4- amaliy mashg‘ulot mavzu: Til sathlari o‘rtasidagi uzviy alоqadоrliklar. Tilning lug‘at sathi Mavzu rejasi



Yüklə 36,33 Kb.
səhifə8/10
tarix19.09.2023
ölçüsü36,33 Kb.
#129076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6-mavzu. Tilshunoslik asoslari (1)

Erkin ma’no narsa-buyum, belgi, harakat bilan bevosita bog'liq bo'lib, uning voqelashuvi uchun ma’lum so'zlar qurshovi shart emas. Leksemaning erkin ma’nosi u alohida olinganda anglashilaveradi. Masalan, do‘ppi leksemasining milliy bosh kiyim, og'iz so'zining ovqathazm qilish a’zosi ma’nolari erkin ma’no.
Demak, leksemaning erkin ma’nosi boshqa so'zlar yoki so'zlar qurshovi (kontekst)ga bog'liq boimaydi. Leksemaning biror narsa-buyum, belgi, harakat bilan bevosita bog'liq bo'lgan, ma’lum so'z va so'zlar qurshovidagina voqelashadigan ma’nosi bog‘liq ma’no deb yuritiladi. Masalan, Ilmsizlikni nochorlik va noshudlik, atom va sitam, xo'rlik va baxtsizlik manbai deyishadi. (F. Musajonov, Himmat).
Gapdagi manbai leksemasining bir necha so'zlar qurshovida ifodalagan ish-harakatning yuzaga kelish uchun asos - omil bo‘lgan sabab ma’nosi uning bog'liq ma’nosi hisoblanadi.
Semantik maydon - ma’lum arxisema asosida birlashuvchi so'z va iboralar majmui. Masalan, oziq-ovqat nomlari: palov, lag'mon, sho'rva, mas lava, qotirma, manti kabi.
Leksema va so‘z tushunchalarini farqlash lozim.
So‘z - leksemaning nutqda ma’lum shakl va vazifada voqelangan ko'rinishi. O'z tovush qobig'iga ega bo'lgan, narsa-buyum, belgi, harakat haqidagi tushunchani, ular o'rtasidagi aloqani yoki ularga munosabatlarni ifodalay oladigan, turli grammatik ma’no va vazifalarda qo'llanadigan eng kichik nutq birligi. Demak, leksema va so'z bir-biriga bog'liq, aloqador birliklar bo'lsa-da, aynan bir xil birlik emas. Leksema - til birligi, so'z - nutq birligi. Leksema tiishunoslikning leksikologiya, so 'z morfologiya sohasida o'rganiladi.
Eslatib o'tilgani singari, so 'z tilshunoslik fanining barcha bo'limlari uchun asosiy tekshiruv obyekti hisoblanadi. Masalan, fonetik jihatdan olganda, so'z tovushlarning real qo'llanishi uchun asosiy obyekt bo'lib, u fonetik butunlikni tashkil etadi.
Morfologik jihatdan so'z alohida ahamiyat kasb etadi. Morfologiyada uning shakllanishi, tuzilishi va turkumlarga bo'linishi kabi qator masalalar o'rganiladi. Sintaksisda esa so'zlaming o'zaro munosabatga kirishuvi tekshiriladi. Ammo shuni ham aytish kerakki, so 'z har qanday obyekt tarkibida o'rganilganda ham, uning til belgisi sifatida shakl va ma’no birligi to'liq saqlanadi.
Tilshunoslikda signifikat termini ham qo'llanadi. Leksema ifodalydigan tushuncha signifikat deb ataladi. Leksema vositasida nomlanuvchi, ataluvchi narsa-buyum yoki hodisa denotat hisoblanadi. Denotat bilan bog'liq, uni bevosita bildiruvchi ma’no esa denotativ ma’no deb yuritiladi.
Bunda quyidagi uchburchak hosil bo'ladi:

Yüklə 36,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin