2-sinf ona tili darslarida “Shaxs va narsa harakatini bildirgan so’zlar” mavzusini pedagogik texnalogiyalar asosida o’tish


-sinf ona tili darslarida “Shaxs va narsa harakatini bildirgan so’zlar” mavzusini pedagogik texnalogiyalar asosida o’tish



Yüklə 174,5 Kb.
səhifə2/9
tarix28.08.2022
ölçüsü174,5 Kb.
#117644
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Fe`llarda izchillik

2-sinf ona tili darslarida “Shaxs va narsa harakatini bildirgan so’zlar” mavzusini pedagogik texnalogiyalar asosida o’tish.

REJA:

Kirish.
Davlat ta’lim standartlarida 2-sinf ona tili darsiga qo’yigan talablar.
I.Bob. Boshlang’ich ta’lim tizimida ona tili fanining tutgan o’rni.
1.1. Boshlang’ich sinflarda ona tilini o’qitishning maqsad va vazifalari.
1.2. Boshlang’ich sinf ona tili darslarining qurilishi va ularda qo’llaniladigan metodlar.
II.Bob. 2-sinfda ”Narsa va shaxs harakatini bildirgan so’zlar” mavsusini o’rganish.
2.1.Boshlang’ich sinflarda fe’lni o’rganishda izchillik.
2.2.2-sinflarda ”Narsa va shaxs harakatini bildirgan so’zlar”mavsusini o’rganishda yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish.
Xulosa.

Kirish.



Davlat ta’lim stndartlarida 2-sinf ona tili darslariga qo’yilgan talablar.
O’zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq jamiyatni istiloh qilish va yangilash jarayonining eng muhim bo’g’ini,jamiyatdagi o’zgarishlarning,iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning,Respublikani jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining zarur va majburiy sharti sifatida ta’lim sohasini istiloh qilish siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Belgilangan maqsadga rishish uchun ”Qadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilinib, muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda ushbu dastur yosh avlodgauzluksiz ta`lim berish va uni tarbiyalash jarayonini qamrab oladigan yagona ta`lim majmui hisoblanadi. Bunda ta`lim tizimining har bir bo`g`ini alohida o`rin va ma`suliyatga egadir. Dasturni to`liq amlga oshirish, qo`yilgan vazifalarga erishish anashu bo`g`inlarni holati va rivojlanish darajasiga , ularning o`zaro uyg`unligiga bog`liqdir.
o`zbekiston Respublikasining ta`lim to`g`risidagi qonuni xamda ’’Qadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ta`limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, hakli, vositalari hamda prinsplari tanlanishi birinchi darajali ehtiyojga aylandi.
”Ta`lim to`g`risida” gi Qonunning 7- moddasida belgilab berilganidek, ”Davlat ta`lim standartlari umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb hunar va oliy ta`lim mazmuniga hamda sifatiga qo`yiladigan ta`lablarni belgilaydi. Davlat ta`lim standartlarini bajarish O`zbekiston Respublikasining barcha ta`lim muassasalari uchun majburiydir”.
o`zbekiston Republikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ”Davlat ta`lim standarti to`g`risidagi Nizom”ga binoan umumiy o`rta ta`lim, shu jumladan, boshlang`ich ta`lim boshqichi uchun xam alohida alohida davlat ta`lim standartlari talablari va me`yoriy ko`rsatkichlari belgilab qo`yildi.
”Ta`lim to`g`risida”gi qonunda ta`kidlanganidek; ”Maktabning birinchi sinifiga bolalar olti, yetti yoshdanqabul qilinadi. ”Boshlang`ich ta`lim konsepsiyasi”da e`tirof etilganidek, olti yoshga to`lgan har qanday bola aqliy, ruhiy hamda jismoniy jihatdan maktabda o`qish uchun tayyor bo`lganida, maktabning moddiy- texnik ba`zasi bunday bolalarga ta`lim berish uchun yetarli dep hisoblanganda xamda o`qituvchi pedagagik hamda psixologik jihatdan olti yoshli bolalarni o`qitishga tayyor bo`lganda ularni maktabga qabul qilish mumkin. Buning uchun olti, yetti yoshli bolalar, maktabning moddiy- texnik bazasi hamda o’qituvchilar pedagogik va psixologik talablar asosida qat’iy diagnostik qilinishi shart ”.
Boshlang’ich ta’lim bosqichida o’quvchining ona tili ta’lim ohasi bo’yicha tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar quyidagi uch parametrli standart asosida aks ettiriladi: o’qish texnikasi,o’zgalar fikrini va matn mazmunini anglash hamda fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
O’qish texnikasi bolaning savodxonlik, yozma nutq belgilarini, talaffuzda ifodalash ko’nikmasini aniqlash maqsadida kiritilgan.
Bu parametr orqali o’quvchining notanish bo;lgan matnni ifodali o’qiy olish ko’nikmasi aniqlanadi. Bu miqdoriy ko’rsatkich sifatida ifodali o’qish tezligi,ya’ni berilgan matndan minutiga nechta so’z o’qiy olish ko’rsatkichi belgilangan. Sinfdan sinfga o’tish,miqdoriy ko’rsatkichdagi belgilar soni oshishi
bilan birga, berilgan matnni o’qishdagi talablar ham bolaning yoshiga monand ravishda ortib boradi.
Matn mazmunini anglash, o’zgalar nutqini eshitish va fikrini anglash malakasi o’quvchining og’zaki bayon qilayotgan o’zgalar fikrini hamda yozma matn mazmunini anglay olish darajasini aniqlash maqsadida kiritilgan. Bu parametrning ko’rsatkichlari o’quvchi 10 minutda qancha sahifa matnni o’qishi, o’zgalar fikrni va matn mazmunini anglash hamda uni og’zaki qayta bayon qilish darajasini aniqlaydi.
Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi murakkab jarayon bo’lib, ona tili ta’limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi va o’quvchi tomonidan yaratilgan matnda aks etadi. Bu parametr bo’yicha ta’lim sifatining natijasini baholashda o’qituvchi tomonidan quyidagi ko’nikmalarning darajasi aniqlanadi:

  • fikrning mantiqiy izchillikda ifodalanganligi;

  • mavzuning murakkablik darajasi;

  • tavsifning mavzuga muvofiqligi va mukammalligi;

  • tavsifda tilning ifoda vositalaridan foydalanish darajasi;

  • imloviy (yozma) savodxonlik.

Mazkur standart mezonlarining o’zaro uzviy bog’liqligi (integratsiya)ni nazarda tutib,o’qish ona tili ta’limida belgilangan vazifalarning amalga oshishida asosiy omil hisoblanadi.
O’qish texnikasi
Miqdoriy ko’rsatkich –minutiga 40-50 so’z.
Talablar:

  1. tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish;

  2. so’zlarni to’g’ri o’qish;

  3. gap ohangiga rioya qilgan holda obrazli va ravon o’qish;

  4. gapdagi tinish belgilarini talaffuzda aks ettirish;

  5. sanash va ajratish ohanglaridan foydalanish;

  6. 10 ta she’rni yoddan bilish,ertak,topishmoq,maqol,qo’shiqlarni bir-biridan farqlay olishi lozim.

Matnning xarakteri:
sodda,ravon,nasriy,nazmiy bolalar adabiyoti namunalari.
O’zgalar fikri va matn mazmunini anglash malakasi.
Miqdoriy ko’rsatkich: 10 minutda 1-1.5 sahifa
Talab:
og’zaki nutqning to’g’ri va ravon bo’lishi.
Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
Miqdoriy ko’rsatkich: 35-40 so’zdan iborat diktant yoza olish.
Talablar:

  1. imlo xatolarga yo’l qo’ymaslik;

  2. ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi;

Diktant turlari: lug’at diktant, yoddan yozuv diktant,nazorat diktanti.
Miqdoriy ko’rsatkich;3-4 gapdan iborat kichik va sodda matn yaratish.
Talabtal:

  1. matndagi gaplarning mazmunan o’zaro bog’liqligi va aloqadorligi,ko’rsatilgan mavzu doirasida birlashishi;

  2. harflar va tinish belgilarini to’g’ri yozish;

  3. so’z va gaplarni to’g’ri yozib, tinish belgilarini o’rniga qo’ya olish.

Matn xarakteri:
rasm,manzara,o’quvchiga tanish narsa.
Mavzuning dolzarbligi.
Ona tili darslari ijtimoiy-foydali bo’lishi uchun o’quvchilarda o’z fikrini grammatik to’g’ri,uslubiy aniq,izchil ifodalash va boshqalar fikrini bera olish ko’nikmasini shakllanishga qaratilishi lozim. Ona tili darslarida nutq o’stirish ko’rsatmasi grammatik materialni o’rgatishda o’quvchilarning tilimizdagi har bir so’z turkumi yoki so’z qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan metodik usullarni qo’llashni talab etadi,ya’ni grammatik to’g’ri va aniq nutq malakalarini shakllanishga,anglab,tushunib yozish malakalarini o’stirishga amalda tatbiq etish uchun o’rgatildi. darsda o’quvchilar nutqini o’stirish darsning mazmunida va qo’llanilgan vazifalar turlarida o’z aksini topadi.
Ona tili darsi o’quvchilar tafakkurini o’stirish ustida ishlash maqsadiga yo’naltirilganligiga qarab baholanadi. bunda muayyan grammatik va imloviy materialni o’rganish jarayonida shu materialni yaxshiroq o’zlashtirish ta’minlaydigan,aqliy faoliyatni talab qiladigan mashqlarni o’tkazish tushuniladi.
Shu ma’noda ushbu bitiruv-malakaviy ishi mavzusi dolzarblik kasb etadi.
Mavzuning maqsadi.
Mavzuning dolzarbligidan kelib chiqib,ushbu vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib oldik:

  • boshlang’ich sinflarda ona tilini o’qitishning maqsad va vazifalari.

  • boshlang’ich sinf ona tili darslarining qurilishi va ularda qo’llaniladigan metodlar.

  • boshlang’ich sinflarda fe’lni o’rganishda izchillik.

  • 2-sinflarda ”Narsa va shaxs harakatini bildirgan so’zlar” mavzusini o’rganishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish.

Mavzuning ob’yekti
2-sinfda o’qish darslarini tashkil qilish jarayoni.
Tadqiqot metodlari
Pedagogik kuzatish, izlanish metodi, shuningdek, reproduktiv va umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. Shu bilan birga,oliy o’quv yurtida olgan bilim,malaks,ko’nikmalarimizga tayandik.



Yüklə 174,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin