4-amaliy mashgʻulot. Hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji. Mavzuning maqsadi: T


Xalqaro loyihalar va ta’lim dasturlari



Yüklə 206,83 Kb.
səhifə6/14
tarix12.01.2023
ölçüsü206,83 Kb.
#122185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
4-amaliy mashg\'ulot

Xalqaro loyihalar va ta’lim dasturlari
Jаhоn tа’limi muаmmоlаrini hаl etishdа turli tа’lim tizimlаri ishtirоki zаruriyatini tаlаb etаdigаn yirik хаlqаrо dаstur vа lоyihаlаsh muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Yirik хаlqаrо lоyihаlаrgа quyidаgilаr kirаdi:
• ERАZMUS – mаqsаd Yevropa Ittifоqigа а’zо dаvlаtlаr tаlаbаlаrinin mоbilligini tаminlаsh (mаsаlаn, dаstur dоirаsidа 10% tаlаbаlаr Yevropa mаmlаkаtlаridаgi bоshqа оliy tа’lim muаsssаlаrdа o’qishgа bоrishlаri kеrаk).
• LINGVА — bu dаstur kichik sinflаrdаn bоshlаb chеt tillаrni o’rgаnish sаmаrаdоrligini оshirishgа mo’ljаllаngаn.
• EVRIKА – ushbu lоyihаning mаqsаdi SHаrqiy Yevropa dаvlаtlаri bilаn аmаlgа ооshirilаyotgаn tаdqiqоtlаrni uyg’g’unlаshtirish.
• ESPRIT — yangi ахbоrоt tехnоlоgiyalаrini yarаtish sоhаsidа Yevropa univеrsitеtlаlаriri, kоmpyutеr firm kuch vа imkоniyatlаrini birlаshtirishni tаlаb etuvchi lоyihа.
• ЕIPDАS — аrаb dаvlаtlаridа tа’limni rеjаlаshtirish vа bоshqаrishni tаkоmillаshtirish sоhаsigа dоir dаstur.
• TЕMPUS – Yevropa Ittifоqining hаmkоr-dаvlаtlаrdа оliy tа’limni rivоjlаntirishgа yo’nаltirilgаn dаsturi.
• IRIS — хоtin-qizlаrning kаsbiy tа’lim оlish imkоniyatlаrini kеngаytirishggа yo’nаltirilgаn lоyihаlаr tizimi.
O’quvchilar bilimini baholash mezonlari
Har bir mamlakat ta’lim tizimi o’quvchilar bilimini baholash tizimini qo’llashdan manfaatdor. Jahon mamlakatlarida o’quvchilar bilim, ko’nikma, malakalarini turlicha baholash tizimi amal qiladi. Avstraliyada o’quvchilarning bilimi so’zlar yordamida baholanib, bu baho o’quvchilardan sir tutiladi va o’qituvchilargagina ma’lum bo’ladi. O’qituvchi o’quvchilarni o’zaro qiyoslagan holda ular iqtidorining o’ziga xos jihatlarini aniqlaydi.
Gretsiya ta’lim tizimida esa, o’quvchilarning o’zlashtirish darajasi harflar yordamida baholanadi. M., D (1-4) (10-12,5) – “yetarli yaxshi”, C (5-6) (12,5-15,5) – “yaxshi”, B (7-8) (15,5-18,5) – “juda yaxshi”, A (9-10) (18,5-20) – “a’lo” ni anglatadi. Demak, Gretsiyada harflar yordamida ifodalanadigan 20 balli baholash tizimi mavjud.
Italiya, Ispaniya, Portugaliya kabi davlatlarda besh balli baholash tizimi mavjud bo’lib, 5 (topshirmadi) salbiy, 1 esa (a’lo)ni anglatadi. Norvegiya ta’limida 6 balli baholash tizimi amal qilib, 0-2 o’rtadan past: 3-4 o’rta, 5-6 o’rtadan yuqori demakdir. Finlyandiya ta’lim tizimida 7 bosqichli baholash tizimi amal qiladi va 4 (“yomon”) salbiy, 10 esa (“a’lo”) bahoni anglatadi.
Islandiya, Niderlandiya mamlakatlarida 10 balli baholash tizimi qo’llanliib, 1 (“yomon”) salbiy, 10 esa (“a’lo) bahoni ifodalaydi. O’quv jarayonida o’quvchilar o’zlashtirgan bilim, ko’nikma, malakalarni baholashga oid xalqaro tajribalarni o’rganish muhim ahamiyatga ega. O’quvchilar bilimini baholash ta’lim maqsadlari, tizimiga ko’ra xorijiy davlatlarda, asosan 3 balldan 100 ballgacha bo’lgan shkalalar orqali ifodalanadi.
Ayrim mamlakatlarda baholash raqamlar o’rniga lotin harflari yordamida amalga oshiriladi. Bunday tajribani Buyuk Britaniya va Grestiya ta’lim tizimlari misolida ko’rish mumkin.
Sonlar ortib borishi bilan o’zgartirish “yomon” dan “a’lo” darajagacha ko’tariladigan baholar bilan bir qatorda Italiya, Portugaliya, Shvetsiya, Finlyandiya, Islandiya, Ispaniya, Bolgariya kabi bir qator mamlakatlarda sonlar kamayib borish tartibida juda “yomon” dan “a’lo” darajagacha ko’tariladigan baholar bilan tavsiflanadigan tizimlari ham mavjud.
Masalan “topshirmadi”, “topshirdi”, “a’lo darajada topshirdi” kabi. Baholash foizlarda ifodalanadigan ta’lim tizimlari ham mavjud. Ular jumlasiga Kanada va Ispaniya davlatlari baholash tizimini kiritish mumkin.



Yüklə 206,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin