Birinch kompyuterlarda monitor bo`lmagan, faqat yonib – o`chuvchi diodlampalar va
natijalarni qog`ozga chop qiluvchi printer bo`lgan. Kompyuter texnikasi rivojlanishi bilan monitor
paydo bo`lgan va hozirgi vaqtda u kompyuterning asosiy qurilalardan biri bo`lib xizmat qiladi.
Monitor – bu chiqarish qurilmasi bo`lib, kompyuterda matnli va grafikli ma’lumotlarni
tasvirlash uchun xizmat qiladi. Monitorlar rangli va rangsiz bo`ladi. Foydalanuvchilarning nuqtayi
nazariga ko`ra, monitorlarning asosiy xarakteristikalari quyidagilar hisoblanadi:
dioganal bo`yicha o`lchami;
tasvirlash
qobilyati;
regeneratsiya chastotasi.
Monitor o`lchami. Monitor ekrani dioganal bo`yicha dyuumlarda
hisoblanadi. O`lchamlar 9 duyyimdan (23 sm) to 42 dyuum (106 sm) orasida o`zgaradi.
Ekran qancha katta bo`lsa, monitor shuncha qimmat bo`ladi. Hozirda 14, 15, 17, 19 va 21
dyuumlilar keng tarqalgan. Katta o`lchamdagi monitorlarni nashiryotda va grafik ishlarda ishlatish
qulay bo`lib, ekranda tasvirning barcha detallairni yaqqol ko`rinadi.
Tasvirlash qobilyati. Tasvirlash qobilyati ekranning gorizontali
va vertikalidagi nuqtalar
soni bilan beriladi. Ya’ni, tasvirlarni hosil qilishda ularni hosil qiluvchi piksellar (nuqtalar)
o`lchovining katta – kichikligidir. “Tasvirlash qobilyati 800x600 ” ifodasi, monitor 600 ta
gorizontal qatorning har birida 800 tadan nuqtalarni tasvirlashi mumkinligini anglatadi. Quyidagi
tasvirlash qobilyati rejimlari standart hisoblanadi: 800x600, 1024x786, 1152x864 va yuqori.
Monitorning bu xususiyati ekran nuqtalarining o`chovlari bilan aniqlanadi.
Tasvirlash qobilyati
800x600 ga teng bo`lgan monitorlarda yaxshi tasvir piksel 0,31 mm ga, 1024x786 ga teng bo`lgan
monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25 mm ga teng bo`lishi kerak.
Tasvirlash qobilyati qancha
katta bo`lsa shuncha tasvir sifati oshadi. Monitorning tez ishlashi uning adapteriga bog`liq bo`ladi.
Matn rejimida monitorlar nisbatan tez ishlasa – da, grafik rejimda u sekinroq ishlaydi.
Dostları ilə paylaş: