3-mavzu: antik davrlardan VII asrgacha tarbiya va pedagogik fikrlar. Reja



Yüklə 49,93 Kb.
səhifə4/16
tarix23.04.2023
ölçüsü49,93 Kb.
#125771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
3-mavzu antik davrlardan VII asrgacha tarbiya va pedagogik fikr

Qadimgi Yunonistonda pedagogik nazariyalarning tug’ilishi
Yunonistonda maktab va madaniyatning tez rivojlanishi pedagogika nazariyasining tug’ilishiga imkon yaratdi. Pedagogika nazariyasiga olim va faylasuflardan Suqrot, Platon, Aristotel va Demokritlar asos soldilar. Quyida bu faylasuf olimlar haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Suqrot(Sakrat). (yeramizdan avvalgi 469-399-yillar) o’zining ijtimoiy kelib chiqishiga qaramay (Suqrot haykaltaroshning o’g’li edi) konservativ zamindor aristokratlarning ideologi edi. Bu albatta uning falsafiy va pedagogik qarashlarida o’z aksini topdi. Suqrot dunyoning tuzilishini, buyumlarning fizik holatini bilib bo’lmaydi, odamlar faqat o’zlarinigina bilishi, axloqni kamol toptirishi lozim deb hisoblar, faylasuf bo’lishi bilan birga ajoyib notiq ham edi. Keng maydonlarda so’zga chiqar, axloqqa doir masalalar yuzasidan suhbatlar o’tkazar, tinglovchilarni savol-javob yo’li bilan haqiqatni topishga undar edi. Bu «Suqrot metodi»(Yevristik) nomi bilan fanga kirgan.
Suqrot — falsafiy dialektikaning asoschilaridan biri. Baxs orqali, ya’ni muayyan masalalarni o’rtaga qo’yish va ularga javob topish yo’li bilan haqiqatni aniqlash mumkin deb uqtiradi faylasuf.
Aristotelning yozishicha Suqrot mavjud haqiqatdan umumiy tushunchalarga o’tish haqidagi induktiv ta’limotni hamda har bir narsaning mohiyatini bilishning birinchi imkoniyatini beradigan tushunchalarni aniqlash haqidagi talimotni yaratgan. Suqrotning etika sohasidagi asosiy tezislari quyidagilardan iborat: ezgulik bilimdir, donishmandlik, ya’ni yaxshilikni biluvchi yaxshilik qiladi; yomonlik qiluvchi yesa yaxshilikni yo bilmaydi yoki pirovardida yaxshilikning tantanasi uchun yomonlik qiladi. Suqrotning ta’biricha, aql bilan axloq o’rtasida ziddiyat bo’lishi mumkin yemas. Ulug’ faylasuf tarbiyada axloqiy, yestetik, jismoniy tarbiya mezonini ishlab chiqdi. Lekin Suqrotning axloqiy qarashlarida tengsizlikni yaqqol sezish mumkin. Uning fikricha, axloq faqat imtiyozli «mumtoz»largagina xos, «mumtoz» kishilar haqiqiy axloqning yagona egalari bo’lganliklari uchun hokimiyat ham ularning qo’llarida bo’lmog’i kerak deydi.
Suqrot davlat boshqaruvining monarxiya, tiraniya, aristokratiya, politiya va demokratiya kabi shakllarini tanqid qilgani uchun ayblanib, o’lim jazosiga hukm qilingach o’z ixtiyori bilan zahar ichgan.

Yüklə 49,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin