3-mavzu: O'rta osidagi dastlabki va temuriylar davrigacha bo'lgan iqtisodiy g’oyalar reja: «Buyuk ipak yo'li»



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə13/14
tarix24.10.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#130850
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
3-mavzu O\'rta osidagi dastlabki va temuriylar davrigacha bo\'lga

Asosiy tushuncha va iboralar
Iqtisodiyotni boshqarish (Devoni buzruk va devon); vazirlar vakolati; er egaligining 5 ko'rinishi; ulufa (oziq-ovqat, maosh); soliqqa tortish tartibi; tanho; Ulug'bek islohotlari; «Fulusiy adliya» tashqi savdoga e'tibor; tamg'a bojidagi o'zgarishlar; A.Navoiyning «Vaqfiya» (1482), «Mahbub-ul qulub» (1500) asarlari; Zahriddin Muxammad Boburning «Mubayyin», «Zakot tug'risida asar» kitoblari; «Hiroj», «Muqassam», «Muvazzar».
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1.Amir Temur davlatining ilmiy qonun qoidalari qaysi asarda keltirilgan?
2.Amir Temur davridagi davlatni boshqarish tartibi qanday bo'lgan?
3.Amir Temur davridagi soliq tizimi va maoshni belgilashning xususiyatlarini so'zlab bering?
4.Ulug'bek davridagi islohotlar qaysi sohani barqarorlishtirishga qaratilgan?
5.Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g'oyalarning mohiyatini gapirib bering?
6.Alisher Navoiyning «Vaqfiya» asarida qanday iqtisodiy g'oyalar bayon etilgan?
7.Zahiriddin Muhammad Boburning iqtisodiy g'oyalari qaysi asarlarda bayon etilgan.
8. «Akbarnoma»da qanday iqtisodiy g'oyalar ilgari surilgan?
9. «Fulusi-adliya» - deganda nima tushuniladi va u qaysi davrga tegishli.
10. A.Navoiy boylikni to'plashning qanday yo'llari to’g’risida gapirgan?
QISQACHA XULOSALAR
Milliy iqtisodiy tafakkurning shakllanishida Markaziy Osiyodagi donishmandlarning hamda, xalq og'zaki ijodi namunalarining ahamiyati shubhasiz muhim o'rin tutadi. Bunday g'oyalar shakllanishining asosini «Avesto» dagi tarixiy boy manba tashkil etadi. Keyingi bosqichni esa islom ta'limotining O'rta Osiyoga yoyilishi bilan bog'lash mumkin. Jumladan, Markaziy Osiyodagi iqtisodiy g'oyalarning ravnaq topishida Burhoniddin al-Marg'inoniyning «Xidoya» asaridagi iqtisodiy fikrlardir. Keyingi bosqichda esa, 9-10-asrdagi iqtisodiy g'oyalar rivojida muhim hissa qo'shgan qomusiy allomalar Farobiy, Ibn Sino, Beruniy hamda Yusuf Xos Hojibning fikr va qarashlari muhim hisoblanadi. Umuman olganda o'sha davrdagi iqtisodiy g'oyalarning hususiyatlariga quyidagilar kiritish mumkin:
1. Iqtisodiy qarashlar fikrlar va g'oyalar asosan faylasuflar, diniy arboblar tomonidan bayon etilgan.
2. Nazariy tadqiqotlar esa cheklangan tor, sodda yondashuvlar asosida umumlashtirilgan.
3. Takror ishlab chiqarish jarayonida natural xo'jalik munosabatlarining ustunligi egallagan.
4. Ekstensiv takror ishlab chiqarishning ustunvorligi davom etgan.
5. Qo'shimcha maxsulot yaratishning vosita usul va shakllarini ijtimoiy hayotga tadbiq etish ta'mirlangan.
Xalq og'zaki ijodida esa mehnat taqsimotining o'rni mol-mulkning ko'payishi uchun asos bo'lib xizmat qilishi ta'kidlangan. Donishmandlarning iqtisodiy g'oyalarida esa, zamonaviy dunyoqarashning umumbashariy mezonlari qayd etilgan. Shuningdek, mulkdorlikning yuksak ma'naviyat bilan uyg'unlashishi zarurligi bayon etilgan. Xayotga, mehnatga, mulkka hamda erga bo'lgan munosabatning umumbashariy mezonlarga asoslanishiga undaydi. Xar bir shaxs va oila farovonligi jamiyat va davlat kuchli va qudratli bo'lishiga zamin yaratishi asoslanadi.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin