4- sinf o’qish darslarida xalq ertaklarini o’rgatish usullari


I. 2. Ertaklarning g’oyaviy-badiiy mundarijasi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə8/20
tarix14.04.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#115291
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
madina Po\'latova

I. 2. Ertaklarning g’oyaviy-badiiy mundarijasi. O’zbek xalq og’zaki ijodiyoti boy merosimiz sanalib, u millatimizning mafkurasi va ruhiyatini aks ettiradi. U chuqur g’oyaviyligi va badiiyligi bilan ma’naviyatimiz rivojida o’z o’rniga ega. Zero, unda xalqimizning milliy mentaliteti yarq etib ufurib turadi. Asrlar osha xalqimizning orzu-havasini, muhabbati va erk uchun kurashini, bu yo’ldagi alam va iztiroblarini ifodalashi bilan jamiyat rivojlanishi va insonning ma’naviy dunyosini boyitishda folklor etakchi rol o’ynab kelayotir. Shu sababli folklor namunalarini to’plash, nashr etish, o’rganish va uni jahon ma’naviyati sahifalariga kiritish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi.

“Bo’ri qorni och ketayotgan edi, yo’lda bir qo’zi uchradi. Bo’ri qo’ziga aytdi: - Hoy qo’zi men seni yeyman.

Qo’zi: - Ey taqsir, oldin siz Karim buvamning tuzidan olib keeling, keyin shu tuzga qo’shib yeysiz: bo’lmasa go’shtim ko’p bemaza bo’ladi, - dedi.

Bo’ri – xo’p bo’ladi, - deb tuz axtarib ketdi. Bo’ri kelib qarasa, qo’zi yo’q. Undan ketib borayotsa, bir joyda bir xo’roz turgan ekan. Bo’ri borib, - Ho’ xo’roz, men seni yeyman, - dedi. Xo’roz aytdi: - Bo’lmasa oldin bir zira-piyoz qilaylik, undan keyin yeng, siz borib pichoq olib keling, men zira bilan piyoz olib keltiraman. Bo’ri pichoq qidirib ketdi. Xo’roz ham bir tomonga qochib qutildi. Bo’ri pichoqni olib kelsaki, xo’roz yo’q.

_ O’bbo’, xudo urdi, - yana ketaverdi…

Shunday qilib, bo’ri xachirga, otga uchraydi.

Eng oxiri tulkiga duch keladi.

Tulki: - Ko’rdingki qo’zi yeb qo’ygin termulib qolsin ikki ko’zi: senga kim qo’yibdi Karim buvaning tuzi? Ko’rdingki xo’roz, urib bo’ynini yoz, senga kim qo’yibdi zira bilan piyoz. Ko’rdingki xachir, ko’rdingki ot, yeb tagida yot senga kim qo’yibdi min xachir. Senga kim qo’yibdi mirza buvalishni, - dedi.

Bo’ri tulkidan ta’zir yeb, o’rnidan turib ketaverdi.

O’zining badiiy obrazlari bilan, syujetining mo’jazligi, badiiy ifodaning o’tkirligi jihatidan bu turdagi ertaklar xalq latifalari va masalalariga ancha yaqin turadi. Hayvonlar haqidagi ertaklarda sinfiy qarama-qarshilik va ziddiyat allegoric obrazlar vositalarida beriladi. Demak, o’tmishda mehnatkash xalq o’zining ekspluatatorliklarga qarshi qahr-g’azabini himoya bilan yashirin holda tasvirlaydi. “Ilonning ishi zahar solmoq” ertagi fikrimizning dalili bo’la oladi. Ertakda epizodlar majmuasidan kelib chiqadigan asosiy g’oya sinfiy ziddiyatdir. Ilon ekspluatator sinf vakili u o’z manfaati yo’lida zulmning har qanday turidan tab tortmaydi. O’ziga xizmat qilgan oddiy xalq vakiliga, yaxshilikka yomonlik qilib azob beradi. Shuningdek, hayvonlar haqidagi boshqa ko’p ertaklarda sotsial mazmun yorqin ifodalangan. Hayvonlar to’g’risidagi ertaklarda she’riy parchalar ham uchraydi. Bu she’riy parchalarni professional ertakchilar kuy bilan aytadilar. Bu esa tinglovchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanishga yordam beradi. Masalan, “Bo’ri bilan mergan” ertagida och bo’ri o’z boshidan kechirgan kunlarini o’ziga-o’zi shunday deb arz qiladi.

Ko’rdingki eshak,

Yoniga solding to’shak,

Senga kim qo’yibdi,

Yo’rg’asini ko’rib boqishni, uv-uv

Hayvonlar, qushlar haqidagi ertaklarda syujet tez rivojlanadi, obrazlar esa serharakat bo’lib, kulguli momentlar ham anchagina uchraydi. Bu xususiyatlar bolalarning sezgi hislarini uyg’otadi. Hayvonlar haqidagi ertaklarga rus ertakchisi shunday deydi: “Men bolalarning go’zal ertaklarni yaxshi ko’rishlarini juda yaxshi tushunaman. Har qanday ertakda haqiqat elementlari bo’ladi. Agar siz bolalarga xo’roz bilan odam mushuk tilida gaplashmaydi, degan bir ertakni aytsangiz, ular bunga sira qiziqmas edilar”. Bu turdagi ertaklarga xos xusisiyatlardan yana bir voqeaning bir necha marta takrorlanishidir. Masalan, hayvonlarning uchrashuvi voqeasi oldin bir hayvon boshqa bir hayvon bilan uchrashadi, bu ikki hayvon esa uchinchi hayvon bilan uchrashadi, uch hayvon to’rtta hayvon bilan uchrashadilar. Bu hayvonlarning uchrashish sababi va maqsadlari bir xil. Demak, bir xillikni ifodalovchi mazmun ham bir xil. Ertak aytuvchi voqeani bayon qilish davomida o’rni kelganda turli harakatlar qiladi, turli hayvonlarning ovozlariga taqlid etadi. Bu esa ertakning emotsionalligini oshiradi. Hayvonlar ekspluator sinf vakillari hamda qashshoq omma vakillarining ramziy obrazlaridir. Qonxo’r, zolim, bosqinchi, lekin shunga qaramasdan laqma, mug’ombir, ochko’z feodal hukmronlari bo’ri, arslon, ayiq obrazida beriladi.

Ekspluatator qilinuvchilar esa echki, qo’y, buzoq obrazida ifodalanadi. Tulki o’ta ketgan ayyor, o’rni kelganda, kuchli qonxo’rni ham yo’ldan ozdirish qobiliyatiga egadir.

2. Sehrli -fantastik ertaklarning syujetlarini tashkil etuvchi voqealar asosan fantastik formada ifodalanadi, lekin undagi fantastika hayotdan, borliqdan, mehnatdan yuzaga keladi. Ertaklardagi fantaziya va real hayot mehnat bilan bog’liq ekanligi haqida A. M. Gorkiy o’z asarlarida qayta-qayta ko’rib o’tadi: “Qadimgi fantaziyaning har bir parvozini vujudga keltirgan sababni aniqlash qiyin emas, bu sabab hamma vaqt kishilarning o’z mehnatini osonlashtirishga bo’lgan intilish edi”.

Sehrli-fantastik ertaklarda ham o’tmishda yashagan insonning hayoti,

tabiatga bo’lgan munosabati, dunyoqarashi ifodalangan.

Qadimgi inson tabiat, jamiyat hodisalari va voqealarning o’zgarishidan ta’sirlangan. Lekin bu hodisa voqealarning sirini, sababini hali to’g’ri aniqlab yeta olmagan. Bu – qadimiy insonning jamiyat va tabiatning ayrim kuchlari bilan kurashda ongining zaifligidan kelib chiqqan turli ishonch e’tiqodlari natijasi edi. Bu tushunchalar diniy e`tiqodlar, eng qadimgi insonning dunyoqarashi, uning tafakkuri bilan bog`lanadi. “Din eng qadimgi zamonlarda odamlarning o`z tabiatlari va tashqi tabiatdagi eng qorong`i,dastlabki tasavvurlaridan yuzaga kelgandir.” Insonning hayot kechirishlari ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik bilan bog`langan. Ular o`z ertaklarida tabiat va jamiyatdagi yomon, qo`rqichli, vahimali hodisa va yovuz kuchlarni ajdar, dev, yalmog`iz kabi salbiy obrazlar orqali ifodalanganlar. Ertakning ijobiy qahramonlari ularga qarshi kurash deb boradi. Inson tabiat ustidan hokimlik qilish, uning sirlarini bilib olishga intiladi. Mana shu intilish, orzu-umidlar asosida ertaklarda yangi ijodiy obrazlar yaratildi. Umuman mifologik tasavvur va fantastik obrazlar inson jamoasining hayotiy jarayonlari bilan bog`langan. Sehrli-fantastik ertaklarni g`oyaviy va badiiy xususiyatlariga ko`ra shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mimkin.

Qahramonlik ertaklari. Bu tipdagi ertaklarda ijobiy obrazlar o’z vatani

va xalqi oldida juda katta qahramonliklar ko’rsatadilar.

Dushmanlarni yengishda va o’z yo’llarida uchragan to’siqlarni bartaraf etishda katta jismoniy ham ma’naviy kuchga egadirlar. Ularning qahramonliklari o’z oldilariga qo’ygan maqsadlari bilan chambarchas bog’langandir. Ular osmonda, yerda, suv ostida, yer tagida hattoki “u dunyoda” bo’lsalar ham turli tilsimotlarni ochadilar, to’g’rilik, adolat, haqiqat, do’stlik, sofdillik, muhabbat yo’lida kurashib, inson boshiga tushgan har qanday balo-ofatni, yovuz kuchlarni yo’q qiladilar. Bu turdagi ertaklarning bosh ijobiy qahramonlari Kenja botir, shahzodalar, kambag’al yigit, kal, dehqon, hunarmand, podachi malikalar, donishmand qizlar – parilar va boshqalar. Bunday ertaklarda mehnatkash omma yetishtirgan qahramonlar mubolag’ali ravishda tasvirlanadilar. Ular hatto o’lim ustidan ham g’alaba qozonuvchi ajoyib yengilmas bahodirlardir. Bu qahramonlar sehrli kuch va mo’jizalarga ega. Dushmanning har qanday kuchi ham bularga teng kela olmaydi. Ularda bir tomondan, insonning jismoniy va ma’naviy kuch-quvvati ifodalansa, ikkinchidan, mehnatkash ommaga xos bo’lgan ijobiy xislatlar namoyish qilinadi. Masalan, “Qahramon” ertagidagi qahramon yigit mo’jizali kuchga ega. U shoh lashkarlariga hujum qilgan devlarni bir o’zi yengib, vatanni yovuz kuchlardan himoya qiladi.

Qahramonlik ertaklariga “Uch og’ayni botirlar”, “Bektemir botir”, “O’lmas botir”, “Qilich botir”, “Ziyod botir”, “Solmon botir”, “G’ulom polvon”, “Uch og’ayni”, “to’rabekaxonim”, “muqbil toshotar” va boshqalarni kiritish mumkin. Bu ertaklarda uchlanish, uch o’g’il yoki uch qahramon, uch voqeaning sodir bo’lishi, qahramonlarning uch xil yo’lga safarga chiqishi, uch og’ir to’siqni bosib o’tish yoki shartni bajarishi kabilar aks etadi. Bu xususiyat ertakning boshqa turlarida bo’lsa ham, ammo qahramonlik ertaklarida asosiy hisoblanadi.

Sarguzasht ertaklar turiga “Sehrli gilamcha”, “Musofirbek”, “besh qiz”,

“Mohsitara”, ‘Ko’r ko’zni ochgan qiz”, “Malikai Husnobod”, “To’qliboy”, “Hasan bilan Zuhra”, “Hasan va Hurliqo”, “Tuhmatga uchragan kelin”, “Qorasochxon” kabi ertaklarni kiritish mumkin. Bu turdagi ertaklarning syujet chizig’ini o’gaylik tufayli tuhmatga uchrab, ko’p qiyinchiliklarni o’z boshidan kechirgan, og’ir sarguzasht va sarsonlikdan keyin mushkul vazifalarni bajarib o’z boshidan kechirish, o’z baxtiga erishish kabi mativlar tashkil etadi. Bu turdagi ertaklarning xarakterli tomoni hikoya davomida voqealarning ko’pligidir. Ertak qahramonlariga yo’lda uchragan qiyin, og’ir to’siqlar, mushkul ishlarni hal qilishda, dushmanga zarba berishda, sehrli kuchlar, xisr va boshq narsalar yordam beradi. U insonni suvsizlik, ochlik balosidan qaytaradi, suv toshqinlarini to’xtatadi; Kenjani quyoshga olib chiqib, u yerda ko’p sirlarni bilishida va yeryuzida insonlarni baxtli, saodatli qilishga ko’maklashadi. Qahramonlarning odatdan tashqari holatda tug’ilishi, tez o’sishi, ya’ni yillab emas, balki oylab, kunlab o’sib voyaga yetishi fantastic ertaklarning o’ziga xos xususiyatlardan biridir.

O’zbek sehrli – fontastik ertaklarning o’ziga xos xususiyatlardan yana biri ularda ajoyib epizodlarning ishlatilishidir. Bolasiz otaning bola tilab olishi va bolalarning ajoyib sehrli kuchga, bahodirona sifatga ega qilib berilishi ana shunday sehrli – fontasti epizodlardandir. V. M. Jirmunskiy O’rta Osiyo xalqlarining sehrli – fontastik ertaklari va qahramonlik eposlarida epizod juda ko’p o’rin egallaganligini, bolasiz ota-onalarning xudo yoxud boshqa sehrli himoyachilarga yalinib bolalik bo’lishi epizodda ko’zga tashlanadi, shu tilab olingan bola asar qahramoni bo’lishligini gapirib, bu motivning Yaqin Sharq va O’rta Osiyoda arab, fors va turkiy xalqlarda keng tarqalganligini aytadi.

Sehrli-fantastik ertaklar motivlarining kelib chiqishida qadimgi hayot izlarini ko’ramiz. Chunonchi, ko’pchilik ertaklarda qabilachilik davriga oid rasm-rusmlar, urf-odatlarning saqlanganligi fikrimiz uchun dalildir. Ibtidoiy madaniyat tarzi bilan shug’ullangan olimlardan M. O. Kasven amazonka qabilalari afsonalari haqida gapirib ularning ichki syujet asosida rivojlanganligi – biri alohida turgan xotinlar , ikkinchisi erlar ustidan hukmronlik qilgan ayollar haqida hikoya qilishini aytadi. O’zbek sehrli-fantastik va xalq dostonlari esa ayollar mamlakatni boshqarishini, ularning hamma ishni bajara olishlarini, jangda erkaklar bilan kurashib ularni yengganini ko’ramiz. Shuni aytish lozimki, bu kuchli ayollar biror kishini sevib qolib, o’z sevgilisiga erishsalar, ulardagi butun kuch-quvvat sevgan yorga o’tadi, uning sevgilisi juda ham kuchli qilib tasvirlanadi. Demak, ertaklardagi ayollar hukmronligi davrlari haqida motivlar juda qadimgi davrdan og’izdan - og’izga, nasldan – naslga o’tib kelgandir. Ertaklardagi qahramonlarning o’z maqsadiga erishishiga unga maslahatlar beruvchi, yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi, ba’zi sehrli yordamchilarni beruvchi kampir obrazini esa qadimgi davrda qabila a’zolariga yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi qori ayollarning protatipi desa bo’ladi. Bunday ayollarning matriarxat davrida aytgani aytgan bo’lgan, ularning maslahatlarisiz biror ish qilinmagan. Shuning uchun ko’pincha bunday ayollar ilohiylashtirilgan natijada so’nggi poleolit davriga kelib san’at va adabiyotda xotin-qizlarning obrazlari birinchi o’rinni egallagan.

Yuqorida aytilganidek, matriarxat davrida qabilada kengash boshlig’i bo’lgan qari ayollar bir vaqtlar erkaklar obrazi sifatida ham ko’rinadi. Bu ertaklardagi turli nomlar bilan keluvchi (yolmog’iz, jodugar, maston) kampirlar obrazidir. Shuning uchun u ertak qahramonining ishini osonlashtirishga yordam beradi. Xuddi matriarxat davrida qabila a’zolariga nasihatlar beruvchi qariya – kampir kabi ertaklarda ham kampirning maslahatlar berishini ko’ramiz. Kampir cho’loq, chol umuman kasallarni tuzatish yo’llarini ham biladi. Masalan, “Abulqosim” ertagida Abulqosim malikaga mushuk berib har kuni uy supurganda chiqqan mag’izni bo’lib bir qismini mushukka berishni tayinlaydi, lekin qiz shartni buzadi. Shartni buzgani uchun mushuk qizning olovini o’chirib ketadi. Keyin olov qidirib qizning yalmog’iz kampir uyiga kelib qolishi va uning har kuni qiz qonini so’rishi tasvirlanadi. Buni sezgan akalari kampirni qizni unga yutqazadilar. Kampir og’zidan qaytib chiqqan qiz asl holiga keladi, ikki qo’li yo’q kishini yutib, qo’llari ni butun qilib chiqaradi va hokazo. Demak, kampir cho’loq ko’r va boshqa nogiron kishilarni davolash qobiliyatiga ega bo’lgan sehrgar qilib tasvirlanadi. Ayrim ertaklarda kampir salbiy obraz sifatida ko’zga tashlanadi, lekin baribir qahramon shu etapni o’tish, ya’ni kampir bilan uchrashish, uni yengish va sirlarini bilib olish orqali maqsadiga erishadi. Kampir ijobiy qilib tasvirlangan ertaklarda u doim qahramonga eng sodiq yordamchi, ba’zan tutingan ona sifatida namoyon bo’ladi.

Ertaklarda yalmog’iz yoxud kampir obrazida biz o’tmishda qabilachilik hayotidagi qabila olovining xo’jayini qabila hurmatiga sazovor kampir obraziga duch kelamiz. L. Ya. Shternbergning aytishiga ko’ra geyah qabilasida har bir olov yoqiladigan yerda qabilaning qari ayolardan biri o’tirar, qabila olovini o’chirmay saqlar, agar qabila ajraladigan bo’lsa, yangi ajraluvchi qabilaning eng qari va hurmatli ayoliga olovni saqlovchi ayol olovidan berar ekan”. Qator o’zbek xalq ertaklarida qahramonning olovi o’chib qoladi va u olov qidirib kampirning uyiga keladi. Olovning egasi kampir hisoblanadi shu qahramon undan olov oladi. Yuqoridagi “Abulqosim” ertagida ham qiz olov qidirib kampir uyiga kelib qoladi. Sehrli-fantastik ertaklarda mehnat ahlining hayoti, yashash sharoiti o’ziga xos yo’l bilan jonli qilib tasvirlanadi, chunonchi kambag’al, mehnatkashlarning o’tin terish, poda boqish, yer haydash va shu mehnat kabi mehnat bilan bir amallab hayot kechirishlarini ko’ramiz. Yigit mardikorlik, hammollik qilib yurar, xotini bo’z to’qir, shu yo’l bilan uy-ro’zg’orini tebratar ekanlar.



Mana shunday qashshoq-bechora hayot bilan birga shohona amirona saroy turmushiga ham duch kelamizki, unda hukmron tabaqa vakillarining aysh-ishratlari, ota dabdabali hayotlari tasvirlanadi. Natijada iiki xil hayotning contrast usulda berilishi sehrli-fantastik ertaklarning syujetidagi realizmni chuqunlashtiradi. Bunday detallar sehrli-fantastik ertaklarga o’tmish hayotdagi feudal-potriarxal odatlardan biri hisoblangan. Uninmg aytgani albatta amalgam oshmog’I lozim. Ota so’zi buyruq hisoblanganva hech bir muhokama etilmagan. Ertaklarda farzandsizlik va farzand ko’rish motivlari ham tez-tez uchrab turadi. Shuning uchun ertaklarda shoh yoki qahramonlar qarigan bo’lishlariga qaramay, farzandli bo’lish uchun turli ishlarni qiladilar. Oxir natijada ular ajoyib, juda qudratli va aqlli, bahodir o’g’il yoki dono, odobli va go’zal qiz ko’radilar. Chunki xalqning orzusi har bir oilaning farzandli bo’lishidir. Buni mehnatkash xalq fantaziya yordamida ertaklarda badiiy ifoda etadi. O’zbek sehrli-fontastik ertaklarda urug’chilik davriga xos ayrim odatlar ham ko’zga tashlanib qoladi. Shunday odatlardan “beshik ketti”ni ko’rish mumkin. Qadimda qiz va o’g’il bolalarni juda yoshlikda hali belanchakligidanoq bir-birlariga unashtirib qo’yganlar. Unashish qabila qariya – oqsoqolri tomonidan am,alga oshirilgan. Bu unashuvni buzishga hech kimning haqqi bo’lmagan. Bu hol faqat ertaklarda emas, dostonlarda ham juda keng qo’llaniladi. Ertak dostonlar ta’sirida bunday motiv keng qo’llaniladi. Ertak, dostonlar ta’sirida bunday motiv sharq xalqlari yozma adabiyotiga ham o’tgan. Ertaklarda o’z aksini topgan feudal-patriarxal odatlardan biri qiz uchun qalin olish masalasidir. Bu motiv juda ko’p ertaklarda turli formalarda uchraydi. Xuddi shu qalin berish ayrim ertaklarda qahramon oldiga shartlar ham qo’yilgan. Ko’pincha qirq yoki yuz tuya tilla yoxud boshqa narsalar qizning otasi tomonidan so’raladi. Podsho qizi uchun qilib bo’lmaydigan ishlarni bajarish shohona qasrlarni qurishni bo’lajak kuyovdan so’raydi. Yigit podsho aytganlarini sehrli narsalar yordamida bajaradi. Bu shartlar ertaklarda qiz uchun so’raladigan qalin sifatida ko’rinadi. Bu albatta hayotdagi real voqeaning ertaklarda xalq didiga, istagiga mos qilib demokratlashtirish berilishidir. Ertaklarda kuyov boyligi bilan emas, balki ilmi, odamiyligi, tadbirkorligi, kabi insoniy yuksak xislatlari bilan sinaladi va hisoblanadi. Ertaklarda ko’p xotinlilik masalasi ham o’z aksini topgan. Qizig’i shundaki, ertaklarda ham hukmron tabaqa vakillarining xotinlari ko’p qilib tasvirlangan. Har bir ertakda kambag’al bechoraning birdan ortiq xotini borligini ko’rmaymiz. Bu hol o’ziga xos usul bilan ertaklarda erkak xotin olar ekan, uydagi xotinlari bilan maslahatlashmaydi. Bu albatta islom dinining xotin-qizlarga past nazar bilan qarashi ularning haq-huquqlarini poymol etishi bilan bog’liqdir. Ko’p xotinlik natijasida xotinlarning erning mol-mulkiga me’rosxo’r bo’lish harakati kuchaygan, ularning bolalari orasida adovat qarama-qarshilik avj olgan. Bu hayotiy detal ertaklarda ham o’z aksini topgan. Natijada o’gay ona va o’g’il bola motivi vujudga kelgan.

Sehrli-fantastik ertaklaridagi mulla obrazi ko’pincha salbiy tip sifatida namoyon bo’ladi. U firib beruvchi egoist sifatida ko’rinadi. Chunonchi, “Davlat mirza” ertagi bunga misol bo’la oladi. Islom peshvolari deyarli ko’pchilik ertaklarda salbiy tip sifatida namoyon bo’lishini Radlov vasilyev, Divayev kabi sharqshunoslar tomonidan to’plangan ertaklarda ham ko’ramiz. Uzoq safarga otlangan savdogarlarning o`z qizini mullanikiga tashlab ketish voqeasi bilan boshlanuvchi ertaklarda biz mullaning ikki yuzlamachiligi, ma’naviy buzuqligini ko’ramiz bu albatta bejiz emas. Hayotda xalqning mullalarga bo’lgan munosabati ularning tilyog’lama, aldamchi ekanliklarini fosh etuvchi motivlar xalq ruhi dunyoqarashining ensklopediyasi hisoblangan folklor uning janrlaridan ertaklarga ham kirib kelgan. Sehrli-fantastik va umuman, xalq ertaklari motivlarining kelib chiqishi hayotiy negizi hozirga qadar juda ham o’rganilgan masalalardir. Shuning uchun biz ertaklarda uchraydigan asosiy motivlarning hayotiy asosi, negizi, kelib chiqishi xususida fikr yuritishga urindik. Binobarin, sehrli-fantastik ertaklar xalqimizning hayoti, dunyoqarashi, psixologiyasi, urf-odatlarini aks ettirar ekan, ularning motivlarida uzoq tarixiy jarayondagi xalq hayotida muhim o’rin tutgan, xalq tarixida o’chmas iz qoldirgan hayotiy voqealar o’z izini qoldirishi tabiiy. Ertaklarimiz orasidagi xalqaro motivlar esa turli xalqlarning moddiy va ma’naviy aloqalari, o’xshash tarixiy reformasiyalarni boshlaridan o’tkazishlari ta’siri natijasida vujudga kelgan. Bir qator motivlar xalq ijodi, epik janrlarning o’zaro munosabatlari tufayli tug’ilgan. Ba’zi ertaklarda motivlari esa bir tur ertakning ikkinchisiga transformasiya bo’lishi motivlarning yig’ilishi natijasida yaratilgan. O’zbek sehrli-fantastik ertaklarida tarixiy shaxslar nomlari bilan bog’lab aytiluvchi qator motivlar ham mavjuddir. Ibtidoiy jamoa quldorchilik, feodalizm davrlarining ayrim voqealari ertaklarning motivlarida o’z aksini topgan. Shuning uchun ertaklarimiz motivlari genezisini o’rganish xalqimiz tarixi, hayoti, urf-odatlarini bilishda muhim manbaalardan biri hisoblanadi. Bu esa o’rganilgan masalaning muhim va aktualligini ta’kidlaydi



Sehrli-fantastik ertaklar folklorning boshqa janrlari kabi mehnatkash xalqning estetik idealini, hayotga munosabatini obrazli qilib ifodalaydi. Har bir davrning muhim voqealari va ularga mehnatkash xalqning estetik idealini, hayotga munosabatini obrazli qilib ifodalaydi. Har bir davrning muhim bir voqealari va ularga mehnatkash xalqning munosabati ertaklarda ijobiy qahramon – ertaklarning markaziy obrazida aks ettiriladi. Sehrli-fantastik ertaklarning ijobiy qahramonlari oldidagi vazifalari nuqtai-nazaridan bir tipli bo’lsa-da, kelib chiqishi jihatidan turli davrlarga oiddir.

Sehrli-fantastik ertaklarda tez-tez ko’zga tashlanib turuvchi obrazlardan biri ijobiy qahramon obrazidir. Bu obraz doim qora kuchlarga, bosqinchi yovlarga qarshi kurashuvchi, qabila, urug’ manfaatlarini ko’zlovchi kishi sifatida ifodalanadi. Ertaklardagi bu qahramon ajoyib xususiyatlarga ega: u sehrli holda tug’ilib o’sadi, juda kuchli bo’lib, bir o’zi butun bir dushman qo’shinini yenga oladi. Shunday qilib ertaklarda qahramonlik eposidagi kabi kuchli, bahodir obrazlar ham harakat etadi. Yaratilish nuqtai-nazaridan pahlavon qahramonlar obrazidan so’ng kichik o’g’il obrazi vujudga kelgan. Bu xarakter ko’pchilik xalqlar ertaklaridagi ijobiy obraz hisoblanadi. Dunyo xalqlari ertagida kichik o’g’il obrazi markaziy o’rinni egallagani uchun u haqda ko’plab olimlar fikr yuritganlar, kichik o’g’ilni ideallashtirishning sotsial negizi va xususiyatlarini asoslashga urinadilar. Eng katta va eng e’tiborli ishlardan Y. M. Metelenskiyning “Sehrli ertak qahramoni” va N. V. Novokovning “Sharqiy slavyan hayoliy ertaklari obrazlari” asarlarini ko’rsatish mumkin. Y. M. Meletinskiy kenja o’g’il akalar tomonidan tahqirlanishi tufayli ideallashtirilgan, degan fikrni ilgari suradi va uni ertaklardagi aka-ukalar o’rtasidagi kurashlar bilan isbotlaydi. Kenja o’g’il haqidagi o’zbek xalq ertaklarini ikki guruhga bo’lib tekshirish mumkin. Birinchi gruppa ertaklarda kenja o’g’il botir, qahramon sifatida namoyon bo’ladi. U yomon kuchlarga – ajdar dev bosqinchilarga qarshi kurash olib boradi. Ikkinchi xiliga esa aka-ukalar orasidagi konfliktni ifoda etadigan ertaklarni kiritish mumkin. Birinchi tip ertaklarda aka-ukalar bir-birini qo’llab-quvvatlovchi, bir-biriga yordam beruvchi sifatida tasvirlanadiki, bu hol Y. M. Meletinskiyning kenja o’g’il haqidagi fikrlarini tasdiqlamaydi. “Uch og’ayni botirlar” ertagida aka-ukalarning inoqligi, bir –biriga doim yordam berishi, bir-birini hurmat etishi tasvirlangan. Bu ertaklarda katta akalar o’z ukalariga xiyonat qilmay, unga qo’ldan kelgancha yordam berishga hozir. Lekin o’zbek sehrli-fantastik ertaklarida aka-ukalar o’rtasidagi ahil munosabatni tasvirlash orqali baribir xalq o’z sevimli qahramoni kenja botirni itoatlashtirib beradi. Ikkinchi tip ertaklarda aka-ukalar o’rtasidagi kurash – chiziq komfiktiga duch kelamiz. Qabilachilkning yemirilishi bilan bog’liq holda monogamik oilalarning vujudga kelishi natijasida shunday motivlar ertaklarda paydo bo’ladi. Ota me’rosi uchun aka-ukalar o’rtasidagi kurash bu tip ertaklarda o’z ifodasini topgan. Ota me’rosida katta o’g’il ulushining ko’pligi, eng kenjani ranjitish masalasi bilan bog’liq holda ikkinchi tip ertaklarning syujeti vujudga kelgan desak bo’ladi. Ikkinchi tip ertaklar syujeti M. E. Meletinskiyning ayganidek, aka-ukalar kurashi zaminida vujudga keladi. Aka-ukalar o’rtasidagi bu kurash ertaklarda murakkab yo’llar bilan bayon etiladi. Unda ota me’rosiga ega bo’lish uchun ukani yo’q qilishga harakat emas, balki kenja ukaning ko’rsatgan jasoratini va topgan boyliklariga o’zlari ega bo’lish uchun ishlatgan makr-hiylalari kartinasida bo’linadi. Demak, akalar makri ukaning qilgan ishlari, ko’rsatgan qahramonchiliklarining ko’ra olmaslik asosida tasvirlanadi. Akalar ota mehrini qozonish uchun ukani jazolashga urinadilar.Uning ishlarini o’zlariniki qilib ko’rsatish bilan ota me’rosiga, uning taxtiga voris bo’lishga intiladilar.

Ayniqsa, bu motiv xasta bo’lib qolgan yoki qarib qolgan otaning ma’lum topshiriq bilan safarga yuborishi kabi tugun bilan beriluvchi ertaklarda ko’zda yaqqol tashlanadi. Kenja o’g’il buyurilgan ishni albatta hammadan yaxshi do’ndirib ado etadi, akalari esa qanday bo’lmasin kenja o’g’ilni aldab uning ishlarini o’zlariniki qilib ko’rsatishga harakat etadilar. Natijada ukani quduqning ichida qoldirib yarador qiladilar va hokazo. Akalari kenja uka narsalarini olib ota oldiga keladilar. Sehrli yordamchilar vositasida o’g’il dard va tutqunliklardan xoli bo’lib ota oldiga keladi va akalarining yaramas qilmishlari fosh etiladi. Ular qilmishlariga yarasha jazo oladilar.

Bir qator sehrli-fantastik ertaklarda qayliq olish mavzusi atrofida aka-ukalar konflikti beriladi. Kichik ukaning kurashi, tadbirkorligi natijasida hammalari qayliqlik bo’ladilar, lekin akalariga kenja ukaning go’zal xotini yoqib qolib ular ukaga suyuqasd qiladilar. Har galgiday kenja botirlar sehrlar yordamida ota diydoriga qaytadi, akalar jazolanadi, demak, ota me’rosi bo’yicha aka-ukalar konflikti va kenja ukaning ota me’rosidan ko’pincha mahrum bo’lishi kabi voqealar zaminida ana shunday ertaklar vujudga keladi. Bu tip ertaklarda kenja uka obrazi ideallashtirilgan. Chunki xalq ijodiyotida doim hayotda azob chekayotgan, haq-huquqlarsiz kishilarni yaxshi hayotga erishtirish istagi bilan yashaydi. Shuning uchun fantaziyani ishga solib, kichik kenja o’g’ilni ham barcha akalardan aqlli, bahodir, tadbirkor qilib tasvirlaydi. Demak, kenja o’g’il bilan bog’liq syujetli ertaklarda ikki etap, ikki davr voqealarini tasviri ko’zga tashlanadi:

1) dastlabki bosqich bo’lib, bunda og’a-inilar o’rtasidagi, inoqlik, oila birligi uchun kurash tasvirlanadi. Aka-ukalar bir-birlariga dushmanlik ko’zi bilan qaramaydilar, hamma ishni maslahatlashib birgalikda bajaradilar.

2) keyingi bosqich bo’lib, bunda kenja botir obrazi ideallashtirilgan. Aka-ukalar o’rtasidagi konflikt tasvirlanadi. Ba’zi ertaklarda esa har ikki bosqich ham ko’zga tashlanadi. Chunonchi, “Abulqosim” ertagida har ikki davr ruhi ifoda etilgan. Ertakning birinchi qismi oldin yaratilib, davrlar o’tishi natijasida uning ikkinchi qismi to’qilgan va qo’shilgan. Ikkinchi qism ancha keyingi davr voqealarini ifoda etadi. Ertakning dastlabki qismi devlarning Abulqosim qo’liga tushishi va ularning yordami bilan uch og’aynining shohning uch qiziga uylanishi zaminida inoqlik, ahillik ilgari surilsa, ikkinchi qismida esa qaytayotganda akalarda paydo bo’lgan ko’rolmaslik, ukani yo’q qilib u qilgan qahramonlik, bahodirliklarni o’zlariga o’zlashtirib, olish niyati paydo bo’ladi. Shunday qilib ertaklarning birinchi yarmida qabilachilik davrining dastlabki, ikkinchi qismida esa keyingi davrlarga oid voqealar o’z ifodasini topgan. Sehrli-fantastik ertaklarda bahodir, qahramonlar siymosi ham ikki xil toifada tasvirlanadi; birinchi toifa qahramon juda kuchli bahodir, o’z kuchi qahramonliklari bilan maqsadga erishuvchi, kurashlarda raqiblarni yengib, istak-intilishlarini amalga oshiruvchi qahramon bo’lsa, ikkinchi toifa qahramon ishi o’ngidan keluvchi, baxti chopgan uddaburon va tadbirkor. Bu ikki toifa ijobiy qahramonlarining tuzilishlari, tashqi qiyofalari va kurashlari umumiy xarakterlari va boshqa o’zlariga yaqin kishilarni xalos etadilar. Demak, ular kishilarga zulm, baxtsizlik keltiruvchi ajdar, sher, dev kabi maxluqlarni yengib kishilar baxt-saodati uchun o’z hissalarini qo’shadilar.

Sehrli-fantastik ertaklarda qahramonlarning nomlanishlari ham diqqatga sazovordir. Ular quyidagi hollarda nom oladilar.

1) tug’ilish sharoiti bilan bog’liq holda: Ayiqpolvon, Ilon og’a, Arpapolvon.

2)qahramonning ichki va tashqi belgilariga qarab nom beriladi: “Aqlli qiz”, “Yarimtaxon” va boshqalar.



3)Qahramonning ijtimoiy hayoti va holatiga qarab nom beradilar. Ovchi bola, Bo’zchi Pirak, mundi ko’za va hokazo.

Sehrli-fantastik ertaklardagi ijobiy qahramon deyarli juda ko’p hollarda ajoyib sharoitda dunyoga keladi. Ko’pincha bolasizlik bilan ezilgan podsho yoxud boshqa kishiga devona uchraydi va sehrli meva beradi. Ana shu sehrli mevani yegan xotindan ertakning asosiy ijobiy qahramoni tug’iladi. Lekin qanday qilib tug’ilishidan qat’iy nazar, qahramon juda tez o’sadi, u kuchli, aqlli, tadbirkor bo’lib yetishadi. Bu ijobiy qahramon kuch bilan ham raqiblardan ustun turadi. Sehrli-fantastik ertaklarda ajoyib kuchga ega qilib ko’rsatiluvchi ijobiy obrazlardan biri. Insonda hayvon, inson va ba’zi o’simliklar orasida vujudga kelgan obrazlaridir. Chunonchi, Ayiqpolvon, Arpapolvon kabilar shular jumlasidandir. Ayiqpolvon o’ta kuchli yigitdir. U ko’plab devlarni bir o’zi asr oluvchi mamlakat tinchligini himoya etuvchi qahramondir. Ayiqpolvon butun kuch-quvvatini xalq tinchligi uchun safarbar etuvchi qahramondir. Xuddi shuningdek Arpapolvon obrazi ham o’ta kuchli va tadbirkor qilib tasvirlangan. Ayiqpolvon va Arpapolvonlar o’ziga xos tasvirlardan biri Bu obrazlarning yarmi odam va yarmi ayiq qilib berilishi bo’lib ular notinch, harakatchan qilib ko’rsatiladi. U bolalar bilan janjal qiladi, ularni uradi. Ayiqpolvonni hatto podsho ham bilib uni haydaydi, bu moment xalq tomonidan qahramonni raqibi bilan uchrashtirish yo’lidagi bir usuldir. Ana shu bolalar bilan janjal bahonasida u safarga chiqadi va ertakning asosiy voqealari bayon etiladi. Sehrli-fantastik ertaklardagi markaziy ijobiy qahramon Kenja botirdir. Kenja botir har doim har taraflama nima bilandir akalaridan ustun qilib tasvirlanadi. U o’qishda ham ishda ham kattalarga nisbattan o’ta qobiliyatlidir. Lekin nima uchundir ertaklarda ota kenja, kichik o’g’ilning aqli, qobiliyatiga ishonqiramay qaraydi. Bu ertaklarga xos badiiy usul hisoblanadi. Otaning kenja o’g’liga qobiliyatli, bilimiga ishonmasligi kanstrak usuliy o’ziga xos formasi bo’lib, qahramonning ijobiy fazilatlarini yaxshi xususiyatlarini yanada yorqin ishonarli qilib beradi. Ba’zan ota hatto bo’layotgan voqea olmaning yo’qolishiga kichik o’g’li sababchi deb undan gumonsirab, uni yoqtirmay yurgan qilib beriladi. “Dada bugun ruhi boqqa yuboring men oltin olamaning o’g’risini poylayman”, - debdi. Bu so’zni eshitgan podshoning jahli chiqib yomon ko`rib yurgan o’g’lini so`kib tashlabti: “Sendan katta odamlar ikki akang ushlay olmagan sen qanday ushlab olarding”, - depti-da kenja o’g’liga rozi ham bo’lmabdi. Kenja otasidan qurol-anjom so’ragan ekan uni ham jerkib tashlabdi. Chaqqonligi va bilimi bilan kenja botir ertaklarda doim akalardan ustun qilib tasvirlanadi. Hatto hamjihat, ahil va bir-biriga nisbattan mehribon qilib berilgan “Uch og’ayni botirlar” ertagida ham kenja botir kattalardan ajralib turadi. Unga og`irlik kattalarga nisbatan ko’proq yuklanadi. To’g’ri, bu ertaklarda uch og’ayni ham ijobiy xususiyatlarga ega bo’lib ularning har biri ma’lum vazifani o’tagani bilan kenja botirga qo’yilgan og`irlik akalariga nisbatan og’ir va muhimdir. U akalariga nisbatan ko’proq harakat etadi. Kattaroq va qiyinroq vazifalarni bajaradi. Sehrli-fantastik ertaklarda uch og’ayni botirlarning yoki qahramonning safarga chiqishi turli usulda beriladi. Safar bahonalari har xil talqin etiladi. Kenja botir o’z baxtini halol mehnat, kuch-qudrat, rostgo’yligi va sofdilligi bilan topish maqsadida o’zga yurtlarga safar etadi. Ertak qahramoni tushida malikani ko’radi va uni izlab safarga chiqadi yoki ov qilgani chiqib uning safari kiyik quvish , bo’rini quvish, buloqda parining aksini ko’rish kabi hodisalari bilan boshlanadi. Ayrim ertaklarda esa biror bir kimsa yoki hayvon devni qidirib yo’lga chiqiladi. Ana shunday bahonalar bilan ertak qahramonining safarga chiqish natijasida voqealar tuguni rivojlana boradi. Finalga qarab o’quvchini boshlaydi. Biz endi qahramonning safarda olib borgan kurashlari bilan ertak qahramonining safarga olib borgan kurashlari bilan tanishamiz. Safar davomida qahramon yo’lda turli-tuman to’siqlarga duch keladi, ular bilan kurash olib boradi. Kurash davomida ertak qahramonining asosiy xususiyatlari namoyon bo’lib boradi. Aka-ukalar safar davomida qorovullik qiladilar. “Uch og’ayni botirlar” ertagida aka-ukalarning har biri o’z navbatchiligida ma’lum qahramonliklarni amalgam oshirar ekan bu o’rinda ham kenja botir akalariga nisbatan ko’proq va og’irriq vazifalarni bajaradi. Qolgan uch og’aynilar sikl ertaklarida akalarning uxlab qolishi kenja botirning ziyrakligi, ishbilarmon va botirligi tufayli manfiy sirini oshkor etish doim akalarini falokatdan xoli etishi ko’zga tashlanadi. Ertak davomida kenja botir siymosida mehnat ahlining butun ijobiy fikr-o’ylari simpatiyasi sezilib turadi. U o’z akalariga juda ko’p yaxshiliklar qilib evaziga ulardan jabr ko’radi. Akalar sotqinlik qilib ularning qilgan ishlarini o’zlariga o’zlashtirmoqchi bo’ladilar, vaqtincha buni amalga ham oshiradilar. Lekin ertakda haqiqatdan o’z o’rnini topadi. Akalar jazolanib kenja botir tantana qiladi. Kenja botir ko’pincha onasi biror sehrli meva olmani yeganidan so’ng yoxud sehrli holatlar otasining tilab olishi biror yerga sig’inishi shu hokazo bilan bog’liq holat dunyoga keladi. U juda tez o’ta qiziq shaoitlarda katta bo’ladi. Ko’pchilik sehrli-fantastik ertaklarda kenja botir shahzoda sifatida namoyon bo’ladi. U doim safarda raqiblarini yengib ko’plab qiyinchiliklarni ko’rib sinovlardan o’tgach malika yoki pariga uylanadi. Podsho bo’ladi, mamlakatda adolat o’rnatadi. Safar vaqtida kenja botirga raqiblarini yengish shartlarini bajarishda sehrli hayvon buyumlar yaqindan yordam beradi. Ayrim ertaklarda esa kenja botirning o’zi sehrgar sifatida ayni sehrlarini biluvchi bo’lib keladi. Ba’zi sehrli-fantastik ertaklarda kishida diqqatni o’ziga jalb etuvchi momentlaridan biri shahzoda obrazi yonida ifodalanuvchi xalq orasidan chiqqan ijobiy qahramon siymosidir. Bu obraz yonida shahzoda xarakteri ikkinchi o`ringa o’tib xalq vakili o’z harakati kurashlari bilan birinchi o`ringa o’tadi. Asosiy qahramon vazifasini o’taydi. Chunonchi, “Qiron botir” ertagi fikrimizga dalil bo’la oladi. Butun ertak davomida shahzodaning qilgan ishi, yaxshiligi evaziga Qiron botir uni maqsadiga erishtiradi. Shahzodani o’limdan asraydi. Bu tip ertaklarda butun og`irlik qahramonining yordamchisi zimmasiga yuklanadi. Asosiy qahramon esa ikkinchi o`ringa harakat qiladi. Sehrli-fantastik ertaklarda kenja botir akalaridan kuchli, tadbirkor ustun qilib tasvirlansa yordamchi shaxs bilan shahzoda nisbatan uning yordamchisi kuchli bo’lib keladi. Xuddi shu motiv dostonlarda ham ko’zga tashlanadi. Chunonchi, “Malika ayyor” dostonida Avazga nisbatan Shoqalandar kuchli tadbirkor qilib tasvirlanadi. Mana shu usul ertaklarda ham mavjuddir. Bir guruh sehrli-fantastik ertaklarda shahzoda o’rniga savdogarning o’g’li, kambag’al chol-kampirning o’g’li va ijobiy ideal obraz sifatida namoyon bo’ladi. Ayniqsa ertak qahramoni kambag’al toifadan chiqqan bo’lsa bu tip ertaklardan sotsial konflikt kuchli bo’ladi. Bu obrazlarda ko’pincha nohaqlikka, zulmga qarshi kurash ruhi kuchli ifoda etiladi. Ahmadjonning g’azab shohi bilan to’qnashuvi zalida biz oddiy xalq orasidan chiqqan qahramonning g’alabasini g’azab shohining o’limi tasvirlanganini ko’ramiz. Kambag’al yigit it, mushuk, ilonlarga rahm qilib ularni azobdan qutqargani evaziga podshoh bo’lib baxtli hayotga erishadi. Kuyovi bo’lishiga qaramay yigitga yomonlik qilgan podshoh egaist bo’lgani uchun jazoga giriftor etiladi. Ana shunday motivdagi ertaklarda bevosita yo’l bilan bo’lsa-da, ijtimoiy tengsizlik o’z ifodasini topadi. Kenja botirning o’sish holati ertaklarda atroflicha bayon etilmaydi, balki asosiy maqsad sari harakat etishda, kurashda bir xarakterning butun xususiyatlari bilan tanishamiz. Kenja botir ertaklari obrazlarida ko’pincha voqea boshlanishida voqea tayyor shakllangan xarakter sifatida beriladi. Biz uni voqealar ishida ko’ramiz. Ertaklarda dastlab akalari harakatchan ishbilarmondek erishtiruvchi kundoshlardan o’ch oluvchi bolalar ham ideallashtiriladi. Kenja xotini kurashib to’siqlarni yengib o’z taxtini qo’lga kiritish bilan birga onasining ham butun haq-huquqini tiklaydi. Ertaklarda ko’p xotinlik natijasida vujudga kelgan motiv kundoshlik zaminida vujudga kelgan motiv kundoshlik zaminida vujudga kelgan. Katta xotinlarning kichik xotinni ko’ra olmasligi unga tuhmat qilishi ularning bolasizligi negizida bayon etiladi. Kenja xotin esa o’z o’g` li bilan butun merosning vorisi hisoblanadi. Shuning uchun bu xotinlar o’rtasidagi konflikt mavjuddir. Kichik xotin merosninggina egasi bo’lmay farzandli bo’lgani uchun ham eri tomonidan hurmat qilinadi. Bu esa konflikt va integralning ikkinchi manbaidir. Ertak mehnatkash xalqning baxtli, ozod turmush haqidagi orzularini hayotiylashtiradi. Shuning uchun u doim qiyinchilikka uchragan, nochor ahvolga tushib qolgan kishilarni himoya etadi. U hayot to’foniga tashlangan opa va uning bolalarini butun qiyinchiliklardan sehrli vositalar yordamida qutqarib oladi, qutqaribgina qolmay, ularning butun haq-huquqlarini tiklaydi. O’zbek sehrli-fantastik ertaklarda yetim bola yoki o’gay ona obrazlari tasviri ham alohida sahifani tashkil etadi. Ona bo’lib, o’gay ona qo’lida qolgan yetim bolalarning o’tmishdagi qismati haqiqatdan ham achinarli bo’lgan. Mehnatkash xalq dunyoqarashi, psixalogiyasi, orzu-istaklari tasvirlangan ertaklarda ana shu hayot haqiqatlari ham ma’lum sintezdan o’tgan holda o’z aksini topadi. Folklorning eng erkin janri sifatida ertaklar yetim bolalar obrazini ham ideallashtirib tasvirlaydi. “Zumrad va Qimmat”, “Dono xotin”, “O’gay ona va malika” kabi ertaklar fikrimizni tasdiqlaydi. Real hayotda og’ir ahvolda muhtojlik va azob-uqubatlarda yashagan yetimlarning turmushlari xalq o’z ertaklarida realistik ifodalash bilan birga pessimizm xalq og’zaki poetik ijodiyoti asarlari uchun, jumladan xalq ertaklari uchun ham yotdir. Shuning uchun azob-uqubat, xo’rliklar ko’rib yashovchi yetimlar obrazi ertaklarda kurashlar natijasida o’z mehnati va aqli odobi bilan doimo yaxshi hayotga erishadi, baxtli bo’ladi, ularning dushmanlari esa jazolanadi. Bu hol ertaklardagi optimizimning yorqin bo’y ko’rsatib turishidir. Zumrad o’gay onanig arzanda qizi Qimmatga tamoman qarama-qarsahi, mehnatsevar, xushmuomala, aqlli, to’g’ri so’zli qiz sifatida beriladi, chunki folklor asarlarida xalq simpatiyasini qozongan obrazlar doimo mehr bilan shunday xususiyatga ega bo’ladi. O’gay ona obrazi o’zbek ertaklarida salbiy tiplardan biridir. Ertakda doimi mehnatkashlar, xalqparvar, aqlli, tadbirkor qahramonga qarama-q6arshi xususiyatlar bilan namoyon bo’luvchi, unga qarshi kurashuvchi shaxs sifatida ko’rinadi. O’gay ona o’z mavqeini saqlab qolish va ertaklarda esa olov bahonasi bilan bo’lib qahramon yordamchilarini jazolab, ularning ovqatlarini yeb ketadi. Kampirning qiyofasi afti-yuzi burishgan, hamma bilan urishgan, og’zida tishi yo’q, bukri, xunuk, badburush, mukkaygan sifatida tasvirlanadi. Ba’zan uning kuchli qilib berilishi ham ko’zga tashlanadi. “Kampir Qironning qo’lini siqibdi… Kampir kimning qo’lini qissa, o’ldirar ekan” va hokazo. Xulosa qilib aytganda, sehrli-fantastik ertaklardagi ijobiy xususiyatlar bilan tasvirlanuvchi kampir asosiy qahramonga yordam beruvchi, ko’maklashuvchi obrazdir. Salbiy kampir obrazi bu – o’limga mahkum etilgan odamxo’rdir. Bu obrazni ertak tinglovchilar qahr-g’azab bilan qarshi oladilar, undan g’azablanadilar. Sehrli-fantastik ertaklardagi jodugar kampir qochganda yer tagiga, g’orga berkinadi. Uni qahramon o’z yurtidan chiqqandan so’ng ko’pincha “qush uchsa qanoti, odam yursa oyog’i kuyadigan” cho’llardan o’tgandan so’ng parilar yurtiga kiraverishda uchratadi. Jodugar kampir sehrli narsalarning egasi u juda ko’plab sehr va sirlarni biluvchidir. Ayrim sehrli-fantastik ertaklarda odamxo’r sifatida namoyon bo’ladi. Qahramon ko’pincha uni o’zini qizib turgan qozonga itarib yuboradi. Ba’zi ertaklarda qahramon kampirdan qochib qutiladi. Uni ijobiy qahramon o’limga mahkum etadi. Ba’zan bir syujet ichida uning ham ijobiy, ham salbiy xususiyatlari bilan namoyon bo’lishini ko’ramiz. Bu kampir obrazining ijobiy yoki salbiy ekanligi ertak syujetiga qarab belgilanadi. Jodugar yoki shum kampir obrazinig ijobiy yoki salbiy ekanligi ertak syujetiga qarab belgilanadi. Jodugar yoki shum kampir obrazlarini folklorshunos olim V. Yu Gpopp uch tipga bo’lib tahlil etadi.

1. Sovg’a (sehrli narsalarni) taqdim etuvchi kampir.

2. Qahramonga yaqin bo’lgan kishilarni o’g’irlovchi kampir.

3. Qahramon bilan jang qiluvcji, kurashuvchi kampir.

Folklorshunoslardan N. V. Novikov esa sehrli-fantastik ertaklardagi kampir obrazini ikki tipga bo’lib tahlil qiladi. Olim sehrli-fantastik ertaklardagi kampirlar obrazini ijobiy va salbiy tiplarga ajratib tekshiradi. O’zbek sehrli-fantastik ertaklardagi kampir obrazi ham o’rni va vazifasiga ko’ra ijobiy va salbiy tiplarga ajraladi.

Sehrli-fantastik ertaklarimizda ijobiy bo’lib kelgan kampir folklorshunos olim V. Yu. Gropp aytganidek, olovni saqlovchi sifatida namoyon bo’ladi. Ayrim ertak kuch-qudratini namoyish etish uchun qaratilgandir. Sehrli-fantastik ertaklarda bu motiv juda ko’p uchraydi. Shuning uchun xalq dostonlarning yaratilishiga zamin hozirlaydi.

Sehrli-fantastik ertaklarda ko’p uchraydigan qahramonga aniq maqsad sari intilishda yordam beruvchi obrazlardan biri kampir, shum kampir, jodugar, yolmog’iz kampir va hokazodir. Ana shu kampir obrazining sehrli-fantastik ertaklarda uchrashi va uning vazifasi haqida ertakshunos olimlar turli fikrlarni ilgari suradilar. Chunonchi, ertakshunos olim V. R. Anikin “bu obraz barcha sehrli-fantastik ertaklarda uchraydi”, - degan fikrlarni bildiradi. Biroq o’zbek ertaklari manbaalari shuni ko’rsatadiki, bu obraz ishtirok etmagan o’nlab sehrli-fantastik ertaklar mavjud. “Uch og’ayni botirlar”, “Kenja botir”, “Xurshid bilan Laylo”, “Qiron Botir” va hokazo. Ertaklardagi jodugar yoxud shum kampir obrazlari juda murakkabdir. Ular ba’zan ertak qahramoniga to’g’ridan-to’g’ri yordam beradi, yo’l-yo’rig’ ko’rsatadi, ko’pincha esa qahramonga dastlab yomonlik qiladi. U bilan kurashib yengilgach qahramonning siymosiga aylanadi, unga maslahatlar beradi. Sehrli narsalarni taqdim etadi va hokazo. Ayrim ertaklarda biz odamxo’r salbiy hisoblanganshum kampirga duch kelamiz, boylarga qarshi xalq manfaati nuqtai-nazaridan kurashuvchi qilib tasvirlana boshlaydi. Natijada chol-kampirning o’g’li zolim podshoga qarshi kurashadi, uni taxtdan ag’darib, o’zi podshoh bo’ladi va mamlakatda adolat o’rnatadi. Sehrli-fantastik ertaklar qahramonlari xarakteridan mujassamlashgan gumanistik xususiyatlar ularning xalq manfaatlari, orzu-istaklari uchun kurash jarayonida vujudga kelgandir. Shuning uchun ham ertaklarning ideal qahramonlari har doim aqlli, qo’rqmas, qat’iy, hozirjavob, tadbirkor, chidamli, rahmdil, sofdil qilib beriladi. Ularda insonlarning butun yaxshi xususiyatlari mujassamlashgan bo’ladi, vatanparvarlik ideal qahramonlarning pahlavon qilib berilishi ertak janri bilan qahramonlik eposi dostonlarning bir-biriga juda yaqinligini ko’rsatadi. Chunonchi, “Boltakay botir” ertagidagi yoshgina dilbarning qahramonliklari, uning dushmanlar bilan olishuvi, 14 yoshli bolaning pahlavonni bosib urishi. Charvinoyning o’z akasi uchun ot tanlashi kabi kartinalar Alpomish va Go’ro’g’li singari dostonlardagi epizodlarga juda o’xshashdir. Ularning motive qahramonning tantiq qizi manfaatlari yo’lida turli-tuman firibgarlar, tuhmat, bo’htonlarni uyushtiruvchi erini aldab o’gay bolani jazoga giriftor etuvchi yordamchilarni ham yo’q qilishga harakat qiladi. Lekin ertak so`ngida u o’z ertagi bilan yaramas qilmishlari uchun jazoga giriftor etiladi, hayotda qiynalgan, xo’rlangan yetim maqsadiga erishadi, baxtiyor bo’ladi. Chunki, mehnatkash qizni xalq xohlaydi.

Kuchlilik davri hayoti davri elementlari o’zbek sehrli-fantastik ertaklarda uchrab turadi. Bu hol ertaklarning qadimiyligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bunday ertaklarda mifologik obrazlar kabi o’ta kuchli qahramonlar ko’zga tashlanadi. Masalan, “Bunyod polvon”, “Erkajalolxon”

, “Boltakoy botir” kabi ko’plab sehrli-fantastik ertaklar qahramonlarining o’ta kuchli qilib berilishi, lak-lak yov qo’shinlariga qarshi kurashib doim g’olib kelishlari fikrimizni isbotlaydi.

Ertaklarda qahramonga yordam beruvchi sehrli narsalar obraziga ham duch kelamiz. Ayrim sehrli-fantastik ertaklarda ana shu sehrli obrazlar juda katta o’rinni egallaydi. Sehrli buyumlarsiz ertak qahramoni hech narsa qila olmaydi. Chunonchi, sehrli naysiz Nosirjonning ahvoli qiyin, kambag’al chol-kampirning o’g’li esa uzuksiz malikaga uylana olmas edi. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. Lekin xarakterli xususiyatlardan biri shuki, sehrli narsalar o’zgalar g’amini yeyuvchi xalqparvar, rahmdil kishilarga xizmat qiladi. Ertaklardagi sehrli buyumlarning ishtiroki ertak janriga ham bog’liqdir. “Boltakay botir”, “Qiron botir” kabi qahramonlik motivi asosiy o’rinni egallagan ertaklarda markaziy obraz, kuch-quvvatini, bahodirligini tasvirlash birinchi o`ringa qo’yiladi. Sehrli obrazlar nisbatan ikkinchi o`ringa o’tadi, obrazlar aktivlashadi, qahramon uchun ishlarni sehrli buyumla rbajaradi. Lekin sehrli-fantastik ertaklarning deyarli barchasida sehr va sehrli narsalar ishtirok etadi. Ko’pchilik xayoliy fantastik momentlar ana shu sehr va sehrli obrazlar yordamida amalga oshiriladi. Bu o’rinda bir narsani qayd etish lozimki, asosiy maqsad yashash sharoitlarini hozirlashgina emas, balki ana shu stixiyani sirini ularga qarshi kurash yo’llarini bilmagan kishilar xayolan ularga qarshi kurashganlar, buni ertaklarda tasvirlaganlar. Shunday qilib, qabila a’zolari mif afsona rivoyat va ertaklarda vahshiy kuchlarga qarshi kurashadilar, ularni yengadilar. Qahramonni kuchli, baquvvat, yengilmas qilib, ideallashtirib tasvirlash uchun uning raqiblarini vahimali, o’ta kuchli qilib ko’rsatadilar. Chunonchi, qahramonga biri, ikkinchisidan dahshatli, vahimali devlar uchraydi. Qo’rqinchli yalmog’iz kampirlar, bir domiga tortgan minglab kishilarni yutib yuboruvchi ajdarlarga duch keladi. Har bir ertakda qahramon raqibining tasvirida shunga o’xshash bo’rttirmalarga duch kelamiz. Bularning hammasi dushmanlarning qanchalik kuchli bo’lishidan qat’iy nazar qahramonning g’alabasini, uning o’ta kuchli tadbirkor ekanligini ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Ertaklardagi qahramonga qarshi kurashuvchi obrazlardan biri ajdahodir. Ajdaho obrazi ertaklarda turli xil ko’rinish va xususiyatlarda beriluvchi qilib tasvirlanadi. Sehrli-fantastik ertaklarda 4 xil ajdaho – ilon obraziga duch kelamiz.

Kishilarni olib ketuvchi, zo’ravonlik qiluvchi ajdar. Bu ajdaho ertak qahramonining otasi yoki biror kishining ta’qiqni buzishi evaziga qahramonni olib ketadi. Chunonchi, “Shahzoda Solmon” ertagida podsho kenja o’g’il aytgan gapga quloq solmay, ta’qiqni buzb boqqa kirgani uchun shahzodani ajdar ixtiyoriga yuborishga majbur bo’ladi.

Ba’zan kishilar sehrlangan holda ajdar qiyofasida ham tasvirlanishi mumkin. Chunonchi, Shoqambar ilon tusida podshohning kenja qiziga uylanadi, kenja qiz tilsimlarni ochib shum kampirdan uni qutqaradi va Shoqambar asl holiga keladi.

Urushuvchi, jang qiluvchi ajdar obrazi bo’lib, qahramon u bilan kurashda yengadi, malikani ajdardan qutqaradi yoki Semurg’ bolalarini o’limdan saqlaydi, ajdarni qiyma-qiyma qilib tashlaydi.

Parilar mamlakatini qo’riqlovchi ajdar. Qahramon kurashda uni yengib, maqsadga erishadi.

Sehrli-fantastik ertaklardagi ajdar va u bilan kurashish motive juda ko’p xalqlar ertaklarida ko’zga tashlanadi. Masalan, rus, ukrain, belorus, gruzin, arman, qozoq, qirg’iz va hokazo. Ertaklarda ajdarning ikki xil tasviri ham kishi diqqatini tortadi. Ayrim ertaklarda u qahramonning yordamchisi, unga hurmat qilsa, ayrimlarda kishilarning dushmani sifatida tasvirlanadi. Bu holat ham o’ziga xos hayotdagi o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Ertaklarning obrazlardagi xususiyatlari va ularning tarixiy ildizlari xususida V. Yv.Gropp shunday deydi: “Bu o’rinda ikki turdagi ilon emas, balki rivojlanishning ikki bosqichini ko’zda tutmoq lozim. Dastlabki saxiy ilon vaqt o’tishi bilan qarama-qarshi xususiyat kasb etgan. Shuning natijasi o’laroq vahshiy ilon va uni o’ldirish haqidagi syujet paydo bo’lgan”. Qadimda ilon totem hisoblangan kiushilar kuchli bo’lishi uchun ana shu ilondan kuch olishlari lozim bo’lgan. Ibtidoiy odamlar turli ilon moketini ishlab, yosh yigit, qizlar ana shu ilon maketini og’ziga kirib chiqqanlar. Ana shuning ifodasi sifatida ertaklarda ilon, ajdarlarni kishilarni yutadigan qilib, berilgan bo’lishi kerak. Sehrli-fantastik ertaklarda xalqning odil shoh va vaziri haqidagi g’oyalarni ham ifodalagan. Bu narsa kishilarning ma’lum tarixiy davrdagi tushunchalari bilan bog’liq. Shuning uchun biz xalq qahramonining malikaga aylanishi shahzodaning xalqparvarligi, podshohning xalq uchun g’amxo’rligi kabi momentlar ertaklarda juda ko’p uchraydi. Sehrli-fantastik ertaklarni xalq hayoti bilan doimiy munosabati natijasida ma’lum tarixiy jarayonda ularda satira kuchli yoki kuchsizligi har tomondan bog’liqdir. Satiric ruh mos xillariga nisbatan sehrli-fantastik ertaklarimizda bir muncha ifodalangan bo’ladi. Bu esa sehrli-fantastik ertaklarimizda satirik rivojlangan bo’ladi. Bu hol esa sehrli-fantastik ertaklarimizda satirani keyin kirib kelganligini yana bir bor tasdiqlaydi. Hayotdagi salbiy voqea-hodisalar ustidan kulish va ularni tanqid qilish sehrli-fantastik ertaklarimizda obrazlardagi jismoniy va ma’naviy kamchiliklarni jamlab borish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Ertak qahramonlari orasida markaziy o’rinni mehnatkash xalqning ijtimoiy, ma’naviy va estetik qahramonlarini o’zida mujassamlashtirilgan ideal ijobiy qahramon obrazi egallaydi. U doim ajoyib xislatlar bilan tasvirlanadi. Markaziy qahramonning tug’ilishidan tortib, ertakdagi voqealarning yakuniga qadar uning biografiyasi asosiy o’rinni egallaydi, ertak syujetining sterjini hisoblanadi. Ko’pincha ertak qahramoni tug’ilishi boshlanishidan uning o’lguniga qadar bo’lgan hayot yo’li asosiga quriladi. U malikaga uylanib podshoh bo’lishi bilan ko’pincha ertak voqealari tugallanadi, ayrim ertaklarda esa yurtiga qaytib otasi o’rniga shoh bo’ladi. Kambag’al toifadan chiqqan qahramon esa malikaga uylanib, podshoh bo’ladi va mamlakatda adolat o’rnatadi. Sehrli-fantastik ertaklar kompozitsiyasini ham ijobiy qahramonning hayot yo’li belgilaydi, ijobiy qahramonning tug’ilishi yoki safarga chiqishi bilan boshlanadi, to’siq va qarshiliklarni yengishi, maqsadga erishishi bilan ertak tugaydi. Qolgan yordamchi obrazlar esa salbiy xarakterning barchasi ijobiy qahramon taqdiri, ishlari bilan bog’liq holda bayon etiladi. Sehrli-fantastik ertaklardagi obrazlarning yaratilishi bilan badiiy usul va vositalar ishlatiladi. Albatta, bunda an’ananing roli katta bo’ladi. Ertaklardagi ko’pincha tayyor iboralar, epitetlar ishlatiladi. “Oy desa, oydek, kun desa kundek” , “bahodir yigit”, “badburush bir kampir”, “aftlari burishgan”, “u qiz juda aqlli, dono ekan”, “nozik badan, ingichka bel, chiroyli qiz”, “jamoli oydek, qoshlari yoydek, yuzlari kundek, sochlari tundek qiz” kabi protret tasviri uchun ishlatilgan epitetlarni ko’plab keltirish mumkin. Ertaklardagi syujet kabi qahramonlar tipi ham ertak aytuvchilar tomonidan biridan ikkinchisiga o’tib kelgan. Lekin har bir xalq davomidagi hayotida muhim rol o’ynagan voqealar ertaklarda har turli yo’llar bilan o’z izini qoldirgan Shuning natijasi bo’lsa kerak ertaklardagi podshoh, xonlar oldiga keyincha eshon, mulla, qozi kabilarni obrazlari ham kelib qo’shiladi.

Sehrli-fantastik ertaklarimizda ayollar obrazi alohida o’rinni egallaydi. Ular bilan bir qatorda bir xil kurash olib boradilar. Mehnatni sevish va umuman mehnatga munosabat sehrli-fantastik ertaklarda yuqori ko’tarinki pafos bilan kuylanadi. Sehrli-fantastik ertaklarimizda ijobiy qahramon kishilar taxtli, tinchligi uchun kurashadi. Odamlarni qiyin, mushkul ahvolda ko’rib unga beparvo qaray olmaydi. Insonlarni dev, ajdar kulfatidan xalos etadi. Sehrli-fantastik ertaklardagi obrazlar ularning vazifa va rollari, kelib chiqish genezisi juda qiziqarli va maxsus o’rganishni talab etadigan masalalardan hisoblanadi. V. M. Jirmunskiy va H. T. Zaripovlar ham “O’zbek xalq qahramonlik eposi” asarida bu masalani folklorshunosligimizda o’rganilishi lozim bo’lgan va kerakli problema deb ko’rsatgan ediar. Ana shu munosabat bilan ishda sehrli-fantastik ertaklar obrazlarining genezisini aniqlashga harakat qildik.

Demak, sehrli-fantastik ertaklarimizdagi barcha obrazlar hayotiy voqea va munosabatlar asosida vujudga kelgan. Masalan, Kenja botir obrazi turli xalqlar ertaklarida o’ziga xos xususiyat va farqlarga ega. Bu o’ziga xoslik xalqimiz hayoti, yashash sharoiti, psixologiyasi, urf-odatlari zamirida vujudga kelgan. Ijobiy qahramon siymosida xalq ezgu niyatlari o’z ifodasini topgan. U sofdil, mehnatkash, bilimdon, tadbirkor. Kenja botir ota nasihatiga quloq soluvchi: yaxshilik, ezgulik uchun kurashuvchi mehribon shaxs. U xo’rlangan, tahqirlangan hayoti xavf ostida qolgan hayvonlarga rahmdillik qiladi, ularni o’limdan qutqaradi va bu ishlari uchun taqdirlanadi, baxtli bo’ladi. Sehrli-fantastik ertaklarimizdagi o’zigaxos xarakterlardan biri, Kal obrazidir. Bu obraz ham o’z genezisi bilan ibtidoiy jamoa davri hayotiga borib bog’lanadi, davrlar o’tishi bilan obrazda ijtimoiy xususiyatlar ko’zga tashlanib boradi, uning qraqiblarga qarshi kurashi kuchli qarama-qarshiliklar asosida beriladi. Kat siymosida mehnat ahli yoq tirgan va xohlagan kishilarning xususiyatlari umumlashtirilib berilgan obrazning kamchiligi – kalligi sof tashqi belgi bo’lib, bu ertaklarga xos badiiy priyomdir. U xalq yaratgan ideal obraz hisoblanadi. Shuning uchun u doim dushmanlari ustidan g’alaba qiluvchi, xalqchil xarakterdir. Sehrli-fantastik ertaklarda qahramonga yordam beruvchi ma’lum topshiriqlarni hal etishda unga ko’maklashuvchi personajlar ham ma’lum qimmatga egadir. Ertaklardagi ayollar obrazi ham diqqatga sazovordir. Ular ajoyib ona, yor. Ayollar ham kurashda mardlik, qahramonlik ko’rsatuvchi tadbirkor va bilimdon kishilar. Ayniqsa, ayollar obrazi ichida kenja qiz siymosi diqqatga sazovor, unda mehnat ahlining xotin-qizlari xususidagi ideal g’oyalari umumlashtirilib berilgan. Kenja qiz obrazining genezisi ikki holat bilan belgilanadi.

Matriarxat davrida keja qiz kultining vujudga kelishi.

Polegamiyada katta xotinlar huquqining ortishi va kenja xotin haq-huquqining cheklanishi bilan.

Kenja xotin va qiz hayoti tahqirlangani uchun xalq ularni o’z ertaklarida ideallashtirib tasvirlangan . Yuqoridagi ijobiy ayollar obraziga qarama-qarshi xususiyatlar bilan keyingi davrlarda vujudga kelgan o’gay ona obrazi ham real hayotiy zaminga ega. Feodalizm davri ziddiyatlari sehrli-fantastik ertaklarning motivlari, obrazlariga ham ta’sir etadi. Natijada ertaklarda ijobiy kurash o’ziga xos holda ifoda etiladi: Sehrli-fantastik ertaklarda sehrli hayvon, predmetlar obrazi ham muhim rol o’ynaydi, voqealar konfliktining hal etilishida asosiy o’rinlardan birini tashkil etadi. Sehrli-fantastik ertaklarda satirik ruh ham o’z ifodasini topgan. Lekinbu ertaklardagi satira davr nuqtai nazaridan cheklangan bo’lib, unda faqat hayotdagi yaramasliklar, yomon kishilar tanqid etiladi xolos.

3.) O’zbek xalq ertaklari orasida turmush hodisalarini ifodalovchi hayotiy ertaklar ham mavjuddir. Bu turdagi ertaklarda kambag’al dehqonlar, hunarmandlar, donishmandlar bilan xon, shoh, vazir, qozi savdogarlar o’rtasidagi voqea va hodisalar hikoya qilinadi. Bu voqea va hodisalar sitsial va konflikt asosida qurilgandir. Konflikt barcha turdagi ertaklarda syujetining ishq motivlari, vafodorlik, o’gay kundoshlik, tuhmat, didaktika, aql, ilm-hunar mehnatni ulug’lash tashkil etadi. Voqea va hodisalarni harakatlantiruvchi kuch ijobiy obrazidir. Ishqiy romantic ertaklarni hayotiy ertaklar tipiga kiritamiz. Bu ertak syujetida fantastic hodisalarning judakuchsiz darajada berilishi, ilohiy kuch va afsun ta’sirining ham uchrashi, voqealar oddiy inson psixologiyasi asosida qurilgani tasdiqlaydi. “Tohir va Zuhra”, “Orzijon bilan Qambarjon”, “Farhod va Shirin”, “Gulshoh bilan Varqa”, “Yozi bilan Zebo”, “Layli va Majnun”, “Bahrom Gulandom”, “Vafodorlik” kabi ishqni tarannum etuvchi ertaklarda chin sevgi, vafodorlik asosiy mag’izni tashkil etadi. Syujet sarguzasht asosida qurilgan sarguzashtlik ertaklar bilan ishqiy ertaklarda bir xillikni ko’rish mumkin. Demak, bu ikki tur o’rtasida yaqinlik bor ishqiy ertaklarda she’riy parchalarni, qo’shiqlarni ko’proq uchratamiz. Bu xususiyatlar hayvonlar haqidagi va sarguzashtli ertaklarda ham uchraydi. Ishqiy ertaklardagi qo’shiq va she’riy parchalar qahramonlarning ichki ko’rinmalari, kayfiyatlarini ifodalaydi. Qo’shiq yoki she’riy parchalar ertakning jonli, ta’sirchan, xotirada saqlanib qoladigan bo’lishiga xizmat qiladi.




Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin