V - lot. vokalizm - unli tovushlar tizimi;
С - lot. konsonantizm - undosh tovushlar tizimi.
O’zbek tilida bo‘g‘inlarning quyidagi tiplari uchraydi:
1. Faqat bir unlini o‘zidangina tuzilgan bo‘g‘in: о‘-tin, i-chak, и, a-ka. Tuzilishi: V
2. Bir unli va bir undoshdan iborat bo‘lgan bo‘g‘in. Bunday bo‘g‘in undosh va unlidan iborat (ochiq) va unli va undoshdan iborat (yopiq) bo'lishi mumkin. Unli - undosh: ish, osh, uch. Tuzilishi: VC.
Undosh - unli: ta-na, to‘-ra, to-g'a, ko'-cha. Tuzilishi: V.
3. Bir unli va ikki undoshdan iborat bo‘lgan bo‘g‘in. Bunday bo‘g‘in unli, undosh, undoshdan iborat (yopiq); undosh, unli,undoshdan iborat (yopiq) va undosh, undosh, unlidan iborat (ochiq)bo'lishi mumkin: Unli - undosh - undosh: ayt, ilm, erk, ost. Tuzilishi: VCC.
Undosh - unli - undosh: bor, ber, bur-gut, bul-bul. Tuzilishi: SVC.
Undosh - undosh - unli: sta-kan, pre-zident so'zlarining birinchi bo‘g‘ini Tuzilishi: CCV. Ko'rib turganingizdek, bo‘g‘imning bu shakli o'zlashma so‘zlarda uchraydi.
4. Bir unli va uch undoshdan iborat bo'lgan bo'g'in: Undosh —unli - undosh - undosh (yopiq bo'g'in): shart, barg, to'rt, qurt.Tuzilishi: CVCC.
Undosh — undosh - unli - undosh (yopiq bo‘g‘in): plan, krem, prob-lema. Tuzilishi: CVCC
5. Bir unli va to'rt undoshdan iborat bo'lgan bo'g'in: unli - undosh - undosh, undosh - undosh (yopiq, bo‘g‘in): Ernst.Tuzilishi: VCCCC; undosh -unli - undosh - undosh - undosh(yopiq bo'g'in): tekst, punkt. Tuzilishi: CVCCC;
Undosh - undosh - unli - undosh - undosh (yopiq bo‘g‘in): front, start, trans-port. Tuzilishi: CCVCC.
Bo'g'in va uning tuzilishi boshqa tillarda ham tilimizdagi kabi, lekin o‘z navbatida, farqli tomonlar ham mavjud. Masalan, fors tilida ham so‘zlar bir bo'g'inli va ko‘p bo'g'inli bo'ladi. Fors tilida ham bo'g'in, o'zbek tilidagi kabi, unlilar yordami bilan hosil bo'ladi. Har bo'g'inda bitta unli bo'lishi shart. Shuningdek, o'zbek tilidagidek, ochiq va yopiq bo'g'inli bo'ladi:
Yopiq bo'g'inli
|
Ochiq bo'g'inli
|
Roh —yo ‘l
b o g‘-b o g‘
|
po — oyoq
ohi — olxo‘ri
|
Bulardan tashqari, bo'g'inlar fors tilida uzun va qisqa bo'g'inga bo'linadi. Agar bo'g'in tarkibida cho'ziq unli bo'lsa, uzun bo'g'in; qisqa unli bo'lsa, qisqa bo'g'in deyiladi:
Uzun bo‘g‘inli
|
Qisqa bo‘g‘inli
|
ob - suv
osheq - oshiq
|
lab — lab
ashk - ко‘zyoshi
|
Arab tilida esa har bir bo'g'inda unli bilan birga undosh ham bo'lishi shart. Bo'g'inlar undoshlardan boshlanadi. Shuni aytish kerakki, arab fonologiyasidagi bo'g'in tushunchasi o'zbek tilidagidan bir muncha farq qiladi. Chunonchi, o'zbek tilidagi qoidaga asosan, bo'g'in yasash uchun birgina unli kifoya.
Arab tilida bo‘g‘inlaming uch turi mavjud: qisqa, cho'ziq, o'ta cho'ziq.
1. Qisqa bo'g'in tuzilishi: -ka, -ta,- ba, -da, -ra, -sa.
2. Cho‘ziq bo'g'in tuzilishi: a) yopiq: -dar-sim, -bay-tun;
b) ochiq: -ka-la, -па- та;
3.O’ta cho‘ziq bo‘g‘in tuzilishi: -dal, -lim, -mar, -run. Jumladan, rus tilida ham bo'g'in tuzilishi o'zbek tilidagidan farqlanmaydi va unda ham unli bilan tugagan bo‘g‘inlar ochiq, undosh bilan tugagan bo'g'inlar yopiq bo'g'in hisoblanadi.
Ochiq bocg‘inli
|
Yopiq bo‘g‘inli
|
|
go-lo-va
go-ra
|
Chet-verg
tok
|
|
Shuni alohida aytish joizki, yuqorida tilga olingan bo‘g‘in tuzilishi tiplarining hammasi rus tili uchun xos. Bo‘g‘in savod o‘rgatishda, yozuvda so'zlarni bir satrdan ikkinchi satrga ko'chirishda, adabiyotshunoslikda she’r vaznlarini belgilashda amaliy ahamiyatga ega
Fonetikaning bo‘g‘in, uning turlari va tiplarini o‘rganuvchi bo‘limi sillabika (grek. sillabika bo‘g‘inga teng) deb ataladi.Tilshunoslik va adabiyotshunoslikda sillabik yozuv, sillabik she’r kabi terminlar ham qo'llanadi.
So‘z tarkibidagi bo‘g‘inlardan yoki gap tarkibidagi bo'laklardan birini boshqalaridan ajratib, alohidalab kuchli talaffuz qilish urg‘u deyiladi.
Urg‘u uch turga bo'linadi:
a) dinamik urg‘u;
b) musiqiy urg'u;
s) kvantitativ urg'u.
Tovush kuchining o‘zgarishiga asoslangan urg'u dinamik urg‘u deyiladi. Dinamik urg'u tushgan bo'g'in boshqa bo'g'inlarga nisbatan kuchli talaffuz qilinadi. Rus, ukrain, polyak, nemis, fransuz,lot., ispan, fors tillaridagi urg'u dinamikdir.
Musiqaviy urg‘uda ovoz tonining ko'tarilishi yoki pasayishi kuzatiladi. Bu urg‘u xitoy, vetnam tillarida uchraydi. Uni tonik urg‘u deb ham atashadi.
Tillar erkin va turg'un urg'uli bo'lishi ham mumkin. Masalan, o'zbek, fransuz, polyak tillari turg‘un urg‘uli bo‘lsa, rus, ingliz, nemis tillari erkin urg‘uli sanaladi.
Urg‘u qanday birliklarda bo'lishiga ko‘ra ikki turli bo'ladi:
1) so'z urg'usi;
2) ma’no urg'usi.
So‘zdagi bo'g'inlardan birini alohidalab, kuchliroq talaffuz qilish so‘z urg‘usi deyiladi. Masalan, paxtakor, ishchi, suvchi kabi. So'z urg'usi leksik urg‘u deb ham yuritiladi.
Hozirgi o‘zbek tilida so‘z urg‘usi quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Urg‘u asosan so'zning oxirgi bo'g'iniga tushadi: suvchi, g'allazor, aqlli kabi.
2. So'zga qo‘shimcha qo'shilish bilan urg'u so'zning oxirgi bo‘g‘iniga ko‘chib boradi: ishchi - ishchilar, paxtakor - paxtakorlar, ishchilarimiz-ishchilarimizga, paxtakorlarimiz – paxtakorlarimizga kabi.
3. O'zbek tiliga arab, fors-tojik, rus va boshqa xorijiy tillardan o'zlashgan so'zlarda so'z urg'usi birinchi va o'rta bo'g'inlarga ham tushishi mumkin: hamта, hatto, ammo, zero, traktor kabi.
4. Urg'u so'z ma’nosini farqlashga xizmat qiladi: qo'llar (ot) - qo'llar (fe’l), olma (ot) - olma (f'e’l), yigitcha (ot) -yigitcha (ravish) kabi.
5. O'zbek tilida quyidagi qo'shimcha va vositalar so'z urg'usini olmaydi:
a) fe’llardagi shaxs-son qo'shimchalari: -man, -san,-dir, -miz, -siz: yozaman, o’qiyman, yozamiz, yozasiz kabi;
b) dona va chama son shaklini yasovchi qo'shimchalar: ikkov, minglab, о’ntacha kabi;
d) ravish yasovchi qo'shimchalar: -cha,-day,-dek: yigitcha, oydek, gulday kabi.
e) fe’lning bo'lishsizlik shaklini yasovchi -та qo'shimchasi: yozma, о 'qima kabi;
f) yuklamalar: -и, -yu, -ku, -mi, -chi, -oq, -yoq: sen-chi, bor-mi, bor-ku kabi. Masalan, gapirmasinmi so'zida fe’lning bo'lishsizlik shakli -та, shaxs-son qo'shimchasi -sin, -mi yuklamasi urg‘u olmasligi bois urg'u ikkinchi bo‘g‘inga; osmon uzra qo'shilmasida esa uzra ko‘makchisi urg‘u olmasligi bois osmon so‘zining oxirgi bo‘g‘iniga tushadi.
Gapdagi bo’laklardan birining ma’nosini ta’kidlash maqsadida kuchliroq ohang bilan aytilishi ma’no urg‘usi deyiladi. Ma’no urg'usi gap urg‘usi, mantiqiy (logik) urg‘u, frazaviy urg‘u deb ham ataladi.
Ma’no urg‘usi olgan bo'lak gapda ko‘pincha kesimdan oldin keladi: Men Sizni ko'rgani boraman. Sizni ко’rgani men boraman. Urg‘uning tabiatini, tur va tiplarini hamda vazifasini fonetikaning aksentoiogiya (lot. accenlus - urg‘u; logos - ta’limot) bo‘limi o'rganadi.
Dostları ilə paylaş: |