20-MAVZU. PULNING XALQARO MUNOSABATLARDAGI XARAKAT REJA: 20.1.Pulning xalqaro munosabatlardagi harakatini yuzaga keltiruvchi omillar. 20.2.Valyuta kategoriyasi tushunchasi 20.3.Valyutalarning turlari 20.4.Valyuta tizimi 20.5.Jahon valyuta tizimi evolyutsiyasi 20.6.Valyuta kursi va unga ta‘sir etuvchi omillar 20.7.Valyutaning xarid qobiliyati 20.8. Savdo balansi, to‘lov balansi va ularning holati Tayanch iboralar : (Valyuta Kategoriyasi, valyuta kursi, Savdo balansi, to’lov balansi, Jahon valyuta tizimi, Milliy valyuta, oltin bozorlari, Xalqaro zahira aktivlari, Zahira valyutalari, Valyuta konvertatsiyasi, Xizmatlar balansi, Hisob-kitob balansi, ISO kod) 20.1.Pulning xalqaro munosabatlardagi harakatini yuzaga keltiruvchi omillar.
Kirish Kapitalningxalqaroharakati - bukapitalning cheteldajoylashtirilishi ` vafaoliyatqilishi. U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi:
- xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yo`li bilan harakati ko`pincha mustaqil shakl sifatida ajratiladi.
- pul va tovar shaklida. Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar,
patentlar, nau-xau hamda tovar kreditlari shaklida bo`lishi mumkin.
- qisqa va uzoq muddatli kreditlar shaklida;
- ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida.
Ssuda shaklidagi kapital quyilmalar bo`yicha foiz, tadbirkorlik shaklidagi kapital esa foyda keltiradi. Tadbirkorlik kapitali to`g`ridan-to`g`ri va portfeli investitsiyalardan iborat bo`ladi. To`g`ridan- to`g`ri investitsiyalar shu kapital hisobiga qurilgan ob’ekt (korxona)lar ustidan nazorat qilish huquqini beradi, portfelli investitsiyalar esa bunday huquqni bermaydi. U odatda aksiya paketlari hamda obligatsiya va boshqa qimmatli qog`ozlar shaklida beriladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o`z ifodasini mehnat resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko`chib o`tishida topadi. Xalqaro migratsiya jarayonini iqtisodiy omillar bilan birga siyosiy, etnik, madaniy, oilaviy va boshqa xarakterdagi omillar ham taqozo qiladi. Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni o`z ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya. Emigratsiya-mamlakatlardan doimiy yashash joyiga chiqib ketishni, immigratsiya-mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishni bildiradi.