2-sinflarda ” Narsa va shaxs harakatini bildirgan so’zlar” mavzusini o’rganishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
Boshlang’ich ta’lim tizimida o’quvchilarni o’rta ta’lim bosqichiga tayyorlash bilan birga,ularda o’qish, o’rganish, tashabbus ko’rsatish, mustaqil faoliyatni egallash kabi sifatlarni rivojlantirish kundalik vazifalarimizdan biridir. Bu ishda yangi pedagogik texnologiyalaridan unumli foydalanins zarur.
Texnologiya nima? Texnologiya tuzilma, didaktik maqsad, vazifalarni belgilab olishdan boshlanib, ta’lim jarayonini bir butun yaxlitlikka yo’nalishini nazarda tutadi. Bu jarayon 1-4- sinflar orasidagi uzviylikni ta’minlash bilan bog’liq, u shunday kechadiki, o’qituvchi 4 yil davomida o’quvchilarni ta’lim tizimining o’rta bo’g’inida muvaffaqiyatli o’qishlariga mas’uldir. 1-4- sinflarda joriy etiladigan yangi texnologiya, avvalo fanlar orasidagi bog’liqlikni ta’minlash, ortiqcha qiyinchiliklarni bartaraf etish, fanlarni integratsiyalash, o’quvchi faoliyatini to’g’ri izga solish, vaqtda unumli foydalanish, tashabbuskorlik muhitini yuzaga keltirish, ijodiy ishlash tizimini yaratish kabi qator maqsadlarni amalga oshirish kabi zarur ishlarni bajaradi.
Boshlang’ich ta’lim oldiga qo’yilgan vazifalarning to’laqonli bajarilishini nazorat qilish – ta’lim bo’yicha davlat standarti talablari asosida amalga oshiradi, ya’ni bunda integratsiya asosidagi takomillashtirilgan boshlang’ich ta’limga o’tish ta’minlanadi.
” Nazarda tutilayotgan boshlang’ich ta’lim jamiyat taraqqiyoti bilan barobar rivojlanib, takomillashib boruvchi ta’lim nazariyasiga tayangan holda muntazam tarzda rivojlantiriladi va shaxsning ham jamiyat talablari asosida rivijlanib borishini nazarda tutadi”,- deyiladi boshlang’ich ta’lim konsepsiyasida.
Xo’sh, boshlang’ich ta’lim tizimidan yangi pedagogik texnologiyalar o’rin olyaptimi?
Ta’lim tizimi shaxsni shakllantirishi uchun avvalo o’qituvchi shaxsini har tomonlama mukammal bo’lishini talab qiladi. Ayniqsa, boshlang’ich sinf o’qituvchisining mas’uliyati katta, chunki u umumiy ta’lim tizimining asosining, poydevorini yaratuvchi shaxsdir.
Yangi pedagagik texnalogiya, avvalo, shaxs tarbiyasiga qaratilgan bo’lib, uning ma’naviy, ma’rifiy tamondan to’laqonli rivojlanishini ta’milashi zarur.
Barcha yaxshi ishlar milliy ananalar, urf-odatlar ruxida amalga oshishi kerak. Bolani ezgulikga yetaklash o’qituvchining pedagagik mahoratiga ko’p jihatdan bog’liq. Buyuk alloma, inson mohiyatining muhandisi Ibn Sino o’zining ”Tib qonunlari” asarida shunday fikrni bayon qilgan: ” Tarbiyachining barcha xati-harakatlari ezgulikdan iborat bo’lmog’i lozim. Ezgulik bola ruxiyatiga ta’sir etib, u yoshlikdan faqat yaxshi ishlar ijodkori bo’lib qoladi”.
Buning uchun o’qituvchi yangi pedagogik texnalogiyalarni qo’llashga kirishishdan oldin uni loyihalab olishi kerak.
Maqsad, vazifalarni rejalab, so’ng dars mavzusi asosida interfaol usullardan birini qo’llashi, keyingi darslarda esa ularni takomillashtirishi, o’quvchilarda bu vazifalarni bajarishga ko’nikma hosil qilishi kerak.
Test savollari tizimini avvaldan tuzish, uni maqsadga qarab o’quvchilar tamonidan bajarilishini tashkil etishga qaratilishi zarur.
Atro-muhit bilan tanishtirish o’qish darslari bilan uzviy bog’lanadi. Sayr-sayohatlarga borish va ko’rganlarini o’qish darslarida gapirib berish, esda qolganlarini yozish, rasmda ifodalash o’quvchi bilan ishlash eng qiziqarli ishlardan biri bo’lib, unga hamma vaqt yangi-yangi shakl berish lozim.
Bolani zukkolikga, topqirlikga, xozirjavoblikga tayyorlash bu yangi pedagogik texnalogiyaning bir ko’rinishidir.
Pedagogik texnalogiya - barcha boshqariluvchi tashkiliy qismlar va ularning bog’liqligini taxlil qilish, tanlash, loyihalash va nazorat qilish yo’li bilan pedagogik samaradorlikni yuqori darajaga ko’tarish hamda bu borada tizimli yondashuvni joriy etishni ifodalaydi.
Pedagogik texnalogiya - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida XXI asrda davlatimizda ta’lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, o’quvchilarda xurfikirlilik, bilimga chanqoqlik, Vantanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakillanadi. Texnalogiya tushinchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1972-yilda kirib keldi va yunincha ikki so’zdan- texos(technt)-san’at, hunar va logos(logos)- fan, ta’limot so’zlaridan tashkil topib hunar fani ma’nosini anlatadi.
Pedagogik texnalogiya - bu o’qituvchi(tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ulardan oldin belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakillantirish jarayonidir.
Ananaviy ta’limda ona tilidan bilimlarning repraduktiv usulda berilishi natijasida(aqliy faoliyat harakatining pastligi tufayli) ayrim hollarda mavzuni tushinmasdan tinglash holatlari yuzaga keladi. Lekin shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilim olishga bo’lgan qiziqishini uyg’otish uchun ularning ma’lum darjada boshlang’ich bilimga ega bo’lishlarini taminlash zarur. Bu tildagi bilimlar zahirasi repraduktiv usulida yaratiladi.
Ona tili ta’limi jarayonida o’qituvchi va o’quvchi hamkorligini ta’minlaydigan praduktiv usullarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish dolzarb vazifalardan sanaladi. O’qitishning bunday usullari o’qitilayotgan fanga nisbatan o’quvchilarda qiziqish uyg’otadi, ularning mustaqil ishlash va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, o’rganilayotgan hodisaga munosabat bildira olish ko’nikmasini shakillantiradi. O’qitish usullari o’quvchilarning o’z fikirlarini og’zaki dalillar bilan ifoda etishi va savodli yozishi, o’zgalar fikriga munosabat bildira olishga erishniradi. O’quvchilarning ijodiy tafakkurini o’stiradigan praduktiv usullarini ona tili darslariga joriy etish o’qituvchidan u haqda nazaruy tushunchalarga ega bo’lishni talab etadi. Mahoratli, izlanuvchan o’qituvchigina o’qitishning ilg’or usullarini muvaffaqiyatli qo’llay oladi.
Kuzatishlar o’qituvchilarning darsdagi maqsadi va vazifalarini belgilash e’tibordan chetda qolayotganini ko’rsatadi.
Holbiki, ularning maqsad va vazifalarini belgilash pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi sanaladi.
Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar asosida o’tilayotgan dars xaritalarining ba’zilarida o’qituvchi va o’quvchining darsdagi maqsad va vazifalari aniq belgilanmoqda. Lekin bunday darslarning ham natijalari ham aniq xulosalanmagan. Asosan, yaxshi smaraga erishdik,degan yakun yasalgan. Ularda o’quvchilar oldiga qo’yilgan maqsadlarning qaysilariga erishilgani yoki erishilmagani va ularning sabablari ko’rsatilmaydi. Shuningdek, o’quvchilarning darsda qaysi vazifalarni astoydil, qiziqib bajargani, qaysilarni bajarmagani, bajara olmagani, bajarishni istamagani to’g’risida xulosa berilmaydi.
Narsa va shaxs harakatini bilrirgan so’zlar mavzusini o’rganishda ” Beshinchisi ( oltinchisi, yettinchisi,...) ortiqcha” metodidan foydalanamiz. Buni biz ” Ortiqchasini ajrat ” degan topshiriq bilan berdik. O’quvchilarga bir turkumdagi so’zlar ichiga boshqa turkumga doir so’zlar aralashtirib berildi. O’quvchilar ular ichidan boshqa turkumdagi so’zlarni ajratib olish sababini izohlab berishdi. Bu usulni biz kartochkalar yordamida va kompyuterda bajartirdik, ortiqchasini ajratishgandan so’ng mavzuga taalluqli so’zlarni husnixat bilan daftarlariga yozdirdik. Berilgan topshiriqlardan namunalar keltiramiz:
Narsa va shaxs harakatini nomini bildirgan so’zlar ichida ortiqchasini ajrat.
Daraxt , suv, osmon, ko’k,mard, kamalak,yomg’ir, tiniq.
Narsa va shaxs harakatini belgisini bildirgan so’zlar ichida ortiqchasini ajrat.
Baland, keng, choynak, piyola, tor.
Xulosa
Maktabda o’quv predmeti sifatida tilni o’rganish tizimi tilning barcha tomonlarini, ya’ni fonetikasi, leksikasi, so’z yasalishi va grammatikasining o’zaro ichki bog’lanishlariga asoslanadi.
Tilning barcha tomonlari o’zaro bog’lanishining ko’p qirraliligi, avvalo, uning aloqa vositasidagi vazifasida namoyon bo’lad. aloqa vositaligi tilning muhim xususiyati, asosidair. Bu vazifani tilning har bir qismi bohqa qimi bilan o’zaro bog’lanishda bajaradi. Har bir so’zga xos bo’lgan tovush shakli kishilarga aloqa uchun imkoniyat yaratadi.
Ammo so’zning tovuh qurulihi, shakli mazmuniz,aqlga ti’g’ri kelmaganidek, o’zicha yashamaydi. Istalgan tovushlar yig’indisi emas, balki ma’lum ma’no bildiradigan tovushlar yig’indisigina aloqa maqsadiga xizmat qilishi mumkin.
Fe’lning mavzusini o’rganishga tayyorgarlik 1-sinfdan boshlanadi:
O’quvchilar nima qildi?, nima qiladi? nima qilyapti? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlarni o’rganadilar.
Fe’l shaxs va narsalarning harakitini bildiradi. harakat keng ma’noda tushuniladi. masalan, holat ((o’tiribdi, uxlayapti), belgining o’zgarishi, ya’ni boshqa bir belgiga kirish ( qizardi, ko’kardi), kishi yoki narsaga munosabat ( xurmatlaydi, sevadi) kabilar ham harakat tushunchasiga kiradi.
Harakat bundan keng ma’noda tushunilishi boshlang’ich sinf o’quvchilariga qiyinlik qilishi tabiiy, chunki ular harakatni tor ma’noda, ya’ni harakatning o’zini tushunadilar.
O’quvchilarda fe’l haqidagi tushunchani tushunishlari shakllanishi uchun ularga ”harakat ” tushunchasini keng ma’noda anglatish darslik turli leksik ma’no bildiradigan fe’llardan foydalanish, fe’lga nima qildi? nima qildilar? nima qilyapti? nima qiladi? kabi savollarga so’roqni to’g’ri bera olishga o’rgatih lozim.
2-sinfada ” Narsa va shaxs harakatini bildirgan so’zlar ” mavzuini o’rganish uchun 12 soat ajratilgan.
O’quvchilar savollar yordamida so’zlar shaxs va narsalarning nomini hrakatini, belgisini ifodalashini bilib oladilar. So’zlarniso’roqlar yordamida farqlashga o’rgatih so’z turkumlarini o’rganishda bosh’lang’ich bosqich hisoblanadi.
2- sinfda bu mavzularni o’rganish bilan o’quvchilar lug’atini yangi fe’llar bilan boyitish, fikrni ifodalash uchun eng muvofiq fe’ldan foydalanishga o’rgatiladi.
Mavzu. Shaxs ( kishi)lar va narsalarning harakatini bildirgan so’zlar haqida tushuncha.
Maqsad: Shaxs va narsaning harakatini bildirib, nima qildi?, nima qilyapti? nima qiladi? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar bilan tanishtirish; shaxs va narsalar harakatini bildirgan so’roqlarga beriladigan so’roq bilan shu so’zning ma’nosini taqqoslash ko’nikmasini o’stirish.
Darsning borishi.
Kim?, nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni chap tomonga, nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni o’ng tomonga ustun shaklida yozing.
