoiy sharoitining yaxshilanishi uning axloqiy 
yaxshilanishiga ta’sir qilishi mumkinligini isbotlaydi.
«Istiqbolli va istiqbolsiz odamlarni xayotning o‘zi, uning umumiy tuzumi 
paydo qiladi», — deb yozgan edi N. A. Dobrolyubov. «Tarbiyada obro‘ning 
axamiyati» maqolasida u, tarbiyachi tarbiya-lanuvchini xurmat qilishi lozimligi, 
ezgulik va adolatta moyillariga muvofiq harakat qilishni singdirishligini, aytgan 
edi.
Ijtimoiy falsafaga oid muloxazalar yakunida shuni qayd qilish lozimki, u 
topistlar ijtimoiy adolatli jamiyatni qanday qurish masalasi bilan bir qatorda bu 
jamiyatda ta’lim-tarbiyani tashkil etish loyixalarini xam tuzganlar. Ular talqinining 
asosi — muxit inson tarbiyasida birlamchi omil ekanligidan iborat edi.
To‘g‘ri, har kim o‘zicha ijtimoiy adolatli jamiyat qanday yo‘nalishda qurilishi 
lozimligini taklif qiladi. A. I. Gersen Rossiyani bolta olishga chorlasa, Sh. Furye 
va R. Ouen falanster, o‘ziga xos kooperativlar tashkil qilib, insonni qayta 
tarbiyalashgacha qirganlar. 1847 yilda Peturburg guberniyasida M. V. 
Butashevich-Petrashevskiy falanster quradi. Furyekattalar uchun falanster 
inqirozga uchragach, jamiyatni o‘zgartirish uchun bolalar falansteri ochish lozim 
va unda avlod tarbiyalanadi, degan xulosaga keldi.
Butun jaxonga ma’lum va mashxur O‘rta Osiyoning buyuk allomalari 
onalaridan biri tabib, biri shoir, biri muxandis, biri faylasuf bo‘lib tug‘ilmagan, 
balki, ularning yashab turgan davri, ijtimoiy muxiti qolaversa, oila muxiti ularni 
mana shunday insonlar bo‘lib etishishlarida asosiy turtki bo‘lgan, ular yashab 
turgan xayotning ma’nosi, ideal voqelik, axloqiy xaqiqat burch va borliq, axloqiy 
xayotda obyektivlik va subyektivlikning o‘zaro munosabati, bilish va qadrqimmat-
singari axloqiy sifatlarning o‘ta shakllanganligi xam bu kabi insonlarni yetishib 
chiqishida asosiy turtki bo‘ladi. O‘sha davrda insonparvarlik g‘oyalari qadr-
qimmati insoniylik yangi va yuksak bosqichga ko‘tarilgan edi. Shuning uchun xam 
Mirzo Bedil tarbiyada inson qadr-qimmatining buyukligi xaqida gapirib shunday 
deydi: — «Xazrati insonnnng xurmat-extiromga sazovor ekanligini tan olmagan 
har kim mal’undir».


Darxaqikat Imom Al-Buxoriy, Forobiy, Axmad Yassaviy, Yusuf Xos Hojib, 
So‘fi Olloyor, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Hayyom, Sa’diy 
SHeroziy, Abduraxmon Jomiy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zaxiriddin 
Muxammad Bobur, Mirzo Bedil, Axmad Donish va boshqa ko‘pgina 
mutafakkirlarning ta’lim-tarbiya va ma’rifat xaqidagi G‘oyalaridan keng 
foydalanish va ularning didaktik qarashlarini pedagogika fanining rivolanishida 
metodik asos qilib olish barkamol avlodni tarbiyalashda muxim omil bo‘lib 
xisoblanadi.
Individning sotsiumga kirishi murakkab jarayon xisoblanadi. Bir tomondan, 
individga jamiyatlar a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatish imkonini beradigan muayyan 
qadriyatlar tizimini (normalar, namunalar, bilimlar, tasavvurlarni) o‘zlashtirib 
olishni o‘zichiga olsa, ikkinchi tomondan, shaxsning o‘z ijtimoiy tajribasini 
orttirishi va o‘zini faol qaror toptirishini o‘z ichiga oladi.
Har bir insoning shaxsi ta’lim, ijtimoiy muxit ta’sirida shakllanadi. Natijada u 
ijtimoiy jixatdan axamiyatli bo‘lgan vazifalarni bajaradi, ijtimoiy rolni o‘zlashtirib 
oladi, o‘z qiziqishi, qobiliyatini ijodiy muloxaza qilib ko‘radi, jamiyatning boshqa 
a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirishadi va shutariqa shaxsning 
ijtimoiylashuvi yuz beradi.
Shaxsning ijtimoiylashuvini ifodalovchi muxim ko‘rsatkichlardan biri uning 
ijtimoiy faolligi va harakatchanligidir.
Ijtimoiy faollik – bu shaxsning jamiyat ishlarida ongli ishtiroki, ularning 
borishiga ma’lum darajada ta’sir o‘tkaza olmasada, uni o‘zgartirish, ularning 
borishiga ma’lum darajada ta’sir imkoniyati tushiniladi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin