1) kontakt(yondosh)metateza - yonma-yon kelgan tovushlaming o‘rin almashinuvi: daryo - dayro, o'rgat - o'grat, surpa - supra kabi;
2)distant(oraliq)metateza- bir-biridan uzoqroqda joylashgan tovushlarning o‘rin almashinuvi: paypoq - payqop, aylanayin - aynalayin kabi.
Aferezis - oldingi so'zning so‘nggi tovushi ta’sirida keying so'z boshidagi tovushning tushishi: ne uchun - nechun, mulla aka - mullaka kabi.
Eliziya(lot. elision - siqmoq, itarib chiqarmoq) unli tovush bilan tugagan so'zga unli bilan boshlangan so'zning qo'shilishi natijasida bir unli tovushning tushish hodisasi: bora oladi —boroladi, коlra olmoq -к о ‘rolmoq, dili orom -Dilorom kabi.
Geminatsiya(qo‘sh undoshliiik) - so‘z tarkibida ikkita bir xil undoshning qavatlanishi: rosa - rossa, toza tozza, maza – mazza kabi.
Diereza(yoki tushirib qoldirmoq) hodisasi undosh tovushlarni talaffuzdan tushirib qoldirish bilan izohlanadi: go ‘sht (go 'sh), rost(ros), surimoq (surmoq), iandir (tanir) kabi.
Nazorat uchun savollar: 1.Til sistеmasini tashkil etuvchi asоsiy sathlar qaysilar?
2. Til sathlari o‘rtasida o‘zaro qanday uzviy alоqadоrliklar mavjud?
3. Fоnеtik-fоnоlоgik sathning o‘rganish ob’yekti nimalardan iborat?
4. Leksik sathning o‘rganish ob’yekti nimalardan iborat?
5. Grammatik sathning o‘rganish ob’yekti nimalardan iborat?
6. Fonologiya qanday soha? U qanday masalalarni o'rganadi? Fonologiyaning asoschisi kim?
7. Fonema nima?
8. Fonetika va fonologiya sohalari qanday umumiy hamda farqli xususiyatlarga ega?
9. Hozirga qadar qanday fonologiya nazariyalari yaratildi?
10.0‘zbek tilshunosligida fonologiya sohasi qaysi tilshunoslar tomonidan o'rganildi?
11. Fonetik pozitsiya nima?
12. Segmentatsiya nima?
13. Nutqning fonetik bo‘linishi deganda nimani tushunasiz?
14. Nutq qanday fonetik biriiklarga bo‘linadi?
15. Fraza nima?
16. Takt deb nimaga aytiladi?
17. Bo‘g‘in qanday ta’riflanadi?
18. Bo‘g‘inning qanday tur va tiplari bor?
19. Sillabika bo'limi qanday masalalami o'rganadi?
20. Urg‘u deb nimaga aytiladi?
21. 0 ‘zbek tilidagi urg‘u qanday xususiyatlarga ega?
22. Urg‘uning qanday turiari bor?
23. Fonetik hodisalar qanday omillar va sabablarga ko‘ra yuzaga keladi?
24. Fonetik hodisalarning qanday turiari bor?
25. Pozitsion o'zgarishlarga qanday hodisalar kiradi?
26. Kombinator o‘zgarishlar deganda nimani tushunasiz?
27. Assimilyatsiya nima? Uning qanday turiari bor?
28. Dissimilyatsiya qanday hodisa?
29. Reduksiya qanday hodisa?
30. Metateza nima?
31. Ditreza hodisasini izohlang.