4-Mavzu. Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi ko’rsatkichlarni tahlil qilish usullari



Yüklə 137,2 Kb.
səhifə4/4
tarix09.04.2023
ölçüsü137,2 Kb.
#125015
1   2   3   4
4 1 маъруза Иқт тахл ва аудит — копия

Mahsulot sifati deganda, uning barcha mo‘ljallangan maqsadda foydalanishga yaroqli xususiyatlari majmuasi tushuniladi.
Mahsulot sifatini tahlil qilishda foydalaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda sifatsiz mahsulot uchun iste’molchilarga to‘lanadigan jarimalar, mahsulotni kafolatli ta’mirlovchi ustaxonalarga sarflanadigan xarajatlar ko‘rsatkichlari ham qo‘llaniladi.
Mahsulotni bir maromda ishlab chiqarish deganda, uni tuzilgan jadval asosida, mahsulotning oldindan aniqlangan xilma-xilligi va sifatiga muvofiq yetkazib berish va sotishni o‘z vaqtida ta’minlash tushuniladi.
Bir maromda mahsulot ishlab chiqarishning umumlashgan ko‘rsatkichi bir me’yorda ishlash koeffitsienti hisoblanadi,
Jadval bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasi bajarilgan ishlarni umumiy ish kuniga bo‘lish bilan aniqlanadi (odatda oy) hisobida.
Tovar mahsuloti ishlab chiqarish bo‘yicha biznes-rejaning bajarilishiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish jarayonini osonlashtirish uchun ular ma’lum iqtisodiy belgilariga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi:
1.Mehnat omillari. Bu omillar tarkibiga korxonalarni ishchi kuchi bilan ta’minlash, ish vaqtidan foydalanish va mehnat unumdorligi.
2.Mehnat vositalari omillari. Bularga korxonalarning asosiy fondlar bilan ta’minlanishi, texnik holati va ulardan foydalanish samaradorligi.
3.Mehnat buyumlari omillari. Bularga korxonalarning xom ashyo va materiallar bilan qay darajada ta’minlanganligi, moddiy-texnika ta’minotining holati va moddiy resurslardan foydalanish samarasi kabi masalalar kiradi.
Yüklə 137,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin