3-amaliy mashg‘ulot mavzu: Transformizm bilan kreotsionizm o’rtasidagi kurash Mashg’ulotning ta’lim maqsadi



Yüklə 22,06 Kb.
səhifə1/2
tarix09.12.2023
ölçüsü22,06 Kb.
#138680
  1   2
3.A.E.......


3-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Transformizm bilan kreotsionizm o’rtasidagi kurash
Mashg’ulotning ta’lim maqsadi: Talabalarga Transformizm g‘oyaIarinmg paydo bo‘lishi haqidagi ta’limotning vujudga kelishini tushuntirish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: Transformizm g‘oyaIarinmg paydo bo‘lishini tushuntirish orqali talabalar ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.
Mashg’ulotning rivojlantirish maqsadi: Talabalarning Transformizm g‘oyaIarinmg paydo bo‘lishi haqidagi bilimlarni ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Jihozlar: Mavzuga oid rasmlar, jadvallar, slaydlarning slaydini ekran orqali namoyon qilish.
Mavzu mazmuni: Transformizm bu haqiqiy evolyutsion ta ’limot bo‘lmay, uning boshlang'ichidir. Chunki u bir tur ikkinchi turga aylanishi haqidagi g‘oyani himoya qilsada, biroq bu jarayonning barcha omil va sabablarini chuqur o'rganmagan. Transformizm oqimini rivojlantirishda va kreasionizmga qarshi kurashda rus olimlari М.V.Lomonosov, К. T. Volf, A.N. Radishchev va fransuz olimi J. Byuffon hamda XVII asr fransuz materialistlari D.Didro, P. Golbax, K.Gelvetsiy, J.Lamettrilar muhim rol o‘ynadi. М.V. Lomonosov (1711 — 1765) rus tabiatshunoslari orasida birinchi bo‘lib, moddalar doimo harakatda, o‘zgarishda deb tasavvur qilgan. Transformizm oqimi rus olimi Kaspar Volf (1733—1794) ijodida yanada rivojlantirildi. Volf o‘sha davrda keng tarqalgan organik formalar o'zgarmas, rivojlanish faqat o‘sish, miqdor o‘zgarishlaridan iborat, degan g‘oyalarga qarshi chiqdi.
Fransuz tabiatshunoslaridan Jorj Byuffon (1707—1788) transformizmni evolyutsionistik oqim bilan birga rivojlantirgan olimlar qatoriga kiradi. U o‘z asarlarida tabiyotshunoslikning eng murakkab va dolzarb masalalarini, chunonchi, koinot, yer tarixi, hayot paydo bo’lishi, rivojlanishi, tabiatda o‘simliklar va hayvonot olamining taqdiri, odamning tabiatdagi o‘rni kabi masalalarni diqqat markazida tutadi. U o‘simliklar bargi, guli, mevasi, urug‘i va boshqa organlarining rivojlanishini mikroskopda o‘rganib, ularning hammasi juda oddiy tuzilgan differensiyalanmagan pufakchalar-«sharchalarga» ega do‘ngliklardan hosil bo’lganligini, binobarin, organlar oldindan shakllanmaganligini ta'kidlaydi. U jo‘janing rivojlanishini o‘rganib, tuxumda hech qanday tayyor organ yo‘qligini, u asta-sekin rivojlanishini, masalan, dastlabki ichak oldin plastinka, so‘ng tarnov va nihoyat nay shaklida bo’lishini, nayga o'xshash qismlardan jigar va ovqat hazm qilish organlari rivojlanishini ta’kidlaydi. Nerv sistemasi ham oldin oddiy plastinka, keyin nerv nayini va nihoyat miya pufakchalarini — bo’lajak miya asosini hosil qiladi. 0‘z kuzatishlariga asoslangan Volf preformistlar fikri tamomila asossiz, degan xulosaga keldi va epigenez nazaryasini e’lon qildi. U epigenez nazariyasini organizmlarning faqat shaxsiy rivojlanishiga emas, balki tarixiy rivojlanishiga ham tatbiq etdi hamda tabiat doim o‘zgarishda, rivojlanishda ekanligini tan oldi. Oziq, yoruglik, harorat, havo, namlik esa o'zgaruvchanlik sabablari ekanligini ta’kidladi. Masalan, Peterburgdan Sibirga ko‘chirilgan o'simliklar tanib bolmas darajada o‘zgarishini, ular janubga ko'chirilganda Sibir o‘simliklariga ham, Peterburg o‘simliklariga ham o‘xshamasligini, o'simliklar tabiiy sharoitdan dala, bog‘ sharoitiga ko‘chirilganda ham yangi turlar hosil bo’lishini qayd etdi.
Fransuz tabiatshunoslaridan Jorj Byuffon (1707—1788) transformizmni evolyutsionistik oqim bilan birga rivojlantirgan olimlar qatoriga kiradi. U o‘z asarlarida tabiyotshunoslikning eng murakkab va dolzarb masalalarini, chunonchi, koinot, yer tarixi, hayot paydo boiishi, rivojlanishi, tabiatda o‘simliklar va hayvonot olamining taqdiri, odamning tabiatdagi o‘rni kabi masalalarni diqqat markazida tutadi. Byuffon taxminiga ko‘ra, Quyoshdan ajralgan cho’q holdagi moddadan yer paydo bo‘lgan. So'ngra u asta-sekin sovigan. Sovish qutblarda tezroq ro’y bergan. Sovish tufayli bug' quyuqlashib, suvga aylangan va jala tarzida yog'ilgan. Hayot dastlab anorganik tabiatdan hosil bo‘lib, organik molekulalardan mayda tirik moddalar tashkil topgan. Xuddi shu yo‘l bilan quruqlikda ham tuzilish darajasi har xil bolgan organizmlar rivojlangan. U yerning turli tarixiy davrlarda o‘zgarishida, qit’alar shakllanishida suvning rolini, yer po'stlogining o'zgarishida daryolar, shamol, toshqin va suvlarning ahamiyatini ko‘rsatdi. Uning asarlarida tabiatning bir butunligi haqidagi fikrlar targ‘ib qilindi. Byuffonning yer tarixi, o‘simliklar bilan hayvonlarning o‘zgarishi to'g'risidagi qarashlari o‘sha davrda juda ilg‘or bo‘lib, hukmron teleologik dunyoqarashga tamomila qarama-qarshi edi. Shu sababli ham Fransiya Fanlar Akademiyasi Byuffon ta’limotini bema’ni deb topdi va uning asarlarini yondirib yuborishga farmon berdi Byuffon esa omma oldida o‘zining ilg'or fikrlaridan voz kechishga majbur bo‘ldi.

Yüklə 22,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin