a) unumli(-li, -la, -chi, ser-, -dosh, -kor) b)unumsiz (-vul, -ag‘on, -chil, -in, -a) bo‘lishimumkin. 2. So‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar (ayrim darsliklarda “aloqa- munosabat shakli qo‘shimchalari” deyiladi (19; 18) gapda so‘zlarni bir-biriga bog‘slaydigan qo‘shimchalardir. Bular 3 turli bo‘ladi:
1) kelishik qo‘shimchalari: kitobni, uyga, daftarning.
2) egalik qo‘shimchalari: maktabimiz, ukam, bog‘i.
3) shaxs-son qo‘shimchalari: yedik, bordim, kelding, yurasan.
3. Shakl yasovchi qo‘shimchalar (ayrim darsliklarda «lug‘aviy shakl qo‘shimchalari” deyiladi (19; 19)o‘zakka qo‘shilib, ma’noni bir oz o‘zgartiradigan, qo‘shimcha ma’no orttiradigan, lekin yangi so‘z yasamaydigan qo‘shimchalardir. Bular so‘zlarni bir-biriga bog‘lash vazifasini bajarmaydi, balki ko‘plik (kitoblar), kichraytirish (uycha), erkalash (qizaloq), chegaralash (uygacha), kamlik (oqarinqiramoq), kuchaytirish (tepkilamoq, chayqa), gumon (kimdir), daraja (kattaroq) kabi ma’nolarni ifodaslaydi, O‘zbek tilida qo‘shimchalarning o‘zakka qo‘shilish tartibi, odatda, quyidagicha:
Asos + so‘z yasovchi qo‘shimchalar + lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar + so‘z o‘zgartuvchi(sintaktik shakl yasovchi) qo‘shimchalar:kitob+xon+lar+ning. Qo‘shimchalar tuzilishiga ko‘ra 2 xil o‘ladi:
1. Sodda qo‘shimchalar boshqa qo‘shimchalarga ajralmaydi: aqlli. 2. Murakkab qo‘shimchalar kamida ikkita qo‘shimchaning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi: dehqonchilik, odamgarchilik, yordamlash, otlan, uydagi, yuzlab, butunlay, ochiqchasiga, tortqila, xomligicha, tepkila, turtkila, yugurgilamoq, ezg‘ilamoq, akalarcha. O‘zakka so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishidan hosil bo‘lgan qism negiz deyiladi: paxtakorlarga, gulzorda, bilimlilar. SHuni aytish kerakki, so‘zning morfemik tarkibi deganda uning o‘zak va qo‘shimchalardan iboratligi nazarda tutilsa, morfologik tarkibi deganda so‘zning negizi va shakl yasovchi, so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar nazarda tutiladi.