3. Negiz asos. So‘z yasalishi



Yüklə 29,98 Kb.
səhifə3/6
tarix10.03.2023
ölçüsü29,98 Kb.
#123919
1   2   3   4   5   6
7-маъруза (1)

NAZORAT SAVOLLARI:
1.O‘zak morfema va affiks morfemalarning farqini bayon eting.
2.Grammatik forma(shakl)ning nimaligini, uning qanday ko‘rinishlari borligini izohlagn.
3.Affiksal morfemalarning turlarini sanang, ularning farqini tushuntiring.

So‘z yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohalaridan biri bo‘lib, u yangi ma’noli so‘z yasalishi, so‘z yasash usullari, so‘z yasalishiga aloqador bo‘lgan hodisalarni o‘rganadi.


«So‘z yasalishi» atamasi ikki xil hodisaga nisbatan qo‘llanadi: 1) tilshunoslikning so‘z yasalishi bilan bog‘liq hodisalarni tekshiruvchi bo‘limini; 2) umuman so‘z yasalishi, so‘z hosil qilinishini bildiradi.
Nutqda so‘zlar tub yoki yasama shaklda qo‘llanadi.
YAsovchi affikslarga yoki yasovchi qismlarga ega bo‘lmagan so‘z tub so‘z deyiladi: inson, xalq, millat, suv, non, havo, yaxshi, ziyrak, xursand, besh, o‘n, yigirma, biz hamma, ba’zi, bormoq, kelmoq, o‘qimoq, sekin, birga, hozir va h.k.
Tilda mavjud usullar bilan yangi hosil qilingan so‘z yasama so‘z deb yuritiladi. Masalan, tinchlik, bog‘ bon, gulzor, jonlan, birlash, ko‘kar, sezgir, zavqli so‘zlari o‘zakka yasovchi affikslar (-lik, -bon, -zor, -lan, -lash, -ar, -gir, -li) qo‘shish usuli bilan yasalgan bo‘lsa, Dilorom, Durbek, Oqtepa, bilakuzuk, sohibjamol, sofdil, erksevar so‘zlari so‘zlarni yoki so‘z shakllarini qo‘shish, biriktirish usuli bilan hosil qilingan.
Tilda mavjud bo‘lgan so‘z (yoki so‘zlar, so‘z shakllar negizida ma’lum usullar bilan yangi ma’nodagi so‘zlarni hosil qilish so‘z yasalishi deyiladi.
O‘zbek tilida so‘z yasalishining affiksatsiya, kompozitsiya, fonetik, semantik, abbreviatsiya kabi usullari bo‘lib, shulardan affiksatsiya va kompozitsiya usullari asosiy va etakchi usullar hisoblanadi.
Affiksatsiya usuli. So‘zga so‘z yasovchi affiks qo‘shish bilan yangi so‘z hosil qilish affiksatsiya usuli deyiladi. Masalan, Paxtakor, sinfdosh, quvonch, do‘stlik, ochiq, tirishqoq, serjilo, ilmiy, o‘yla, kengay, shodlan, tinchi, tasodifan, oqilona, ko‘pincha, ertalab va boshqalar.
So‘z yasovchi affikslar o‘zbek tilida asosan suffiks tarzida qo‘llanib, so‘z o‘zagidan so‘ng qo‘shilib keladi. Ba’zan bunday affikslar o‘zak oldiga prefiks tarzida qo‘shilib, yangi ma’nodagi so‘z yasashi mumkin. Masalan, serhosil, serunum, badavlat, ba’mani, beminnat, beg‘araz, noo‘rin, nohaq, badfe’l, badbashara va h.k.
O‘zbek tilida so‘z yasovchi affikslardan tashqari, o‘z xususiyatlari bilan affikslarga juda yaqin turadigan xona, noma, obod kabi so‘z-affikslar ham mavjud. Bunday so‘z-affikslar tilshunoslikda affiksoidlar deb ham yuritiladi: ishxona, mehmonxona, oshxona, qabulxona, tabriknoma, Xalqobod, Yangiobod.
Kompozitsiya usuli. Birdan ortiq mustaqil ma’noli so‘z yoki so‘z shakllarining qo‘shiluvi, birikuvi orqali yangi so‘z yasash kompozitsiya usuli bilan so‘z yasash deyiladi. Bu usul bilan qo‘shma, ayrim juft so‘zlar hosil qilinadi. Masalan, guldasta, gultojixo‘roz, asalari, tomorqa, xushfe’l, rahmdil, olijanob, hozirjavob, havo rang, e’lon qilmoq, rad etmoq, olib kelmoq, olib chiqmoq, har gall, yonma-yon, zo‘r-bazo‘r, ketma-ket va b.
Fonetik usul. Bu usulga ko‘ra, so‘zda fonetik o‘zgarish yuz berib, yangi so‘z hosil qilinadi. Chunonchi, so‘z urg‘usining o‘rnini almashtirish natijasida boshqa-boshqa so‘z turkumiga doir so‘zlar hosil bo‘lishi mumkin: yo‘zma – fe’l, yozma’ – sifat, su’zma – fe’l, suzma’ – ot, fi’zik – ot, fizi’k – sifat, akade’mik – ot, akademi’k – sifat va b.
Semantik usul. Bu usulga binoan, so‘z ma’nosida o‘zgarish ro‘y berib, ma’nosi boshqa-boshqa, shaklan o‘xshash yangi so‘z hosil bo‘ladi: kun – sutkaning yorug‘ qismi, kun - quyosh, planeta; ko‘k – osmon, ko‘k - havorangga o‘xshash rang, bir – son, birga, birdan, birda – ravish.
Fonetik va semantik usul hozirgi o‘zbek tili nuqtai nazaridan nofaol tarixiy so‘z yasash usullari deb qaraladi.
Abbreviatsiya usuli. Bu usulga ko‘ra, bir butun holda qo‘llanadigan to‘g‘ ri ma’noli turg‘un birikmalarning qismlari har xil yo‘l bilan qisqartirilib so‘z hosil qilinadi. Bu usul rus tilidan kirgan bo‘lib, qisqartma otlar shu usulda yasaladi: BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, MDH - Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, ATS – Avtomatik telefon stantsiyasi, ToshMI – Toshkent Meditsina instituti, filfak – filologiya fakulteti, akademlitsey – akademik litsey, peduniversitet – pedagogika universiteti va b.

Yüklə 29,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin