4.2.Fuqarolik jamiyati qurishda qonun ustuvorligi tamoyilining mustahkamlanishi. Qonun ustuvorligini ta`minlash mexanizmlarining ishlab chiqilishi.
Prezidentimiz SH. Mirziyoyev tahkidlab o’tganidek, «jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda faol qatnashayotgan insonlarni rag’batlantirishga alohida ehtibor qaratilishi lozim»8. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda vujudga keladigan muammolar oddiy insonlardan tortib, to mansabdor shaxslargacha qonunni chetlab o’z iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va mahnaviy-mahrifiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan harakatlar qilish jarayonini vujudga keltiradi.
Hozirgi paytda qonun ustuvorligi masalalari bo’yicha nazariy tasavvurlar quyidagi xulosalarga olib keldi:
1) qonun ustuvorligi va u bilan bog’liq nazariy-amaliy masalalarning mohiyatini tushunishda yanada yuqori natijalarga erishish ehtiyojining mavjudligi;
2) qonun ustuvorligi muammosini qonunning oliy yuridik kuchi, huquqiy hujjatlarning qonunga mos kelishi va qonunning barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar uchun majburiyligi nuqtai nazaridan hal etish uchun yetarli darajada emasligi.
«Qonun chiqaruvchi organ tomonidan qabul qilingan qonunning roli ijro etuvchi hokimiyatning o’zboshimchalik bilan qonunga asoslanmagan qarorlarini chiqarishga qarshi uning huquq va erkinliklarini cheklashi bilan belgilanadi»9. Zero, jamoatchilik nazoratining asosiy vazifasi ham qonunning jamiyatdagi rolini oshirishga qaratilgan. Mahlumki, jamoatchilik nazoratini olib boruvchi subhektlar ijroiya hokimiyati faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradilar. Qonun ustuvorligini amalga oshirishning zaruriy mexanizmlaridan biri – bu «qonunlarning mazmun-mohiyatini xalqimizga va mashul ijrochilarga o’z vaqtida yetkazish, ularning ijrosini to’g’ri tashkil etish hamda qonun talablariga qathiy amal qilishni ta`minlashdan iboratdir»10. Chinakam demokratiya qonunlarning ustuvorligi, huquq va erkinliklarning kengligi, ijtimoiy kafolatlarning kuchliligi orqali ta`minlanadi. Har qanday davlat o’z xalqi manfaatlarini, fuqarolarining or-nomusi va qadr-qimmatini, hayoti va erkinligini ishonchli himoya qilishga qodir bo’lmog’i darkor.
SHuningdek, qonun ustuvorligining qaror topishi quyidagi omillarga bog’liq:
– mamlakatda Konstitutsiya va qonunlar haqiqiy hukmron bo’lib, ularni faqat davlatning oliy vakillik organi qabul qila olishi va davlat rahbari tasdiqlashi, o’zida xalq xohish-irodasini ifoda etishi;
– Konstitutsiya eng oliy o’rin egallashi va uning ustunligi hech qanday huquq yoki axloqiy qoidalar bilan cheklanmasligi;
– qonunlar respublika hayotining muhim masalalari yuzasidangina qabul qilinishi;
– qonunlarda inson manfaatlari, xalqaro huquq normalari ustuvorligining aks ettirilishi;
– Konstitutsiya va qabul qilinajak har qanday qonunning mazmun-mohiyatida ijtimoiy adolat g’oyalarining bo’lishi;
– qonunlar to’g’ridan-to’g’ri, bevosita amalga oshiriladigan hujjatlar bo’lishi.
Demokratik jamiyatda qonun ustuvorligi avvalambor demokratiyaga xos bo’lgan xususiyatlarni amalga oshirishni ta`minlaydi, ya`ni boshqacha qilib aytganda, qonun belgilagan har bir narsa majburiy yoki tahqiqlov xarakteriga ega va ushbu qoida jamiyatda istiqomat qiluvchi barcha shaxslarga taalluqlidir. Ya`ni, barcha qonun oldida barobardir.
Dostları ilə paylaş: |