Jismoniy ish bo‘yicha optimal bo‘lgan mehnat sharoitlari: • Yengil (1a). Bu ishlar o‘tirib bajariladi va jismoniy zo‘riqishni talab etmaydi. Bunday ishda
kuch-quvvatning sarflanishi 139 Vt dan oshmaydi.
• Yengil (1b). Bu ishlar o‘tirib, turib va yurish bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum bir jismoniy
zo‘riqish bilan kuzatiladi. Kuch-quvvatlarning sarflanishi 140-174 Vt ni tashkil qiladi.
Ruhsat etilgan mehnat sharoitlari:
• O‘rtacha og‘irlikda (IIa). Yurib turib, o‘tirgan yoki turgan holatda (1kg gacha) bo‘lgan
narsalarni ko‘chirish bilan bog‘liq bo‘lgan ish aniq jismoniy zo‘riqishni talab etadi. Kuch-
quvvatlarni sarflanishi 175-232 Vt ni tashkil qiladi.
• O‘rtacha og‘irlikda (IIb). Turgan holatda, yurganda bajariladigan, (10 kg gacha) yuklarni
tashish bilan bog‘liq bo‘lgan ish o‘rtacha zo‘riqish bilan kuzatiladi. Kuch-quvvatlarni sarflanishi
233-292 Vt ni tashkil qiladi.
Zararli mehnat sharoitlari:
• Og‘ir (III). 10 kg dan ortiq yuklarni doimiy ko‘chish, ko‘chirish, tashish bilan bog‘liq
bo‘lgan ish o‘rtacha zo‘riqish bilan kuzatiladi (2-jadval).
2
-jadval. Mikroiqlim ko‘rsatkichlari Nazarot savollari 1. Ishlаb chiqаrish sаnitаriyasi nimа?
Y il fasli Ish k ate gor iy asi Haro rat, oS Nisb i y n am l ik , % Havo n in g h ar a k ati, m |s At m