Bolalar ta’lim-tarbiya oladigan o’quv yurti. (Maktab)
Maktabda o’qiydigan bola. ( O’quvchi)
3. G’o’za ekilgan dala. ( Paxtazor)
4. Paxta yetishtiruvchi dehqon. ( Paxtakor)
5. Mevali daraxtlar ekilgan joy. ( Bog’)
Bog’ni parvarish qiladigan odam. ( Bog’bon)
Namuna : kim? O’quvchi. Nima? Maktab.
O’quvchilar bajargan ish tekshiriladi.
kim?, nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar nimalarni bildiradi? O’qituvchi xulosalaydi. Kim? so’rog’iga javib bo’lgan so’zlar kishilarning, nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar narsalarning nomini bildiradi.
Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar nimani bildirishi yuzasidan kuzatish.
Birinchi usul. O’quvchilar 211-mashqlarni topshiriqlarni tartibida bajaradilar; nima qildi?, nima qilyapti? nima qiladi? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar kishilar va narsalarning harakatini bildiradi, degan xulosaga keladilar.
Ikkinchi usul. O’qituvchi bolalarga nima qilish kerakligi yozilgan topshiriqli (masalan, xattaxtaga yozish, berilgan kitobni o’qish, rasmga qarab kishi va narsalar qanday ishni- harakatni bajarayotgani haqida gap tuzish kabi) kabi kartochkalarni tarqatadi. o’quvchilar topshiriqni bajarishga tayyorlanadilar. Ikki o’quvchi chaqiriladi, ulardan biri o’qituvchi aytgan so’zni doskaga yozadi; ikkinchisi berilgan kitobni o’qiydi; boshqa o’quvchilar ular bajargan ish- harakatni kuzatadilar; keyin bir necha o’quvchi berilgan rasmga qarab, gap tuzib aytadilar.
Kuzatish natijalari shakllantiriladi; o’qituvchi xattaxtaga, o’quvchilar daftarlariga quyidagi tartibda yozadilar:
Kim? Nima qildi?
qizcha yozdi
bola o’qidi
Nima? Nima qiladi?
qush uchadi
bulbul sayraydi
daryo oqadi
Chap ustundagi so’zlar qanday so’roqqa javob bo’ladi? ( Kim? yoki nima?) ular nimani bildiryapti? ( Kishi – shaxs va narsalarning nomini bildiradi.)
O’ng ustundagi so’zlar qanday so’roqlarga javib bo’lyapti? Ular nimani bildiryapti?
O’quvchilar nima qilyapti?, nima qiladi? so’rog’iga javob bo’ladigan so’zlar aytadilar.
Umumlashtirish. Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar kishilarning va narsalarning harakatini bildiradi.
Kishilarning va har xil narsalarning harakatini, ishini bildirgan so’zlarni aniqlab bilib olish.
212-213- mashqlarni bajarish.
Darslikdan qoidani o’qish, miollar aytish.
Hayvonlar qanday ovoz chiqarishini o’ylab toping va gap tuzing. o’qituvchi hayvon nomini aytadi, o’quvchilar gap tuzadilar. Ot kishnaydi, it vovullaydi. Mushuk miyovlaydi. Harakat bildirgan so’zlarga nim qiladi? so’rog’ini beradilar.
Og’zaki mashq. Topishmoqni o’qing.
Oyog’i yo’q, qochadi.
Qanoti yo’q, uchadi.
Tophmoqning javobi – tutunning harkatini bildirgan so’zlarni aniqlang, ularga so’roq bering. ( Nima qiladi? uchadi, qochadi.)
Darsni yakunlash.
Darsda nimalar haqida bilib oldingiz? Nimalar o’rgandingiz?
Uyga vazifa. 214 – mashq.
Mavzu. So’z – narsa, belgi, sanoq yoki harakatning nomi.
Maqsad. Nutq birligi bo’lgan so’z haqidagi tasavvurni shakllantirish: odamlar bilan aloqa,munosabat jarayonida gap va so’zning xususiyatlari haqidagi tasavvurni aniqlash.
Darsning borishi.
uy vazifasini tekshirish.
darsning maqsadini tushuntirish.
Gap nima? Bu haqda darlikdan o’qing. Qaysi mavzudan qidirasiz? ( Nutq. Matn. Gap.) o’quvchilar mundarijadan mavzu nomini o’qiydilar va drslikdan shu betini topadilar, gap haqidagi ma’lumotlarni o’qiydilar. O’zingiz qish fasli haqida gaplar tuzing. ( ular tuzga gaplardan biri izihalb yozdiriladi)
Gap nimalardan tuziladi? ( so’zlardan)
Drslikda berilgan so’roqni o’qing .( so’z nimalarni bildiradi?) Bu savolga qanday javob berasiz? ( o’quvchilar o’ylaydilar). Darsning maqsadi aytiladi:
So’z nima? So’z nimalrni bildiradi? so’rog’iga birgalikda javob beramiz.
So’z yuzasidan kuzatish.
Birinchi usul. Suhbat.
sinfdagi narsa buymlarning nomini ayting. ( Parta, xattaxta, stol, stul, javon, daftar,...)
Derazadan maktab hovlisiga ( ko’chaga) qarang. U yerda ko’ringan narsalarning nomini ayting. ( O’quvchilar ko’rgan narsalarini aytadilar, lekin kishilarni aytmasliklari mumkin) Hovlida kimlarni ko’ryapsiz? ( O’quvchi, o’qituvchi, bola, ...)
Siz narsa va shaxslarning nomini aytish uchun nimadan foydalandingiz? (so’zlardan) Narsalarni bildirgan so’zlardan beshtasini yozing. ( So’z aytib turish bilan yozdiriladi)
Har bir narsaning o’z belgisi bor. ( Oqituvchi biror narsani, masalan, qandni,olmani ko’rsatadi.)
Bu nima? ( Qand) Qandning rangi qanaqa? (Oq) Mazasi qanday? ( Shirin) Shakli qanaqa? ( Dumaloq) Olma nechta?
Siz narsa buyumning ( qand, olmaning) belgisini ( rangini, mazasini, shaklini) va sonini aytish uchun nimadan foydalandingiz? ( so’zdan) Demak, so’z narsa –shaxslarning belgisini va sonini bildiradi.
Narsalar ( hayvonlar, jonivorlar,qushlar, …) va kishilar ( shaxslar) biror ishni yoki harakatni bajaradilar.
( Masalan, ot, o’quvchi rasmi ko’rsatiladi.) Ot nima qiladi? ( Yuradi, tashiydi, chopadi.) O’quvchi nima qiladi? ( O’qiydi,yozadi,so’zlaydi, …) Narsa va kishilar bajargan ish harakatni aytishda nimadan foydalandingiz? ( so’zdan) Demak, so’z narsa va kishilarning harakatini bildiradi.
Odamlar atrof – muhitda mavjud bo’lgan hamma narsa – shaxslarni, ularning belgilarini va harakatlarini juda e’tibor bilan kuzatadilar hamda ularning barchasiga nom qo’yadilar. Agar narsa va shaxslar so’z bilan atalmasa,biz bir – birimizni hech tushuna olmaymiz va har vaqt bir – birimizni hech tushuna olmaymiz va har vaqt bir –birimizga fikrimizni tushunishni juda qiyinlashtiradi. So’z nima? So’z nima uchun kerak?
O’quvchilar xulosani darslikdan o’qiydilar.
Ikkinchi usul. O’quvchilar sarlavha tagida berilgan savolga javob berish uchun shu betda berilgan topshiriqlarni bajaradilar, bir necha so’zni yozadilar, o’qituvchi yordamida xulosa chiqaradilar va darslikdagi xulosani o’qiydilar.
155-mashq.
IV. So’z va gapning nutqimizdagi ahamiyatini taqqoslash.
O’quvchilar 156-157- mashqlarni bajaradilar, darslikdagi xulosa ustida ishlaydilar.
V.” Tilimizda so’zlar n nima uchun juda ko’p?” savoliga birgalikda javob topish. ( Atrofimizda har xil narsalar, o’simliklar ko’p, o’rmonlarda turli xil daraxt va hayvonlar, daryo va ko’llarda har xil baliqlar ko’p. ... Ularning hammasining nomi bor. Kishilar xilma-xil ish harakatni bajaradilar. Bularning ham nomi bor. Har bir narsaning bir necha xil belgisi va soni, sanog’i mavjud, ularning ham nomi bor va boshqalar. Ana shular uchun ham tilimizda so’zlar juda ko’p.)
Darsni yakunlash.
Darsda nimalarni bilib oldingiz?
Uyga vazifa. 158- mashq.
So’z va gap haqida darslikdan o’qish bilish. Tilimizda yangi so’zlar yaratiladimi? savoliga javob berishga tayyorlanish.
Dostları ilə paylaş: |